INTERIORIZATSIYA - tashqi predmetli harakatlarning ichki aqliy amallarga aylanishi jarayonidir.
MALAKALARNING INTERFERENTSIYASI - avval hosil qilingan malakalarning keyinchalik boshqa yangi malakalarning hosil bo‘lish jarayoniga salbiy ta’sir ko‘rsatishi natijasida yangi malakalarning susayib qolishi.
MASHQLARNING EGRI GRAFIGI - malakalar hosil bo‘lishi jarayonini grafik usulda tasvirlaydigan egri chiziqlar.
ODATLAR - bajarilishi kishining ehtiyojiga aylanib qolgan xatti-harakatlar yoki xulq atvor.
MEHNAT - odamning ma’lum maqsadga, o‘z ehtiyojlarini qondirish uchun borliqni bilish va uni qayta qurishga, moddiy va ma’naviy boyliklarni yaratishga yo‘naltirilgan faoliyatidir.
KO‘NIKMA - kishining ma’lum ishni bajarish qobiliyati. Mahoratning asosini tashkil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |