MINERAL O‘G‘ITLAR VA TUZLAR KIMYOVIY TEXNOLOGIYASI
148
qizdirilgandagi kabi qaynaydi, natijada esa undan ma’lum miqdordagi suv bug’lanadi.
Bu esa xararatning 3-5
O
C ga kamayishiga olib keladi (haroratning keskin kamayishi
mumkin emas). Vakuum-bug’latgichdan chiqadigan gazlar tomchi ushlagich 9 orqali
ustki kondensator 10 ga o’tkaziladi, u yerda suv bug’i kondensatsiyalanadi va ftor
birikmalarining ma’lum bir qismi ushlab qolinadi. Gazlarni
ftordan tozalashning
oxirgi bosqichi barbotaj neytrallagich 11 da amalga oshiriladi.
Mahsulot sifatidagi suspenziya tarnovli karusel filtrga kelib tushadi, u yerda
uch filtratli sxema bo’yicha gips ajratiladi va yuviladi. Aktiv sirt yuzasi 80 m
2
bo’lgan
filtr kattaligi: uzunasi – 3,27 m, ichki eni – 0,97 m, tashqi – 1,92 m, chuqurligi – 0,2
m bo’lgan tarnovdan iborat. Filtrlovchi material sifatida fosfat kislotaga chidamli
bo’lgan – lavsanli va boshqa sintetik to’qimalar ishlatiladi.
Gaz-suyuqlikli aralashma separator 13
larda ajratiladi, ularda vakuum-nasoslar
yordami bilan 65-85 kPa li vakuum sharoiti ushlab turiladi. Birinchi filtrat F
1
tayyor
mahsulot yig’gichi 15 ga yuboriladi, uning bir qismi aylanma kislotaning barometrik
yig’gichi 16 ga quyilish orqali o’tadi. U yerga, shuningdek cho’kmani uchinchi filtrat
F
3
bilan yuvishdan hosil bo’lgan ikkinchi filtrat F
2
ham tushadi.
Filtrat F
3
–
suspenziya cho’kmasining filtrli to’qimani regeneratsiyalash (yig’gich 14) dan
olingan eritma va qaynoq (60-70
O
C) toza suv bilan yuvilishi natijasida hosil bo’ladi
(yig’gich 17). Yuvilgan gips tarnovdan chiqindixonaga, agarda suspenziya shaklida
chiqarilsa yig’gichga yoki «quruq» holda chiqarilsa transportyor lentasiga uzatiladi.
Filtratlardagi P
2
O
5
miqdori – boshlang’ich xomashyo sifatida apatit konsentrati
ishlatilganda: F
1
da – 28-32%, F
2
da – 22-25%, F
3
da esa – 5-10%;
fosforit
flotokonsentrati ishlatilganda esa: F
1
da – 21-22%, F
2
da – 14-15%, F
3
da esa – 5-7%
bo’ladi.
Ekstraksiya uchun 93% li sulfat kislota ishlatish afzaldir. Bunda texnologik
jarayondagi suv balansi yaxshilanadi – gipsning yuvilishini ko’p miqdordagi suv bilan
amalga oshirish imkoniyati yaratiladi. Natijada chiqindixonaga chiqariluvchi
fosfogips bilan yo’qotiladigan fosfat kislota va zararsizlantirish lozim bo’lgan oqava
suvlar miqdori kamayadi.
Kislota konsentratsiyasining oshirilishi olinadigan
fosfat kislotadagi P
2
O
5
miqdorini o’zgartirmaydi, uning konsentratsiyasi yuqorida ta’kidlanganidek, gips
kristallanishining optimal sharoiti orqali oldindan belgilanadi. Yanada kattaroq
konsentratsiyali sulfat kislota ishlatilganda issiqlik ajralishi (suyultirish issiqligini
ortishi hisobiga) keskin ortadi, ammo uni esa sistemadan ajratib olish talab etiladi.
Digidratli usulda fosfat kislota olishda fosfat xomashyosi tarkibidagi barcha
ftorning (asosan SiF
4
tarzida) 3-5% igina gazli faza bilan ajraladi (
80%i
mahsulot
kislotasiga, 15-17%i esa fosfogipsga o’tadi). sovutish usuli va ventilyatorning
uzatishga bog’liq holda ekstraktordan ajratib olinadigan gaz tarkibidagi ftoridlar
konsentratsiyasi, ftor hisobida 0,2-2,5 g/m
3
ni tashkil etadi. Ekstraksiya sexida
o’rnatilgan
absorbsiya sistemalari, asosan, chiqindi gazlarini tozalash uchun