Sug‘diyona davlati. Miloddan avvalgi VII asrda Zarafshon va
Qashqadaryo voha larida Sug‘diyona (Sug‘d) davlati tashkil topadi.
Sug‘diyona davlati ning poytaxti Samarqand shahri bo‘lgan. Buxoro,
Kesh, Naxshab Sug‘ di yo na ning yirik shaharlari hisoblangan. Aho-
li hayotida bayramlarni nishonlash udumi shakllangan. Har yili 21
mart da Nav
ro‘z bayramini nishonlash milliy an’anaga aylangan.
Navro‘z bay ramlarida milliy o‘yinlar va taom l ar namoyish qilingan,
sumalak hamda «qo‘sh oshi» tayyorlash an’ anaga aylangan. Yerlarni
shud gor lash, ekinlar ekish ishlari boshlangan.
Baqtriya davlati. O‘rta Osiyoning yana bir qadimgi davlati –
Baqtriya podsholigi bo‘lib uning tarkibiga hozirgi O‘zbekistonning
Surxondaryo, Qash qa daryo viloyatlari, Tojikistonning janubi, Afg‘o-
nis tonning shimoli-sharqiy yerlari kirgan.
Baqtriyadagi ko‘pdan ko‘p yirik shaharlar orasida Baqtra mash-
hur bo‘lib, u mamlakatning poytaxti hisoblangan. Baqtra baland va
mus tah kam mudofaa devorlari bilan o‘ralgan, unda podshoh qal’asi
alo hida ajralib turgan.Rim tarixchisi Kursiy Rufning shahodat berishicha, «Baqtra daryo si nomidan shahar va viloyatning nomi kelib chiqqan». Umu-
man tari xiy ma’lumotlarga asoslanadigan bo‘lsak, qadimgi davlatlar
nomlari ko‘pincha daryo, qabila, xalq yoki shaharlar nomiga qiyosan
kelib chiqqan bo‘ladi.
Binobarin, «Baqtriyaliklar», «Baqtriya xalqi» iboralari juda qa -
dim gi manbalarda tilga olinib, bitta xalqni yoki bir necha qarindosh
qabilalarni birlashtirgan hududiy tushunchani anglatadi.
«Avesto» kitobida ham Baqtriya «Eng yaxshi mamlakatlar va o‘l-
ka lar dan biri bo‘lgan, baland bayroqli, go‘zal o‘lka» sifatida ta’rif-
lan gan. Bu kabi fikr-mulohazalar Baqtriya o‘z davrining yirik davlat-
laridan biri bo‘lganligidan dalolat beradi.
Ktesiy ma’lumoticha, Baqtriyaga qarashli Yaxsh vodiysi obi-ha-
yot ga mo‘l-ko‘lligi, unumdor yerlari ko‘p bo‘lganligidan bu hudud-
da dehqonchilik madaniyati taraqqiy topgan, aholi bog‘dorchilik,
meva chilik mahsulotlari yetishtirishda omilkor bo‘lgan. Qashqa-
daryo voha sining miloddan avvalgi VIII–VII asrlarga oid Sangirtepa,
Yan gi tepa, Chiroqchitepa, Yerqo‘rg‘on singari aholi manzilgohlari-
ni o‘rga nish shuni ko‘rsatadiki, bu joylarda o‘troq turmush kechir-
gan qavm, elatlar dehqonchilik bilan faol shug‘ullanganlar. Xuddi
shun day fikrni Sug‘diyona hududlariga nisbatan ham aytish mum-
kin. Qulay tabiiy-jug‘rofiy sharoitga ega bo‘lgan Omonqo‘ton, Gur-
dara, Qo‘tirbuloq, Zirabuloq makonlarida yashagan aholining mada-
niy ha yoti ham ancha to‘laqonli kechgan.
Baqtriyada oltin, la’l kabi qimmatbaho ma’danlar ko‘plab miq-
dor da qazib olinib, ular tegishli ishlov berishdan so‘ng yurt ehtiyoji
uchun, qolaversa, xorijiy ellar uchun tayyor mahsulot holiga keltiril-
gan. Baqtriya la’liga uzoq Xitoy, Misr, Hindiston singari mam la kat-
larda ham talab-ehtiyoj katta bo‘lgan. Baqtriyada qimmat baho ma’-
danlar ishlab chiqarishning yo‘lga qo‘yilishi bu yurtda maxsus hunar-
mandchilik turi zargarlik, badiiy hunar tarmog‘i ning rivoj topishiga
olib kelgan. Buni 1877-yilda Vaxsh va Panj daryo larining Amuda-
ryoga quyi lish yerida topilgan «Amudaryo xazinasi» topilmasi timso-
lida ham kuzatish mumkin.
Topil malar orasidagi 179 ta oltin va 7 ta kumush zargarlik bu yum-
lari qadimgi Baqtriyada nafis hunarmandchilikning o‘sganligidan dalolat beradi. Bu xazina aslida Baqtriya hududiga qarashli Taxti
Sangin shaharchasidagi ibodatxonaga tegishli bo‘lgan. Ular London-
da gi Britaniya muzeyiga (1897) olib ketilgan.
Shunday qilib, Xorazm va Baqtriya davlatlarida kechgan siyo-
siy, ijti moiy-iqtisodiy, madaniy jarayonlar ajdodlarimizning tarixiy
taraq qiyot yo‘lidan ilgarilab borib, o‘z davlatchilik tuzilmalarini
vu jud ga keltirib, boshqaruv usullarini takomillashtirib borganligidan
guvohlik beradi. Dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik, sha-
har sozlik, mehnat taqsimoti, ishlab chiqarish qurollarining takomil-
lashib borishi ulug‘ bobokalonlarimiz o‘lmas dahosi, salohi yatining
yorqin ifo da si dir. Bular O‘zbekiston hududidagi dastlabki davlat-
chilik ta rixiy taj ri basining muhim jihatlari, namunalari sifatida alo-
hida qimmatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |