105. S: Yoshlar va qizlar necha sm balandlikdagi to‘siqlardan foydalanadilar?
J: Yoshlar (o‘g‘il bolalar) 100 sm. Qizlar 76,2 sm.
106. S: Saf mashqlari haqida nima bilasiz?
J: Safda birgalikda bajariladigan, shug‘ullanganda uyushqoqlik va intizomli jamoa bo‘lib, harakat malakalarini, qaddu-qomatlarini, shuningdek, ritm va sur’at hissini tarbiyalashga yordamlashadigan harakatdir.
107. S: Jismoniy tarbiya deganda nimani tushunasiz?
J: Jismoniy tarbiya – organizmning biologik funksiyalarini rivojlantirishga qaratilgan pedagogik jarayon bo‘lib, uning ta’sirida insonning axloqiy sifatlarini ham shakllantiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |