Расм 5.1. Суюылик рецикли билан карбамид ишлаб чиыариш технологик схемаси:
1 - тщрт босыичли компрессор СО газ учун; 2 - аммиак йиьгич; 3 - плунжерли насос аммиак учун; 4 - I босыич конденсатори; 5 - синтез калонна; 6 - аралаштиргич; 7 - плунжерли насос; 8 - ювувчи калонна; 9 - I босыич ректификацион калонна; 10 - I босыич иситкич; 11 - I босыич Сеператор; 12 - II босыич ректификацион калонна; 13 - II босыич иситкич; 14 - II босыич Сеператор; 15 - вакуумли-буьлаткич; 16 - карбамид эритмаси йиьгичи; 17 - ёь ажраткич; 18 - II босыич конденсатори; 22 - резервуар; 23 - марказдан ыочма насос; 24 - абсорбер; 25 - углеаммонийли туз эритмасини йиьгичи; 26 - десорбер; 27 - холодилник; 28 - иссиылик алмашиниш аппарати; 29 - марказдан ыочма насос.
Rasm.6. Suyuqlik resikli bilan karbamid ishlab chiqarishning texnologik sxemasi
1-tort bosqichli kompressor SO gaz uchun; 2-ammiak yiggich; 3-plunjerli nasos ammiak uchun; 4- I bosqich kondensatori; 5-sintez kalonna; 6-aralashtirgich; 7-plunjerli nasos; 8-yuvuvchi kalonna; 9- I bosqich rektifikasion kalonna; 10- I bosqich isitkich; 11- I bosqich Seperator; 12- II bosqich rektifikasion kalonna; 13- II bosqich isitkich; 14- II bosqich Seperator; 15- vakuumli-buglatkich; 16- karbamid eritmasi yiggichi; 17- yo ajratkich; 18- II bosqich kondensatori; 22- rezervuar; 23- markazdan qochma nasos; 24- absorber; 25- ugleammoniyli tuz eritmasini yiggichi; 26- desorber; 27- xolodilnik; 28-issiqlik almashinish apparati; 29-markazdan qochma nasos.
Karbamid ishlab chiqarishni sanoat qurilmalari. Ammiak va uglerod (IV) - oksidini sintez qilish - sintez kalonnasida amalga oshiriladi. Sintez kalonna sferiksimon tubli silindr bolib, suyuqlanma tegib turgan qismi ichkaridan xrom nikel, molibden kabi ligerlangan elementlardan X17N16M3T markali polat bilan ximoyalangan. Qurilmaning korpusi uglerodli polatdan tayyorlanib, 25 - 30 MPa bosimgacha chiday oladi. Sintez kalonnada 1850S haroratda va 20 MPa bosimda karbamid hosil bolishi tugallanadi. Karbomatdan karbamidga aylanishi boshlanadi. Qurilmani unumdorligi 1250 t/kun (450000 t/y) bolganda kalonna d = 2/2,5 m, balandligi N = 30 - 35 m, xajmi esa V = 160 m3 ga teng boladi. Sintez kalonnada hosil bolgan eritmaning tarkibi 30 - 31% karbamid, 20 - 21% ammoniy karbomat, 33 - 34% ortiqcha NHz, 16 - 17% suvdan iborat bolgan kalonnaga kelayotgan aralashmaning komponentlar nisbati: NN3 : S02 : N20 = (3,8/4,5) : 1 : (10,5/0,8)
Aralashma kalonnaning pastki qismidan kirib yuqoriga chiqadi, kalonnadan chiqayotgan eritma drosselanadi va distilliyatga beriladi.
Disstiliyasiya jarayoni ikki bosqichdan iborat bolib, bunda ammoniy karbomat parchalanib karbamid miqdori oshiriladi (70% gacha).
Distilliyasiya jarayoning har bir bosqichi uchta qurilmadan iborat:
Rektifikasion kalonna
Isitkich
Seperator
Birinchi bosqich distilliyasiyada 51 - 61% karbamid 4 - 5% ammoniy karbomat, 6 - 7% NH3 va 28 - 35% suv bolgan eritma chiqib, ikkinchi bosqich distilliyasiyaga keladi. Songra ikkinchi bosqichdan seperatordan 70 - 72% li karbamid eritmasi chiqadi. Karbamidning buglanish jarayoni ikkinchi bosqichli buglatish qurilmasida amalga oshiriladi.
Birinchi bosqichda 70 - 72% li karbamid 45S0 haroratda nasos yordamida birinchi bosqich buglatish qurilmasini pastki qismidan beriladi.
Isitish buglanish yordamida amalga oshiradi. Birinchi bosqichdan karbamid eritmasi 95% konsentrasiyali va 125 - 1350S haroratda chiqib oz oqimi bilan ikkinchi bosqichga keladi.
Ikkinchi bosqichda isituvchi bug yordamida uni konsentrasiyasi oshiriladi (98,8% gacha) va 135 - 1450S haroratda ikkinchi bosqich buglatish qurilmasidan chiqib, nasos yordamida donadorlash minorasining yuqori qismida joylashgan napor bakiga uzatiladi.
Buglatish qurilmasi isitgich va seperatordan iborat bolib, karbamid eritmasi isitgichdagi trubalar ichiga beriladi. Isituvchi bug esa trubalar orasiga beriladi. Seperatorlarning vazifasi eritma tarkibidan chiqayotgan ikkilamchi bugni va uning tarkibidagi ozi bilan birga olib chiqib ketayotgan tomchi holidagi eritmalarni bir biridan ajratadi. Ikkilamchi bug seperatorning yuqori qismidan chiqariladi. Eritma esa seperatorning yon tomonidan chiqariladi.
Karbamid suyuqlanmasini donadorlash, donadorlash minorasida amalga oshiriladi. Donadorlash minorasining balandligi 112 m, donadorlarni tushish balandligi 93 m. Eritmalarni sochib berish uchun 8 ta akustik donadorlash qurilmasi joylashtirilgan bolib, 4 tasi zahira hisobida turadi, minora pastki qismida mavxum qaynash qurilmasi joylashgan bolib, bunda karbamid donalari havo yordamida sovitiladi. Minorani yuqori qismida ventilyator joylashgan bolib, ularning vazifasi havoni sorib olish va havo bilan birga chiqayotgan karbamid changlarini skrubberlarda tutib qoladi. CHanglarni yutib qolish uchun vannalardan otkaziladi yoki suv beriladi. Hosil bolgan eritma jarayonga qaytariladi.
Skrubberda suyuqlanma uchun vanna, nasos, karbamid tozalash uchun filtr va 40 dona purkovchi qurilmalar joylashgan.
Vannada yigilgan karbamid eritmasi 20 - 40% gacha etganda karbamid yigish qurilmasiga uzatiladi.
Misol. I.8. Karbamid ishlab chiqarishning sintez kalonnasini moddiy balansini tuzing (eslatma: ammiak va uglerod (IV) - oksidining resirlulyasiyasi ammoniy tuzlarining suvli eritmasi holatida sodir ettiriladi).
Do'stlaringiz bilan baham: |