Metallarda korroziyaning hosil bo’lish sabablari va ularga qarshi kurashish



Download 414,84 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana23.12.2022
Hajmi414,84 Kb.
#894652
1   2   3
Bog'liq
metallarda-korroziyaning-hosil-bo-lish-sabablari-va-ularga-qarshi-kurashish

I. Korroziya jarayonlarining mexanizmiga ko’ra: 
Kimyoviy va elektrokimyoviy korroziya turlariga bo'linadi.
 
1) Kimyoviy korroziya bu - metallarning turli agressiv gazlar va noelektrolit 
suyuqliklar ta'siridagi yemirilish hodisasidir. Korroziyaning bu turi to'g'ridan - to'g'ri 
korrozion muhit bilan metall o'rtasida oksidlanish - qaytarilish reaktsiyalari tufayli 
sodir bo'ladi. 
M:
Cl
2
, F
2
, Br
2
, O
2
va H
2
O lar ta'sirida metallarning yemirilishi. 
2) Elektrokimyoviy korroziya bu - metall va elektrolit xossasiga ega bo'lgan, 
korrozion muhit ta'sirida kichik galvanik elementlar hosil bo'lishi bilan bir necha 
bosqichda ro'y beradigan yemirilish jarayonlaridir. Bu korroziya asosan 
elektrolitlarning eritmasi bilan metall o'rtasida sodir bo'ladi. 
II. Korroziyaga sabab bo'luvchi agressiv korrozion muhit turiga ko'ra: 
1. Gaz korroziyasi - yuqori haroratda gazsimon moddalar ta'sirida metallarning 
yemirilishi. 
2. Noelektrolitlar ta'siridagi korroziya - noelektrolit suyuqliklar ta'sirida 
korroziyalanish. 
3. Atmosfera korroziyasi - havo atmosferasidagi gazlar va namlik ta'siridagi 
yemirilish. 
4. Elektrolitlar ta'siridagi korroziya - elektrolit suyuqliklar ta'sirida 
korroziyalanish. 
5. Biokorroziya - turli mikroorganizmlar ta'sirida metallarning yemrilish 
hodisasi. 
6. Yer osti korroziyasi-yer ostida nam tuproq ta'sirida metallarning 
korroziyalanishi. 
7. Daydi toklar ta'sirida korroziyalanish - metallarning (relslar, kabellar va 
hokazolar) yuqori kuchlanishli tok manbalaridan "chiqqan" toklar ta'sirida 
elektrokimyoviy yemirilish hodisasi. 
III. Metallarning yemirilish sharoitlariga ko'ra: 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
May 2022 / Volume 3 Issue 5
www.openscience.uz
435


1. Kontakt korroziyalanish - elektrolit muhitida o'zaro tegishib turgan ikki yoki 
undan ortiq metallar ishtirokida ro'y beradigan elektrokimyoviy yemirilish. 
2. Yoriq (tirqish)li korroziyalanish - metall va nometall materiallarning orasidagi 
bo'shliqlarda yuzaga keladigan yemirilish jarayonlari. 
3. Suyuqlikka qisman botib turgan metallar korroziyasi. 
4. Suyuqlikka to’liq botib turgan metallar korroziyasi. 
5. Ishqalanish ta'siridagi korroziya - mashina va mexanizmlarda ishqalanish 
ta'sirida ro'y beruvchi kimyoviy va elektrokimyoviy yemirilish jarayonlari. 
6. Doimiy yoki o'zgaruvchan mexanik kuch ta'sirida korroziyalanish 
(metallarning toliqish korroziyasi) - turli mexanik kuchlar ta'sirida metallarning 
yemirilishi tufayli sodir bo'luvchi yorilish (sinish) hodisalari. 
IV. Metall sirtida kuzatiladigan o'zgarish (buzilish)lar turiga ko'ra: 
Yaxlit (to'liq) va mahalliy korroziyalanish (1-rasm); 
Yaxlit korroziya
o'z navbatida quyidagi turlarga bo'linadi: 
1. Tekis (1a-rasm) korroziya. Metallning sirti korrozion muhit ta'sirida bir xil 
yemirilgan holat. 
2. Notekis (1b-rasm) korroziya. Metall sirti turli darajada yemiriladi. 
3. Tanlab korroziyalanish (1v-rasm). Bu yemirilish qotishmalarda kuzatilib
uning turli tarkibiy qismi turlicha korroziyalanadi (yoki korroziyalanmaydi). 
Mahalliy korroziya
quyidagi ko'rinishlarda sodir bo'ladi: 
1. "Dog'lar" ko'rinishdagi yemirilishilar (1g-rasm). 
2. "Yallig'lanish" ko'rinishdagi korroziya (1d-rasm). 
3. "Nuqtali" (pitting) korroziyalanish. 0,1-2 mm o'lchamdagi aylanasimon 
nuqtalar ko'rinishda chuqurchalar holidagi yemirilish (1e-rasm). 
4. Teshib o'tilgan korroziyalanish. 
5. Kristallararo korroziyalanish (1j-rasm). Qotishmalardagi kichik kristall 
donalari chegaralarida ro'y beradigan yemirilish jarayonlari. 
6. "Sirt osti" korroziyalanish (1z-rasm). Metallning sirtida boshlanib, 
keyinchalik metall sirti ostida kengayib ketadigan yemirilish. 
7. "Pichoq izli" (kesimli) korroziyalanish (1i-rasm). Payvandlangan metallar 
sirtida (chegarasida) sodir bo'ladigan yemirilish jarayoni. 
Korroziya, nometall materiallar, kristall panjara, polimer, stimulyator, ingibitor, 
kimyoviy korroziya, elektrokimyoviy korroziya, gaz korroziyasi, elektrolit. 
Yuqoridagilarga qo'shimcha sifatida yana quyidagilarni keltirish mumkin: 
1. "Vodorodli yorilish" (vodorod ta'sirida mo'rtlashuv) - metallga vodorod 
gazining singishi sababli metallarning yemirilishi. 
2. Errozion korrozion yemirilish - metall sirtining qirilishi, yedirilishi tufayli 
sodir bo'ladigan yemirilish. 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
May 2022 / Volume 3 Issue 5
www.openscience.uz
436


3. Kavitatsiya (gidroerrozion) korroziyasi - metall sirtida harakatlanayotgan 
suyuqlikning gidravlik bosimi yoki zarbi va agressiv muhit ta'sirida yuzaga keladigan 
yemirilish jarayonlari. 
1- rasm.
 
Metall sirtida kuzatiladigan korroziya turlari. 
Ko'rinib turibdiki, korroziyalanish turlari xilma-xil bo'lib, ularning barchasi xalq 
xo'jaligi uchun katta zarar keltirilishi bilan umumiylik xossasiga ega. Korroziyadan 
keladigan zarar 
bevosita
va 
bilvosita
bo'lishi mumkin.
Jihoz, 
asbob 
uskunalarning 
korroziya 
tufayli 
ishdan 
chiqishi, 
konstruktsiyalarning buzilishi, quvurlarning yorilishi, buzilgan jihozlarning yangisiga 
almashtirilishi, korroziyaga chidamli materiallarni yaratish, korroziyadan himoyalash 
bilan bog'liq bo'lgan barcha mehnat va mablag' sarf xarajatlari 
bevosita
zararlarni 
tashkil etadi. 
Bilvosita
zararlarni quyidagilar tashkil etadi: 
- ayrim korroziyalangan detallar, uskunalar, jihozlar almashtirilganda ishlab 
chiqarishning to'xtashi; 
- korroziyalangan quvur, jihoz, idishlardan gaz va neft maxsulotining tashqi 
muhitga chiqishi, to'kilishi bilan atrof muhtning ifloslanishi. 
- issiqlik almashtirgichlarda kerakli haroratning yetishmasligi, isssiqlikning 
yo'qotilishi. 
- korroziya maxsulotlari bilan ishlab chiqarilgan maxsulotlarning (benzin, 
kerosin va b.q.) ifloslanishi kabilardir. 
Bularning oqibatida har yili ishlab chiqariladigan metall va qotishmalarning 25-
35% korroziya sababli yo'qotiladi. Uning taxminan 10% umuman qayta tiklanmaydi.
Har yillik zarar yuqori rivojlangan mamlakatlarda quyidagini tashkil etadi: 
AQSHda 70 mlrd. dollar, Germaniyada 30-35 mlrd. markani, Rossiyada 140-150 
mlrd. rubl. 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
May 2022 / Volume 3 Issue 5
www.openscience.uz
437


Ko'rinib turibdiki har qanday korroziyalanish zararli bo'lib, unga qarshi 
kurashish azaldan fan va texnikaning asosiy vazifalaridan biri bo'lgan va ayni kunda 
shunday bo'lib qolmoqda. 
Korroziyaga qarshi kurashish uchun: 

uning kelib chiqish sabablarini; 

mexanizmini; 

tezligi va unga ta'sir etuvchi omillarni; 

tashqi muhitning tarkibi va tabiatini; 

ingibitorlar, ularning tarkibi, xossalari kabi tushuncha va kattaliklar bilan 
yaqindan tanishish bilan birgalikda korroziya jarayoni ro'y berishida amal qiladigan 
asosiy qonuniyatlarni ham bilish zarur. 

Download 414,84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish