PROAKTIV TORMOZLANISH - avvalgi faoliyatni, qayta-qayta ko‘p takrorlash ta’siri natijasida keyingi materialni esga tushirishning yomonlashuvi.
REMINISTSENTSIYA - avval unutilgan deb hisoblangan materialning keyinchalik esga tushishdan iborat xotira jarayoni, ya’ni vaqtinchalik unutish holati.
TANIB OLISH - oldin esda qoldirilgan predmetlarni qayta idrok qilish orqali obraz tariqasida esga tushirishdan iborat xotira jarayoni.
EYDETIZM - oldin idrok qilingan obrazlarni barcha belgi va hususiyatlari bilan birgalikda uzoq vaqtgacha yorqin esda saqlab tura olishdan iborat obraz ko‘rish xotirasidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |