Министерство высшего и среднего специального образования Республики Узбекистан



Download 6,73 Mb.
bet266/304
Sana28.09.2021
Hajmi6,73 Mb.
#187395
1   ...   262   263   264   265   266   267   268   269   ...   304
Bog'liq
2019 УМУМИЙ МАЖМУА

O‘QISH-O‘RGANISH - shaxsning bilim va faoliyat usullarini egallash hamda uni mustahkam esda saqlab qolish jarayoni. O‘qish - har qanday faoliyatning zaruriy qismlaridan bo‘lib, sub’ektni o‘zgartirish jarayoni hamdir.
TOPSHIRIQLAR


        1. Jadvalni to‘ldiring(to‘g‘ri ketma-ketlikda)



Faoliyat tarkibi

Faoliyat turlari

1







2







3









        1. Motiv tushunchasiga olimlar tomonidan berilgan ta’riflarni qaysi olimga tegishli ekanligini aniqlang.

  1. A.Maslouning…

  2. S.L.Rubinshteyn…

  3. A.N.Leontev…

  4. V.S.Merlin…



  1. motiv bu ehtiyojning his qilinishi va qondirilishi

  2. motiv bu ehtiyojlar yig‘indisidir

  3. motiv - inson faoliyatiga yo‘nalgan aniq ehtiyojlar va uni qo‘zg‘atadigan voqelik

  4. motivlar tizimining shakllanishi jarayonida nafaqat motivlar barqarorligi, balki motivlarni anglash kabi shartlar bajarilishini talab etiladi.

  1. Quyidagi suratga qarab birgalikdagi faoliyatning qaysi modeli ekanligini aniqlang.















Faoliyat mavzusi yuzasidan anagramma


F

A

O

L

N

A

R

A

T

R

O

R

I

F

K

I

L

O

R

I

K

S

K

E

A

Z

I

N

T

E

R

A

Z

A

Y

I

S

T

A

M

A

Y

I

S

T

O

T

A

I

K

A

T

O

T

I

V

K

O

M

M

U

N

Y

I

S

A

F

F

E

R

E

N

T

A

L

A

M

A

N

O’

K

I

A

Y

I

S

T

A

K

A

L

I

K

M

A

I

N

D

U

K

S

I

Y

A

Y

O’

Y

T

A

L

I

M

A

T

A

Y

I

I

N

I

N

T

E

R

F

L

R

E

N

S

Harflar orasiga yashiringan so’zni toping!




1. Faollik

8. Malaka

2. Harakat

9. Ko’nikma

3. Interorizatsiya

10. Induksiya

4. Motiv

11. O’yin

5. Ekstrorizatsiya

12. Ta’lim

6. Kommunikatsiya

13. Interferensiya

7. Afferentatsiya






SHAXS

Muloqot – hamkorlikda faoliyat ehtiyoji bilan taqazolangan aloqa o‘rnatish va uni rivojlantirish jarayoni

Verbal kommunikatsiya. Inson nutqi belgilar tizimi sifatida qo‘llaniladi

Kommunikatsiya-tirik va o‘lik tabiatdagi tizimlar o‘rtasida axborot almashinuvini anglatadi

Nutq faoliyati – odam tomonidan ijtimoiy-tarixiy tajribani o‘zlashtirish va avlodlarga berish yoki kommunikatsiya o‘rnatish, o‘z harakatla­rini rejalashtirish maqsadida tildan foydalanish jarayonidir.

Nizo – muloqot ishtirokchilarining har biri muhim bo‘lgan muammoni hal etish vaqtida ular o‘rtasida vujudga kelgan qarama-qarshilik va kurashning keskin kuchayib ketish jarayonidir

Kommunikatsiya-tirik va o‘lik tabiatdagi tizimlar o‘rtasida axborot almashinuvini anglatadi.

Nutq – inson tomonidan qo‘llaniladigan tovush signallari yoki yozma belgilardan iborat bo‘lib, ular orqali muloqotdan olingan ma’lumot qayta ishlanadi, saqlanadi va uzatiladi.

Til muomala vositasidir. Til muomalaga kirishuvchilar o‘rtasidagi kommunikatsiyani ta’minlaydi, chunki uni axborot beruvchi ham, uni qabul qiluvchi ham birday tushunadi

Nutq faoliyati – odam tomonidan ijtimoiy-tarixiy tajribani o‘zlashtirish va avlodlarga berish yoki kommunikatsiya o‘rnatish, o‘z harakatla­rini rejalashtirish maqsadida tildan foydalanish jarayonidir.

Nutq faoliyatining faol va passiv turlari farqlanadi. So‘zlovchining nutqi faol nutq, tinglovchining nutqi passiv nutq hisoblanadi.

Nutq ichki va tashqi nutqqa bo‘linadi. Tashqi nutq – yozma va og‘zaki nutqqa, og‘zaki nutq esa monolog va dialogik nutqqa bo‘linadi.

Monolog – bir kishining o‘ziga yoki boshqalarga qaratilgan nutqidir. Ikki yoki undan ortiq kishilar o‘rtasidagi nutq – dialog deyiladi.

Nutqning ichki nutq deb atalgan turi nutq faoliyatining alohida turi hisoblanadi. Ichki nutq amaliy va nazariy faoliyatni rejalashtirish fazasi sifatida namoyon bo‘ladi. Biz so‘zni chala-yarim aytishimiz bilanoq tushunaveramiz.

Buyuk frantsuz yozuvchisi Antuan Sent Ekzyuperi «Muloqot – shunday ne’matki, u orqali inson lazzatlanadi», deb yozgan edi.

So‘zning mohiyati haqida Sa’diy «Aqllimisan yoki ahmoq kattamisan yoki kichik buni bir so‘z aytmaguncha bila olmaymiz» degan edi.

Noverbal kommunikatsiya vositalariga yuz ifodasi, mimika, ohang, pauza, poza (holat), ko‘z yosh, kulgu va boshqalar kiradi. Bu vositalar verbal kommunikatsiya – so‘zni to‘ldiradi, kuchaytiradi va ba’zan uning o‘rnini bosadi. Jestlar – insonning qo‘l harakatlari bo‘lib, u orqali insonning ichki holati, biror bir ob’ektga munosabati va tashqi olamga yo‘nalganligi ifodalanadi. U yoki bu xalqlarda jestlar turlicha qabul qilinadi. Noverbal kommunikatsiya og‘zaki nutqda aytilmay qolgan fikrlarni ifoda etish imkonini beradi.

Mimika – inson yuz harakatlarining bir qismi bo‘lib, u orqali insonning o‘ylari, xatti-harakatlari, tasavvurlari, xotirlashi, taajjubi va hokazolarda namoyon bo‘ladi.



Pantomimika – inson tanasi yoki uning qismlari yordamida ifodalanadigan harakatlar tizimidir.

Muloqotning interaktiv tomoni deganda, birgalikdagi faoliyatni tashkil etish va amalga oshirishda muloqot ishtirokchilarining bir-biriga ta’sir o‘tkazishi tushuniladi.

Muloqot jarayonida nizoning odatda ikki xil turi farqlanadi.

a) Destruktiv nizo.

b) Produktiv

Kishilarning bir-birini idrok etish jarayoni muloqotning ajralmas qismi bo‘lib, u muloqotning pertseptiv tomonini tashkil etadi.

Insonning inson tomonidan idrok etilishi «ijtimoiy pertseptsiya» deyiladi. Dastlab bu atama Dj.Bruner tomonidan 1947 yil ishlatilgan.



Muloqot jarayonida bir-birini idrok etayotgan odamlar bir-birini tushunishga harakat qiladilar. Buning uchun quyidagi mexanizm ishga solinadi.

  1. identifikatsiya;

  2. refleksiya;

  3. stereotipizatsiya.

  4. empatiya

Identifikatsiya (lotincha tenglashtirish) –u kishiga tenglashtirish, baravarlash ma’nosini anglatib, insonning o‘zini xayolan suhbatdoshi o‘rniga qo‘yish orqali uning fikrlari va tasavvurlarini tushunishga intilishi.

Refleksiya (lotincha aks ettirish) – insonning suhbatdoshi tomonidan qanday idrok etilayotgani va tushunilayotganini anglashga intilishi. Boshqa kishining harakatlarini tushuntirish uchun faoliyat motivlari, his-tuyg‘ular, intilish va fikrlashning o‘ylab chiqarilishi kauzal atributsiya deb ataladi. Stereotipizatsiya – grekcha o‘zgarishsiz, takrorlanish degan ma’noni bildirib, insonning suhbatdoshini tushunishga intilishi yo‘lida muayyan shablondan foydalanishi.

Empatiya – insoning o‘zini xayolan suhbatdoshi o‘rniga qo‘yish orqali uning kechinmalari va hissiyotlarini tushunishga intilishi.


Download 6,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   262   263   264   265   266   267   268   269   ...   304




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish