111. S: Harakat malakasi deganda nimani tushunasiz?
J: Jismoniy harakatlarni, mashqlarni bajara bilish qobiliyati.
112. S: Jismoniy sifatlarni sanab bering.
J: Kuch, tezkorlik, chidamlilik, chaqqonlik, egiluvchanlik.
113. S: “Tezkorlik” fazilati deganda nimani tushunasiz?
J: Jismoniy harakatlar va jismoniy mashqlarni qisqa vaqt ichida samarali bajara olish qobiliyatidir.
114. S: Chidamlilik nima?
J: Uzoq vaqt jismoniy harakatlarni va jismoniy ishlarni charchamasdan bajara olish qobiliyatidir.
115. S: Maxsus chidamlilik deganda nimani tushunasiz?
J: Ixtisoslashgan jismoniy harakatlarni bajara olish faoliyatiga nisbatan chidamlilik “maxsus” chidamlilik deyiladi.
116. S: “Chaqqonlik” deganda nimani tushunasiz?
J: Harakatlarni tez va epchil bajara olish hamda o‘ziga qulay vositalardan tezkor foydalana olish qobiliyatidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |