Mineral o‘G‘itlar va tuzlar kimyoviy texnologiyasi 140 14,15–mavzular: ekstraksion fosfat kislota ishlab chiqarish


MINERAL O‘G‘ITLAR VA TUZLAR KIMYOVIY TEXNOLOGIYASI



Download 0,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/15
Sana10.07.2022
Hajmi0,63 Mb.
#773509
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
Bog'liq
МУ ва ТКТ УУМ 6-семестр 2021-140-156

MINERAL O‘G‘ITLAR VA TUZLAR KIMYOVIY TEXNOLOGIYASI 
149 
mo’ljallangan, bunda hosil bo’ladigan H
2
SIF
6
ning kuchsiz eritmalari neytrallash 
stansiyalariga yuboriladi yoki fosfogipsni yuvish uchun ishlatiladi. 
Tabiiy fosfatlardan ekstraksion fosfat kislota ishlab chiqarish ko’rsatkichlari 
analitik ma’lumotlar bo’yicha aniqlanadi: P
2
O
5
ning 
texnologik unumi
(K
unum
,%), 
ya’ni P
2
O
5
ning xomashyodan fosfat kislotaga o’tish darajasi apatitni qayta ishlashda 
– 95-96% ni va turli fosforitlar uchun – 71-94% ni tashkil qiladi. U P
2
O
5
ning 
eritmaga 
ajralish koeffitsenti
(K
ajr.
, %) dan 2-3% ga kichikdir. Buni fosfogipsni fosfat 
kislotadan yuvilishining to’la bo’lmasligi bilan izohlanadi: 
yuvilish koeffitsienti
(K
yuvish
, %) odatda 97-99% ni tashkil etadi. Vaholanki: 
K
unum
= K
ajr.
∙K
yuvish
/100 ga teng. 
Ekstraksiyalashning digidratli usulida kislotaga P
2
O
5
ning 
mahsulotli (xo’jalik) 
unumi 
93-95% ni tashkil etadi, shunga mos ravishda 1 t P
2
O
5
li mahsulotga 2,73-2,65 
t apatit (1075-1045 kg P
2
O
5
) va 2,48-2,45 t (CaO ni bog’lash uchun stexiometrik 
me’yordagi, ya’ni 1 t apatitga 0,915 t) 100% li sulfat kislota sarflanadi. Fosforitlarni 
qayta ishlashdagi sarf koeffitsentlari apatitlarni qayta ishlashdagiga nisbatan: fosfat 
bo’yicha 1,5-2,3 marta; fosfat tarkibidagi P
2
O
5
bo’yicha 1,02-1,27 marta; sulfat 
kislota bo’yicha 1,2-1,7 marta kattaroqdir. Xomashyo xarajatlari ekstraksion fosfat 
kislota ishlab chiqarish umumiy xarajatlarining 70-80% ni tashkil etadi. 
Apatitdan digidratli usulda olinadigan ekstraksion fosfat kislota tarkibida: 25-
32% P
2
O
5
; 1,8-2,8% SO
3
; 0,1-0,4% CaO; 0,3-0,4% Al
2
O
3
; 0,3-0,5% Fe
2
O
3
; 1,7-2% F 
bo’ladi. 
Ekstraksion fosfat kislota tarkibidagi ftor asosan H
2
SiF
6
shaklida bo’ladi. 
Kislotani ftordan tozalash, H
2
SiF
6
ni natriy, kaliy, bariy tuzlari bilan cho’ktirish orqali 
o’tkazilishi mumkin. Odatda 1 
l
fosfat kilotaga 30-40 g NaCl qo’shiladi. 
H
2
SiF
6
+ 2NaCl = Na
2
SiF
6
+ 2HCl 
Reaksiya bo’yicha hosil bo’ladigan kam eruvchan natriy kremneftorid 
cho’kmaga tushadi va dastlab tindirilib, so’ngra sentrifugalash va filtrlash yo’li bilan 
ajratib olinadi. Shunday qilib 75-85% gacha ftorni ajratiladi va fosfat kislotadagi 
uning miqdori 0,2-0,3% gacha kamayadi. Natriy xlorid bilan ftorsizlantirilgan fosfat 
kislota, ayniqsa, harorat oshirilganda jihozlarning kuchli korroziyalanishiga sabab 
bo’ladi. Shuning uchun kislotani bug’latish yo’li bilan konsentrlashga zarurat 
tug’ilganda, ftorsizlantirish soda yoki natriy fosfat yordamida amalga oshiriladi. 
Fosfogips tarkibida ozgina miqdorda yuvilmagan fosfat kislota bo’ladi va 
shuning uchun uni ishlab chiqarishga yaqin hududlardagina mineral o’g’it sifatida 
foydalanilishi mumkin, chunki ozuqa elementi juda kam bo’lganligi uchun bir joydan 
ikkinchi joyga tashish iqtisodiy samarasizdir. Fosfogips sho’rxok tuproqlarni 
gipslashtirishda yoki shuvoq alebastrlari va boshqa quyma qurilish buyumlari ishlab 
chiqarishda ishlatilishi mumkin. Uning sementli shixta tarkibida termik parchalanishi 
natijasida sementli klinker va sulfitli gazlarga aylantirilishi mumkin. Sulfit 
angidriddan sulfat kislota olinadi va shu usul bilan fosfatni parchalashga sarflanadigan 



Download 0,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish