O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI
Q.X.Abdurahmonov, Sh.R.Xolmo’minov,
N.Q.Zokirova, A.B.Irmatova
PERSONALNI
BOSHQARISH
Darslik
Toshkent – 2011
1 - BOB. PERSONALNI BOSHQARISH FANINING PREDMETI VA VAZIFALARI
Personalni boshqarish - fan sifatida
Menejment (inglizcha “management”so’zidan) - bozor iqtisodiyoti sharoitlarida iqtisodiy boshqaruv tamoyillari, funktsiya va uslublarini qo’llagan holda moddiy va mehnat resurslaridan oqilona foydalanish hisobiga belgilangan'maqsadlarga erishish uchun amalga oshiriladigan boshqaruv faoliyatidir.
Menejmentning umumiy funktsiyalari deyilganda korxona ko’lamida maxsus funktsiyalardan birini bajaruvchi alohida bo’linma faoliyati tushuniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |