Pedagogik muloqot – bu muloqotning o‘quv tarbiyaviy jarayonlarni hissiy foni va vosita, mazmunini tashkil etadi.
IZOHLI LUG‘AT
AFAZIYA - bosh miya qobig‘ining ayrim qismlari zararlanishi natijasida nutqning izdan chiqishidan iborat psixopatologik nuqson.
ICHKI NUTQ - nutq faoliyatining ovoz chiqarmasdan gapiriladigan alohida turi bo‘lib, grammatik tuzilish va mazmun atroflicha torligi bilan xarakterlanadi. Ichki nutq tafakkurning asosiy qurolidir.
DIALOGIK NUTQ - nutq turlaridan bo‘lib, bunda gapiruvchilarning barchasi bab-baravar teng faollik ko‘rsatadi.
BELGI - sezgi a’zolarimiz orqali idrok qilinadigan narsa va hodisalar, yoki ma’lum muloqot jarayonidagi xatti-harakatlarning vakili-belgisi vazifasini o‘tovchi predmet yoki hodisadir.
BELGI TIZIMI - umumiy qoidalari bilan o‘zaro bog‘liq va amalda qo‘llaniladitan belgilarni birlashtiruvchi belgilar to‘plami.
Do'stlaringiz bilan baham: |