28. Bankning vakillik shaxslari deganda kimlar nazarda tutiladi? 29. Banklarga vasiylik qilish



Download 38,18 Kb.
bet1/2
Sana03.07.2022
Hajmi38,18 Kb.
#737203
  1   2
Bog'liq
28 29 30


28. Bankning vakillik shaxslari deganda kimlar nazarda tutiladi?
29. Banklarga vasiylik qilish.
Vasiylik – bankni adekvat moliyaviy ahvoliga keltirish, uning faoliyati qonunchilikka mos kelishini ta’minlash, uni qayta tashkil etish yoki tugatishga tayyorlash maqsadida Markaziy bank tomonidan joriy etiladigan hamda ma’muriy, xuquqiy, moliyaviy, tashkiliy va boshqa tadbirlarni o‘z ichiga olgan chora-tadbirlar majmuidir.
Bankka nisbatan vasiylik joriy etilgan holda uni boshqarish vasiy etib tayinlangan mansabdor shaxs tomonidan amalga oshiriladi.
«Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi qonunga ko‘ra: «Bankning muvaqqat ma’muriyatini tayinlash to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda Markaziy bank vasiy tayinlaydi va vasiylik qilish xaqida farmoyish chiqaradi. Farmoyish matbuotda e’lon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi».
Bankning vasiydan oldindan rozilik olmay qilgan yuridik harakatlari haqiqiy sanalmaydi. Vasiylik tartibida boshqarishning boshlang‘ich muddati 12 oydan iborat.
Bankka vasiylik qilish tartibi bank tomonidan yo‘l qo‘yilgan omonatchilar va kreditorlar manfaatlariga real xavf soluvchi tartibbuzarliklar yuz bergan hollarda joriy etiladi. Bankning yetarlilik koeffitsientining pasayib ketishi, depozitorlar va kreditorlar talabi bo‘yicha to‘lovni amalga oshira olmasligi, zarar ko‘rib ishlashi kabi holatlar omonatchilar va kreditorlar manfaatlariga jiddiy xavf tug‘diruvchi holatlar bo‘lib hisoblanishi hamda vasiylik joriy etish uchun asos bo‘lishi mumkin.
Vasiylik vakolatlari, majburiyatlari va unga nisbatan qo‘yiladigan talablar.
Vasiy Markaziy bank tomonidan bank nazorati bilan shug‘ullanuvchi Markaziy bank xodimlari, yuridik va konsalting firmalari xodimlari hamda mustaqil mutaxassislar tarkibidan tayinlanadi. Vasiy o‘z faoliyatida O‘zbe­kiston Respublikasi qonunchiligi, Markaziy bank me’yoriy xujjatlari va ko‘rsatmalariga amal kiladi.
Bankka vasiy etib tayinlanadigan shaxs «Banklarni ro‘yxatga olish va ularga litsenziya berish tartibi to‘g‘risida»gi Nizomda bank boshqaruvi raisiga nisbatan belgilangan talablarga mos kelishi lozim.
«Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi qonuniga muvofiq bank aksiyadori, qarzdori va kreditori yoki bankka aloqador bo‘lgan shaxs yoxud 1998 yil 9 dekabrda tasdiqlangan "Banklar o‘rtasida va ularga daxldor shaxslar bilan o‘tkaziladigan operatsiyalar to‘g‘risida"gi Nizomga ko‘ra bunday shaxsning yaqin qarindoshlari vasiy etib tayinlanishi mumkin emas.
Vasiy hamda muvaqqat ma’muriyatda band bo‘lgan shaxsga ish haqi to‘lash shartlari Markaziy bank va vasiy o‘rtasida tuziladigan alohida shartnoma bilan belgilanadi. Muvaqqat ma’muriyatda band bo‘lgan Markaziy bank xodimlari, jumladan, vasiyga vasiylik tartibi belgilangan bankda ish xaqi to‘lanadi. Ushbu toifadagi shaxslar ish haqi miqdori ularning asosiy ish joylaridagi ish xaqidan kam bo‘lmasligi lozim. Vasiyning ish xaqi bank boshqaruvi raisining ish xaqidan kam bo‘lmasligi kerak. Muvaqqat ma’muriyat a’zolarining qayd etilgan toifasi uchun ularning asosiy ish joylarida lavozim maoshi mikdorida ish haqi saqlanib qoladi.
Vasiyning vazifasi bankning kreditorlari va depozitorlari manfaatlarini ko‘zlab, uning to‘lovga layoqatliligini saqlab qolish hamda tiklash bo‘yicha choralar qabul qilish, mavjud tartibbuzarliklarga barham berishni ta’minlovchi boshqarish mexanizmini yaratish, shuningdek, moliyaviy ahvolni sog‘lomlashtirish va bank faoliyatining qonunchilikka mos kelishini ta’minlashga yo‘naltirilgan samarali tadbirlarni amalga oshirishdan iborat.
Vasiylikni joriy etish to‘g‘risidagi karor topshirilgan vaqtdan boshlab hamda butun tartib davomida:
a) bank boshqaruvi, bank kengashi va aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining vakolatlari to‘xtatiladi;
b) bank boshqaruvi, bank kengashi va aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining barcha vakolatlari vasiyga o‘tadi;
v) vasiy vasiylik belgilangan bank nomidan harakat qiladi.
Vasiy quyidagi xuquqlarga ega:
a) o‘z xohishiga ko‘ra bank, bank iazorati, yuridik, konsalting yoki auditorlik kompaniyalari xodimlari yoki mustaqil mutaxassislar tarkibidan muvaqqat ma’muriyat uchun xodimlarni ishga yollash;
6} vasiylik qilinayotgan bank xodimlarining ish xaqini uning moliyaviy ahvolini hisobga olgan holda belgilash;
v) bank xodimlarini amaldagi mehnat qonunchiligiga ko‘ra ishdan bo‘shatish;
g) amaldagi qonunchilikka muvofiq bank bo‘limlari va filiallarini yopish to‘g‘risida qaror qabud qilish;
d) bank aksiyalari va boshqa qimmatli qog‘ozlariga doir dividendlarni, shuningdek, bank rahbariyati va mansabdor shaxslariga to‘lanadigan barcha to‘lovlarni to‘xtatib qo‘yish;
ye) bank mablag‘lari hisobidan investitsiyalash yoki kreditlash ko‘zda tutilgan bank shartnomalariga bir tomonlama tartibda o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish;
j) agar fuqarolar depozitlari va investitsiyalarining (bank aksiyalaridan tashqari) taxminiy qiymatini saqlab qoladigan choralar ko‘riladigan bo‘lsa, ushbu depozitlar va investitsiyalarni ko‘pi bilan bir yilga qisman yoki to‘liq cheklab qo‘yish to‘g‘risida istalgan vaqtda e’lon qilish;
z) bank nomidan va uning manfaatlarini ko‘zlab, da’vo talablari taqdim etish, kreditorlar talablari qonuniyligini aniqlash;
i) bank aktivlari va passivlarini sotish;
k) vasiylik rejasi va vasiy vakolatlariga muvofiq boshqa chora-tadbirlarni amalga oshirilishi mumkin.
Vasiylik muddati tugagach, agar bu muddat Markaziy bank tomonidan uzaytirilmasa, bekor qilinadi.
Agar vasiylik davomida bankning moliyaviy ahvoli sog‘lomlashmasa, u holda Markaziy bank bank operatsiyalarini o‘tkazish uchun berilgan litsenziyani qaytarib oladi va bankni tugatish ishlari boshlanadi.

Download 38,18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish