Metallarda korroziyaning hosil bo’lish sabablari va ularga qarshi kurashish



Download 414,84 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana23.12.2022
Hajmi414,84 Kb.
#894652
  1   2   3
Bog'liq
metallarda-korroziyaning-hosil-bo-lish-sabablari-va-ularga-qarshi-kurashish



Metallarda korroziyaning hosil bo’lish sabablari va ularga 
qarshi kurashish 
Аbdurахim Аbdurаsulоvich Оchilоv 
ochilov82@mail.ru 
Firuza Solexovna Qurbonova 
Buxoro muhandislik-texnologiya instituti 
 
Annotasiya:
Korroziya - metall materiallar va atrof muhit oʼrtasida metallarning 
yemirilishiga olib keladigan elektrokimyoviy jarayon boʼlib, atrof-muhitning 
ifloslanishiga, iqtisodiy yoʼqotishlarga olib keladi va ishlab chiqarish jarayonining 
xavfsizligini shubha ostiga qoʼyadi. Korroziya, shuningdek materialning tashqi 
koʼrinishini, sifatini, mexanik xususiyatlarini va chidamliligini salbiy tomonga 
oʼzgartirib, jiddiy muammolarga olib keladi. 
Kalit so’zlar: 
korroziya, nometall materiallar, kristall panjara, polimer, 
stimulyator, ingibitor, kimyoviy korroziya, elektrokimyoviy korroziya, gaz 
korroziyasi, elektrolit. 
Causes of corrosion in metals and their control
 
 
Abduraxim Abdurasulovich Ochilov 
ochilov82@mail.ru 
Firuza Solexovna Qurbonova 
Bukhara Institute of Engineering and Technology 
 
Abstract:
Corrosion is an electrochemical process that leads to the absorption of 
metals between metallic materials and the environment, which leads to environmental 
pollution, economic losses, and the safety of the production process is questionable. 
Corrosion also causes serious problems, changing the appearance, quality, 
mechanical properties and durability of the material in a negative way. 
Keywords:
Corrosion, nonmetallic materials, crystal lattice, polymer, 
stimulator, ingibitor, chemical corrosion, electrochemical corrosion, gas corrosion, 
electrolyte. 
Qadimdan kishilar metallar va ularning qotishmalari asosida yasalgan buyum, 
jihoz, uskunalardan foydalanganliklari bilan birgalikda, ularda bu metall 
buyumlarining tabiiy muhit ta'sirida yemirilishi muammosi paydo bo'lgan. Bu 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
May 2022 / Volume 3 Issue 5
www.openscience.uz
433


muammo - metallar korroziyasi bo'lib, hozirgi kunda ham dolzarbligini yoqotgani 
yo'q.
Metallarning tashqi muhit ta'sirida o'z - o'zidan yemirilish hodisasiga - 
metallarning korroziyalanishi hisoblanadi. 
Shuni unutmaslik lozimki, korroziyalanish faqat metallar uchungina xos 
bo'lmasdan, nometall materiallar (beton, yog'och, plastmassalar, shisha, sopol, 
keramika, sirli (glazur) buyumlar ham tabiiy agressiv muhit ta'sirda yemiriladi. Shu 
sababli korroziya hodisasiga keng ma'noda qarash va uning mohiyatini har bir holat 
uchun to'g'ri tushunib yechish kerak. 
Neft va gazni qazib olishda, uni naqliyo qilish va saqlashda, qayta ishlash 
jarayonlarida va kundalik turmushimizda metall buyumlaridan keng foydalanilgani 
bois, mazkur kursda asosan metallar korroziyasining kelib chiqish sabablari, 
oqibatlari va ularga qarshi kurashish usullari bilan tanishamiz. Zamonaviy 
texnologiyada va ishlab chiqarish jarayonlarida turli nometall materiallardan yasalgan 
jihozlardan keng foydalanilayotgani sababli kursning oxirida nometall materiallar 
korroziyasi bilan ham qisman tanishamiz. 
Korroziya jarayonlarini turlarga ajratishdan avval bu jarayonlarni keltirib 
chiqaruvchi sabab va omillar bilan tanishish lozim.
Korroziya mexanizmi va tezligiga ta'sir etuvchi omillar quyidagi 1-jadvalda 
keltirilgan. 
Jadval-1 
Metallarni korroziyalanishiga olib keluvchi va unga ta'sir etuvchi asosiy omillar 
Ta'sir etuvchi 
omillar guruxi 
Ta'sir etuvchi omillar 
Metallning fizik-
kimyoviy 
xususiyatlari va 
ichki tuzilishi. 
Metallning termodinamik barqarorligi; Metallning davriy sistemada 
joylashgan o'rni; Metall qotishmasidagi komponentlarning miqdoriy 
nisbatlari; 
Metallning kristall panjarasi tuzilishi; 
Metall sirtining bir jinsliligi (silliq yoki notekisligi); 
Metallda ichki (mexanik) kuchlanishlar turi va miqdori; 
Metall konstruktsiya 
(detallar-ning 
konstruksion 
tuzilishi). 
Turli metallarning o'zaro kontakti;
Metallning polimer, yog'och, nometall material bilan o'zaro kontakti; 
Metallning boshqa konstruktsiya elementlari bilan birikish xarakteri; 
Kesim yuzalarining birikkanligi, detallar, jihozlar shakllarining silliqligi 
va boshqalar; 
Detallar, jihozlarning o'zaro joylashuvi va qanday yig'ilganligi; 
Kuchlarning yig'ilganligi ( tarqoqligi ); 
Sirt qoplamalarni qayta tiklash mumkinligi;
Qo'shimcha himoyalashning imkoniyatlari; 
Texnologik omillar 
Metall va qotishmalarning kimyoviy tarkibi, tozalik darajasi; 
Yarim maxsulotlarning texnologik o’ziga xos xususiyatlari; 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
May 2022 / Volume 3 Issue 5
www.openscience.uz
434


Qayta ishlashning texnologik o'ziga xos xususiyatlari; 
Metallarga qo’shimcha ishlov berishning o'ziga xos xususiyatlari; 
Detallar, birikmalarining texnologik xususiyatlari.
Metall jixozlardan 
foydala-nish 
(ekspluatasion) 
omillar bilan 
boğliqligi 
Foydalanish (ekspluatatsion) muddatning davomiyligi; 
Harorat va uning o'zgarishi; 
Suvli muhit tarkibi, qatlamning qalinligi va uning bir tekisliligi; 
Eritmaning muhiti (pH); 
Atrof - muhit ifloslanishining darajasi va xususiyati; 
Korroziya stimulyatorlari (ingibitorlari)ning miqdori, turlari; 
Muhitning bosimi, uning o'zgarishi; 
Quyosh nuri yoki radiasiyaning ta'siri; 
Muhitning harakatchanligi. 
Korroziya jarayoni turli muhitda va sharoitda ro'y berishi sababli ularni yagona 
usul bilan turlarga ajratib bo'lmaydi. Korroziya quyidagi turlarga ajratiladi:

Download 414,84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish