"mineral o’G’itlar texnologiyasi"



Download 2,11 Mb.
bet22/34
Sana04.03.2022
Hajmi2,11 Mb.
#482749
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   34
Bog'liq
2 5215355113673075055

Nazorat topshiriqlari


Misol. I.7. Ammoniyli selitra ishlab chiqarishning donadorlash bo’limini moddiy va issiqlik balansini tuzing.
25 - jadval

Sinf jurnali bo’yicha tartib raqami

Qurilmaga kelayotgan suyuqlanma miqdori

Suyuqlanmaning konsentra-siyasi

Qurilmadan chiqayotgan selitra tarkibidagi
namlik



kg/soat

NH4NO3, S,%

(%)

1

38700

98,4

0,99

2

25700

97,8

0,98

3

26000

99,6

0,97

4

35500

97,5

0,96

5

34400

97,9

0,95

6

33900

97,3

1,0

7

32100

99,3

1,9

8

32900

98,8

1,8

9

38410

98,6

1,7

10

27700

99,1

1,6

11

33910

97,6

1,5

12

33600

98,0

1,4

13

30100

99,0

1,3

14

23800

98,1

1,2

15

37600

97,7

1,1

16

33110

97,0

0,91

17

33700

98,2

0,92

18

40300

99,4

0,93

19

27000

98,2

0,94

20

39500

99,3

0,95

21

30700

98,3

1,1

22

38090

99,4

1,2

23

48700

97,6

1,3

24

30900

97,8

1,4

25

29800

98,1

1,5

26

38800

98,6

1,6

27

37800

97,7

1,6

28

33800

98,5

1,7

29

29600

99,0

1,8

30

36800

98,4

1,9



Eslatma: Donadorlash minorasining issiqlik balansini tuzish vaqtida minoraga kelayotgan havoning miqdorini 200500 dan 500000 m3/soat oralig’ida olishni unitmang!
I.2. KARBAMID ISHLAB CHIQARISH.

Karbamid ishlab–chiqarish usuli va texnologiyasi 1868 yilda A.I. Bazarov tomonidan ishlab chiqilgan. Bu usul gaz holdagi ammiak va karbonat angidridning qaytar reaksiyasidan iborat. Jarayon ikki bosqichda boradi.


Birinchi bosqichda ammoniy karbamat hosil bo’ladi:


2NH3 + CO2 Û NH4COONH2 +Q

Ikkinchi bosqichda karbamid hosil bo’ladi:




NH4COONH2 Û NH2CONH2 +H2O

Karbamid (NH2)2CO azotli o’g’itlar ichida eng ko’p miqdorda azot elementini tutadi. Tarkibida 46-46,5% azot bor. Karbamidning texnik nomi mochevina bo’lib, u toza holda rangsiz, hidsiz ok kristall bo’ladi. Uning 25 0S dagi zichligi 1330 kg/m3, 132,70S da eriydi.


Texnik mahsulot oq yoki sarish kristall, shakli ignasimon rombik prizma holida bo’ladi. Atmosfera bosimida suyuqlanish haroratigacha qizdirilsa, karbamid parchalanadi, bunda ammiak ajraladi.
Bu jarayonda avval ammoniy sionit, so’ngra ammiak va sionat kislota hosil bo’ladi:
(NH2)2CO Û NH4OCN ®HOCN +NH3

Sianit kislota karbamid bilan birikib biuret hosil qiladi:




HOCN + (NH2)2CO ®NH2CONHCONH2

Karbamid suvda, spirtda va suyuq ammiakda yaxshi eriydi. To’yingan suvli eritma tarkibida 20 0S da 51,8 % , 60 0S da 71,9 % , 120 0S da 95 % karbamid bo’ladi. Karbamid ammiak bilan birikib ammiakat hosil qiladi. Unda 46 0S da 77,9 % karbamid bo’ladi. Harorat ortishi bilan karbamidning suyuq ammiakda erishi ko’payadi. Kislotalar bilan karbamid kuchsiz ishqorlar hosil qiladi:


Nitrat (NH2)2CO × NNO3 - suvda kam eriydi, qizdirilsa portlash bilan parchalanadi; fosfat (NH2)2CO × H3RO4 suvda yaxshi eriydi, to’la parchalanadi.
Karbamid tuzlar bilan kompleks birikmalar hosil qiladi. Bunda har ikki komponent o’g’it hisoblanadi. Masalan: Ca(NO3)2 × 4(NH2)2CO; Ca(H2RO4)2 × 4(NH2)2CO va eng asosiy karbofosfat (NH2)2CO × H3RO4 lar.
Karbamidning suvli eritmalari 800S gacha o’z holatini saqlaydi. Undan ortiq haroratda karbamid ammoniy izosianatga, so’ngra ammoniy karbonatga o’tadi.


(NH2)2CO Û NH4NCO
NH4NCO +2H2O Û (NH4)2CO3

Ammoniy karbonat o’z navbatida ammoniy gidrokarbonat va ammiakka parchalanadi:


(NH4)2CO3 Û NH4HCO3 + NH3

Ammoniy gidrokarbonatdan ammiak va karbonat angidrid ajratiladi




NH4HCO3 Û CO2 +H2O +NH3

Ammoniy karbamat eritmasi ammoniy karbonatga o’tishi mumkin:




NH2COONH4 + H2O = (NH4)2CO3

Toza ammoniy karbomatning suyuqlanish harorati 152 - 155 0S. Ugleammoniy tuzlar, karbamid va suv ishtirokida bu harorat pasayadi.


Olinishi va ishlatilishi. Karbamidni chiqish darajasi reagentlar bilan to’ldirish zichligiga, bosimiga, haroratiga, ammiak va suvni reagent tarkibidagi miqdoriga hamda boshqa sharoitlarga bog’liq. To’ldirish zichligi deb, boshlang’ich moddalar miqdorini reaktor hajmiga bo’lgan nisbatiga aytiladi.
Karbamid sintezi asosan suyuq fazada boradi. Boshlang’ich moddalar miqdori bir hajmda qancha ko’p bo’lsa, bosim shuncha yuqori bo’ladi. Jarayon 180 - 200 0S va 18 - 20 MPa bosimda olib boriladi. Undan yuqori haroratda apparat materiallarini korroziyaga olib keladi.
Reagentlar ta’sirida uglerod (IV) - oksidi ortiqcha miqdori karbomatni karbamidga aylantirishga ta’sir ko’rsatmaydi. CHunki, jarayon asosan gaz fazada bo’ladi. Ortiqcha ammiak muvozanatni karbamid hosil bo’lishi tomoniga siljitadi. Apparatlarning korroziyalanishlarini kamaytiradi, suvni o’ziga biriktirib oladi:
NH3 + H2O = NH4OH

Karbamidni ammoniyli selitradan bir qancha afzalliklari bor. U portlashga xavfsiz, tuproqqa tushganda sekin eriydi, gigroskopligi kamroq, yopishqoqligi uncha yuqori emas. SHuning uchun u karbamidni donador holda idishsiz tashish mumkin. Karbamidni gigroskopligini oshirish uchun donadorlashdan oldin suyuklanmagan karbamidoformalpdegid smola (KFS) qo’shiladi. Karbamidning gigraskoplik nuqtasi 200S da 80% ga teng.


Karbamidning birinchi martda 1828 yilda Vyoler ammoniy sianatdan sintez qilgan. SHundan buyon karbamid organik sintezning muhim moddalaridan bir bulib xizmat qiladi. U asosida bir necha moddalar sintez qilingan. Bir qancha moddalarni olish uchun xom - ashyo sifatida ishlatiladi. Farmasevtika sanoatida dori preparatlari olishda qo’llaniladi ftorokarbamid ishlab-chiqarish NH3 va CO2 ni 150 - 2200S haroratda va 7 - 100 MPa bosimdagi o’zaro ta’sirlashishini o’z ichiga oladi. Karbamid sintezi quyidagi qaytar reaksiyadan iborat: Dastlab karbomat ammoniy olinadi:
2NH3 + CO2 Û NH4COONH2 +Q

So’ngra ammoniy karbomat - karbamid va suvga parchalanadi. Jarayon ikki faza ishtirokida boradi: gaz va suyuq fazalar.


Ammoniy karbomat 150 - 220 0S da ammiak va uglerod (IV) - oksidiga parchalanadi. Bu jarayon sodir bo’lmasiligi uchun karbamid sintezi yuqori bosimda olib boriladi.
Ammoniy karbomatning hosil bo’lish tezligi bosimni kvadratiga proporsional ravishda ortadi. Atmosfera bosimi va past haroratda ammoniy karbamat hosil bo’lishi juda sekinlik bilan boradi. 10 MPa va 1500S da juda tez hosil bo’ladi. Bosimni ortishi bilan sistemada ammoniy karbomatning konversiya darajasi ortadi.
Karbamidni karbomat ammoniy suyuqlanmasidan hosil bo’lishi ammoniy karbomatni suyuqlanish haroratidan past haroratda (152 0S) sodir bo’ladi.
Qo’shimcha gazlar N2, SO, N2, O2 va boshqa gazlar ammiakni parsial bosimini va suyuq fazada erishini kamaytiradi. Ularni tarkibini (gaz aralashmasida) SO2 ning konsentrasiyasini 98 - 99% dan 85 - 86% gacha kamayishi, konversiya darajasini 65% dan 45 % gacha tushiradi.
Ortiqcha ammiak karbamidning chiqishiga ko’p ta’sir ko’rsatadi. Ortiqcha ammiak reaksiyadagi suv bilan birikib, jarayonga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. U apparatlarni korroziyasini sekinlashtiradi.
Ortiqcha ammiak siklga qaytadan beriladi yoki boshqa maqsadlar uchun, masalan, ammoniyli selitra ishlab chiqarishga beriladi.
Ammiakni resirkulyasiyasi ishlab chiqarishni kengaytirish, kapital harajatlarni ortishi, ekspulatasion sarflarni hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
Ortiqcha ammiakni ammoniyli selitra ishlab-chiqarishga yuborish bilan katta foyda olinadi. 1 tonna karbamid olinganda 5 - 8 tonna selitra olinadi. Karbamid ishlab chiqarish selitra ishlab chiqarish uchun qo’shimcha hisoblanadi.
Karbamid ishlab chiqarish texnologiyasi ( rasm. 6. ). Gaz holida uglerod (IV)-oksidi taxminan quritilgan va har xil mexanik zarralardan, vodorod sulpfid va oltingurgut tutgan birikmalardan daal va mayin filtrlarda tozalanib, to’rt bosqichli kompressor (1) da 20 MPa bosimgacha siqiladi va 95 - 1000S haroratda aralashtirgich (6) ga beriladi. Aralashtirgich (6) ga 20 MPa bosimda plunjerli nasos (3) orqali so’rib olingan 900S haroratdagi suyuq ammiak ham beriladi. Plunjerli nasos (7) orqali esa 950S haroratli ugleammoniyli tuzlar beriladi, u siklga NH3 va SO2 holatida qaytariladi. Natijada komponentlarni ara-lashtirgichda 1750S haroratda aralashtirganda ammoniy karbomat hosil bo’la boshlaydi. So’ngra reaksiya aralashmasi (NH3 : SO2 : N2O = (4.3) : 1 : (0,5 - 0,8) sintez kollonasi (5) ga beriladi, bu erda 185 0S va 20 MPa bosim ostida ammoniy karbomatga aylanishi tugallanadi va karbamidga parchalanadi.
Sintez kollonasida hosil bo’lgan eritma, tarkibi 30 - 31% karbamid, 21 - 22% ammoniy karbomat, 33 - 34% ortiqcha ammiak va 16 - 17% suv, ikki bosqichli distilliyatorga beriladi. Distilliyasiya qurilmasining har bir bosqichi uchta apparatdan: rektifikasion kollona, isitkich va Seperatordan iborat. Sintez kollansi (5) dan chiqayotgan karbamid eritmasi 20 MPa dan 1,8 - 2,0 MPa gacha drosellanadi va birinchi bosqich distilliyasiya qurilmasidagi rektifikasion kollonasi (9) ning yuqori qismiga beriladi. Bu erda ortiqcha ammiakni 120 - 1250S haroratda gaz fazaga o’tkaziladi. So’ngra eritma ammoniy karbomatga parchalanishi uchun issiqlik almashinish apparati (10) da 158 - 1620S haroratgacha isitiladi va hosil bo’lgan bug’ suyuq holidagi aralashma seperator (11) da ajratiladi. Gaz faza rektifikasion kollonasi (9) ning pastki qismidagi barbotaj qatlamiga keladi, suyuq faza esa 0,25 - 0,4 MPa gacha drosellanadi va ikkinchi bosqich distilliyasiyaga beriladi.
Rektifikasion kalonna (9) dan gaz faza aralashmalari (uning tarkibi 75–76% ammiak, 21 - 22% uglerod (IV) - oksidi va 3% gacha suv) yuvuvchi kalonna (8) ni pastki qismiga beriladi, u erda bug’li isitkichda aralashma harorati 92 - 960S gacha ushlab turiladi. SHu erga ikkinchi bosqich disitlyasiyadan ugleammoniyli tuzlar eritmasi ham beriladi. Bu erda uglerod (IV) - oksidini asosiy qismi yutiladi va suv bug’i tarkibi 38 - 45% ammiak, 30 - 37% uglerod (IV) - oksidi, 22 - 27% suv bo’lgan eritma ko’rinishigacha kondensatlanadi. Bu eritma plunjerli nasos (7) da 20 MPa bosimgacha siqiladi va aralashtirgich (6) ga qaytariladi. Gaz holidagi ammiak 45 - 50 0S haroratda yuvuvchi kalonnasi (8) ning yuqori nasadkali qismida to’liq uglerod (IV) - oksididan ajratiladi, konsentrlangan ammiakli suv (93 - 96% ammiak) bilan boyitiladi va kondensator (4) ga beriladi; u erda ammiak siqiladi va tank (2) orqali siklga qaytariladi. Kondensatlanmagan gazlar (asosan vodorod, azot, kislorod) absorbsiya jarayonida yutilmay qolgan ammiakdan yuviladi va atmosfera bosimigacha drosellanadi va atmosferaga chiqarib yuboriladi.
Ikkinchi bosqich distilliyasiyaga kelayotgan eritma tarkibida 55 - 61% karbamid, 4 - 5% ammoniy karbomat, 6 - 7% ammiak va 28 - 35% suvdan iborat. Ikkinchi bosqich distilliyasiya ham birinchi bosqich distilliyasiya kabi boradi. Avval eritma rektifikasion kalonna (12) ga beriladi. Rektifikasion kalonnasida bug’langan ammiak, ammoniy karbomat hisobiga 1100S haroratgacha sovutiladi. So’ngra isitgich (13) orqali 140 - 1420S haroratgacha isitiladi va seperator (14) ga beriladi, u erda gaz va suyuq fazalarga ajratiladi. Ikkinchi bosqich distilliyasiyada ammoniy karbomatning parchalanishi hisobiga, ammiak va uglerod (IV) - oksidini berilishi to’xtatiladi.
Tarkibida 70 - 72% karbamid bo’lgan eritma seperatorda (14) da drosellanadi va vakuum - isitkich (15) ga beriladi. Bu erda qolgan 40 kPa bosim ostida konsentrasiyasi 74 -76% gacha oshiriladi va 900S haroratgacha sovutiladi. So’ngra eritma yig’gich (16) dan yo ajratkich (17) ga beriladi va tayyor mahsulot ishlab chiqarishga jo’natiladi.
Rektifikasion kalonna (12) dan gaz fazasi (tarkibi 55 - 56 % NH3, 24 - 25% SO2 va 20 - 21 % N2O) kondensator (12) ga beriladi. Bu erda hosil bo’lgan 400S haroratdagi ugleammoniyli tuzlar (33 - 50% NH3, 10 - 16% SO2, 35 - 55% N2O) rezervuar (22) dan nasos (23) orqali yuvuvchi kalonna (8) ga beriladi. Kondensator (21) dan chiqayotgan gaz faza (NH3, SO2 va boshka gazlar) absorber (24) ga beriladi. Bu erda (NH3 va SO2) gazlar ugleammoniy tuzlar eritmasiga yuttiriladi va sovutkich (27) dan o’tadi. Absorberdan chiqayotgan inert gazlar atmosferaga chiqarib yuboriladi. Absorber (24) da hosil bo’l-gan ugleammoniy tuzlari isitkich (28) da 90 - 95 0S haroratgacha isitiladi va desorber (26) ga beriladi. Bu erda 0,3 - 0,4 MPa bosimda va 135 - 1450S haroratda o’tkir bug’ yordamida NH3 , SO2 va N2O ga to’liq parchalanadi. Gaz holidagi NH3 va SO2 suv bug’i bilan birga ikkinchi bosqich kondensator (2) ga beriladi. Qolgan suv kanalizasiyadan chiqarib yuboriladi. Hosil bo’lgan suyuqlanma nasos orqali donadorlash minorasi yuqori qismida joylashgan yiichga beriladi, nasosga berishdan oldin KFS qo’shiladi. Yig’gichdan filtrga tushadi va toza holidagi eritma donadorlash minorasiga beriladi. So’ngra akustik tebranuvchan granulyator yordamida sochib beriladi. Pastdan havo yuboriladi. Havo yordamida karbamid donador holatiga o’tadi. Hosil bo’lgan donalar sovutish uchun minoraning pastida joylashgan mavxum qaynash qatlamli qurilmasiga beriladi va 40 - 500S haroratgacha sovutilgan donalar omborga va undan isotemolchilarga yuboriladi.







Download 2,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish