Nazariy savollar:
1. Radioaktivlik.
2. Alfa, betta, gamma yemrilish.
3. Radioaktiv yemrilish qonuni.
4. Radioaktiv yemrilish qonunining statistik xususiyati
5. Yarim yemrilish davri nimalarga bog`liq?
6. Yemrilish doimiysi nima?
Javoblar:
1. Yadroning o‘z – o‘zidan bir yoki bir nechta zarralar chiqarib parchalanishi (yemirilish) hodisasiga radioaktivlik deb ataladi.
Radioaktivlik hodisasi yuz beradigan yadrolarga radioaktiv yadrolar deyiladi.
Radioaktiv bo‘lmagan yadrolarni esa turg‘un (stabil) yadrolar deyiladi. Radioaktiv parchalanish jarayonida yadroning massa soni A va zaryadi Z o‘zgaradi.
Radioaktivlik ikki xil bo‘ladi: tabiiy radioaktivlik; sun’iy radioaktivlik.
Tabiiy radioakivlik deb tabiatda mavjud bo‘lgan izotoplarda kuzatiladigan radioaktivlikka aytiladi.
Sun’iy radioaktivlik deb yadro reaksiyasida olingan izotoplarning radioaktivliklariga aytiladi.
2. a-parchalanish( yadrolarning chiqishi);
b-parchalanish ( );
g- parchalanish;
Og‘ir yadrolarning o‘z – o‘zidan α-zarralar chiqarib parchalanishiga α-parchalanish hodisasi deyiladi. Bu holda yadroning massa soni 4 birlikka, atom nomeri esa 2 birlikka kamayadi, ya’ni:
YAdroning o‘z–o‘zidan elektron (pozitron) va antineytrino (neytrino) chiqarib, parchalanish hodisasiga beta-parchalanish deyiladi.
Beta-parchalanishda yadro massa soni o‘zgarmaydi, ya’ni parchalanish natijasida izobar yadro hosil bo‘ladi.
Gamma nurlanishda Yadro uyg’ongan holdan asosiy holga o’tganda sodir bo’ladi va bunda gamma kvant chiqadi.
3. Radioaktiv parchalanish jarayonni tavsiflovchi kattaliklarda eng muhimi bu vaqt biriligi ichida parchalanish ehtimolligi, ya’ni parchalanish doimiysi λ hisoblaniladi
Agarda t vaqtda ko‘p sonli N ta radioaktiv yadro mavjud bo‘lsa va dt vaqt ichida o‘rtacha dN ta yadro parchalansa, ya’ni:
dN = -λNdt
bu erda manfiy ishora radioaktiv yadrolarning umumiy sonini kamayishini ko‘rsatadi. da ekanligini hisobga olib ifodani integrallaymiz va kuyidagi formulani olamiz:
N(t) = N0e-λt.
4. Radioaktiv parchalanish nazariyasi Rezerford va Soddilar tomonidan yaratilgan. Bu nazariyani yaratishda ular qo‘yidagi gipotezaga asoslangan: radioaktiv parchalanish spontan jarayon hisoblanib, statistika qonunlariga bo‘ysunadi.
Muayyan radioaktiv moddadagi barcha atomlar ayni bir vaqtda parchalanmaydi. Ularning ba’zilarida bu jarayon juda qisqa vaqtda bo‘lsa, boshqalarida esa juda uzoq vaqt davomida sodir bo‘ladi. Bundan radioaktiv parchalanish hodisasi statistik hodisa ekanligi, ya’ni noturg‘un yadroni qachon parchalanishni oldindan aytish mumkin emasligi va bu jarayon ehtimollik qonunilari asosida o‘tishi kelib chiqadi.
5. Radioaktiv parchalanishlar hodisasida muhim bo‘lgan yana bir kattaliuk bu yarim emirilish yoki parchalanish davridir. YArim parchalanish davri deb, radioaktiv yadrolarning yarimi parchalanishi uchun ketgan vaqtga aytiladi va T1/2 belgilaniladi.
Y фrim parchalanish davridan so‘ng radioaktiv yadrolar soni ikki baravar kamayganligidan, λ va T1/2 orasidagi bog‘lanish quyidagicha bo‘ladi:
6. λ - radioaktiv yemirilish doimiysi, o’lchami [ ], vaqt birligida yemirilishlar soni, nisbiy kamayish tezligini ifodalaydi.Radioaktiv parchalanish doimiysi λ vaqtga bog‘liq emas. Buning ma’nosi shuki, atom yadrosi uchun o‘rtacha yashash vaqti mavjud bo‘lib, yadroning yoshi tushunchasi mavjud emas.
O‘rtacha yashash vaqti
Do'stlaringiz bilan baham: |