Milliyligi Taomi



Download 38,8 Kb.
bet9/11
Sana19.01.2017
Hajmi38,8 Kb.
#628
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Mashhur memoriy obidalar
TOSHKENT

Toshkent-Markaziy Osiyodagi eng yirik qadimiy shaharlardan biri- O'zbekiston Respublikasi poytaxtidir. Toshkentning shahar ko'rinishidagi aholi punktligi haqidagi birinchi ma'lumotlar miloddan oldingi II asrga taalluqli qadimgi sharq axborotlarida tilga olinadi: Xitoy manbalarida u Yuni deb atalgan; miloddan oldingi 262 yildagi Fors shohi Shapurning "Zaroastra Kaabasi" bitiklarida shahar Choch nomi bilan bitilgan. Choch shaharlar va davlatlar o'rtasida oltin, qimmatbaho toshlar, shirinliklar va zotdor otlar savdosining chorrahasida joylashgan. Bugun O'zbekiston o'tmishi va tarixining ko'plab voqealari haqida bebaho ma'lumotlarni o'zida saqlab kelayotgan Toshkent zamonaviy respublikaning poytaxtidir. Markaziy Osiyoning mazkur yirik sanoat markazida ikki milliondan ortiq aholi yashab kelayapti.

Toshkentning tarixiy va me'morchilik yodgorliklari:

· Ko'kaldosh madrasasi (14 asr),

· Kaffol al-Shoshiy maqbarasi (15 asr),

· Hazrati Imom me'morchilik majmuasi (16 asr),

· Abul Qosim madrasasi (19 asr),

· Barakxon madrasasi (16 asr),

· Juma masjidi (19 asr),

· Temuriylar tarixi davlat muzeyi-zamonaviy me'morchilik durdonasi,

· Amir Temur xiyoboni,

· Mustaqillik maydoni,

· Xalqlar Do'stligi maydoni,

· Matonat yodgorligi,

· Xasti Imom maydoni,

· Tilla Shayx masjidi,

· Xadra maydoni,

· So'fi Ota maqbarasi.

SAMARQAND

Samarqand tarixi taxminan 2500 yilga tenglashtiriladi. Shaharda joylashgan Temuriylar sulolasi hukmronligi davrida bunyod etilgan me'moriy yodgorliklar Qadimgi Misr, Xitoy, Hindiston, Yunoniston va Rim me'moriy durdonalari kabi ahamiyatga egadir.

Samarqandning tarixiy va me'morchilik yodgorliklari:

· Qadimgi Afrosiyob manzilgohi (miloddan oldingi 8 asr),

· Ulug'bek rasadxonasi (1428-1429),

· Shohi Zinda me'morchilik majmui,

· Hazrati Hizr masjidi (19 asr o'rtasi),

· Bibi Xonum masjidi (1399-1404),

· Ulug'bek madrasasi (1417-1420),

· Sherdor madrasasi (1619-1635/36),

· Tillakori madrasasi (1647-1659/60),

· Chorsu bozori (18 asr oxiri),

· Ruhobod maqbarasi (1380 yillar),

· Oqsaroy maqbarasi (1470),

· Amir Temur maqbarasi (1404),

· Namozgoh masjidi (17 asr),

· Ishratxona maqbarasi (1464),

· Hoja Ahror majmuasi (15-20 asrlar),

· Cho'pon Ota maqbarasi (1430-1440),

· Hoja Abdu Dorun qabristoni (15-19 asrlar).

BUXORO

Sanskritda Buxoro "monastir" ma'nosini beradi. Shahar bir vaqtlar Buyuk ipak yo'lida yirik tijorat markazi vazifasini o'tagan. Buxoro "muzey shahar" sifatida o'rta asrlarning 140 dan ortiq me'morchilik yodgorliklarini o'zida jamlagan. Poyi Kalon, Ismoil Somoniy maqbarasi, Minorai Kalon kabi va boshqa majmualar haligacha katta e'tibor qozonib kelayapti. Narshoxiy, Ro'dakiy, Daqiqiy kabi taniqli shoirlar, Abu Ali ibn Sino va boshqa mashhur kishilar Buxoro taraqqiyotida muhim ahamiyat kasb etgan.



Buxoroning tarixiy va me'morchilik yodgorliklari:

· Ark (11-20 asrlar),

· Bola Hovuz majmuasi (18 asr boshi- 20 asr),

· Somoniylar maqbarasi (9-10 asrlar),

· Chashmai Ayub mozori ( 1380 yoki 1384/85 yillar),

· Abdullaxon madrasasi (1596/98 yillar),

· Madorixon madrasasi (1556/57 yillar),

· Baland masjidi (16 asr boshlari),

· Gaukushon majmuasi (masjid, minora, madrasa, 16 asr),

· Zayniddin Hoji xonaqosi (1555 yil),

· Poyi Kalon majmuasi (12-14 asrlar),

· Labi Hovuz majmuasi (16-17 asrlar),

· Ko'kaldosh madrasasi (1568/69 yillar),

· Nodir Devonbegi xonaqosi (1620 yil),

· Ulug'bek madrasasi (1417 yil),

· Abdulazizxon madrasasi (1652 yil),

· Bola Hovuz masjidi (1712 yil),

· Sayfiddin Boxarziy maqbarasi (13 asr ikkinchi yarmi-14 asr),

· Buyonqulixon maqbarasi ( 14 asr ikkinchi yarmi, 15 yoki 16 asr),

· Namozgoh masjidi (12-16 asrlar),

· Fayzobod xonaqohi (1598/99 yillar),

· Chor Minor madrasasi (1807 yil),

· Buxoro amirining Sitorai Mohi Xosa saroyi (19 asr oxiri-20 asr boshi),

· Chor Bakr- Shayx Jubayri oilasi dafn qilingan joy (1560/63 yillar).

XIVA

Ertakomuz Xiva sharqona o'ziga xosligini shaharning qadimiy qismi Ichan qal'ada saqlab qolgan. Bu yerda ko'plab me'morchilik yodgorliklari joylashgan.



Xivaning tarixiy va me'morchilik yodgorliklari:

· Ichan qal'a: Saidboy masjidi va madrasasi (18 asr oxiri-19 asr boshi),

· Olloqulixon madrasasi (1834/35 yillar),

· Qutlug'murod inoq madrasasi (1804/12 yillar),

· Olloqulixon Timi va Karvonsaroyi (19 asr),

· Abdullaxon madrasasi (1865 yil),

· Anushxon masjidi va palatasi (1657 yil),

· Tosh hovli (Olloqulixon saroyi) (1830/36 yillar),

· Oq masjid (1832/42 yillar),

· Juma masjidi va minorasi (1788/89 yillar),

· Said Oloviddin maqbarasi (14 asr),

· Muhammad Aminxon madrasasi (1851/52 yillar),

· Kalta Minor (1855 yil),

· Ko'na Ark (1868/88 yillar),

· Tura Murod Tur minorasi (1888 yil),

· Muhammad Aminxon madrasasi (1871 yil),

· Sherg'ozizxon madrasasi (1718/20 yillar),

· Bog'landi masjidi (19 asr),

· Arabxon madrasasi (1838 yil).


San'at
Rassomchilik

Kino san'ati


Rassomchilik

Vazifasi va obrazlari harakteriga ko’ra rassomlik san’atining arxitektura inshootlarida bezak bo’lib ham hizmat qiladigan monumental-dekorotiv, devoriy rasmlar (panno), biror joy, narsa bilan bog’liq bo’lmay mustaqil tarzda o’z vazifasini o’taydigan dastgoh kartinalari va teatr va kinofilmlar uchun tayyorlanadigan dekoratsiya, diorama, panorama, kichik hajmli miniatyura xillari ham bor. Bo’yoq xili va tasvir hosil qilishda texnologik usullariga ko’ra moy bo’yoq rassomligi, freska, tempera, yelim rassomligi, emal, keramika bo’yoqlari rassomligi (chinni va sopolga gul, naqsh, tasvir ishlanib so’ng qattiq qizdiriladi), silikat bo’yoqlar rassomligi va shunga ko’ra turlarga bo’linadi. Mozayka, vitraj ham rassomlik san’ati xili bo’lib, monumental-dekorotiv san’at vazifasini bajaradi. Rassomlik san’ati asarlari akvarel, guash, pastel, tush bilan ham ishlanadi.

Rassomlik san’atida asosiy tasvir vositasi rang bo’lib, tasvir turli ranglar va bir rangning bir necha ko’rinishi (och, to’q va hokazo)dan foydalanib hosil qilinadi. Rang, chiziqlar bilan hosil qilingan rasm rassom ko’zda tutgan kompozitsiyaga hizmat qilib, hayot lavhasini gavdalantiradi. Rassomlik san’ati asarlari mato, karton, qog’oz, yog’och, tosh, oyna, metall, ganch(yoki alibaster) va boshqalarga chiziladi.

Rassomlik san’ati so’ngi paleolit davrida (bundan 40-8ming yil muqaddam) vujudga kelgan. Ibtidoiy san’at namunalarida hayotiy lavhalar sxematik aks ettirilgan. Quldorlik jamiyatida rassomlik san’atining texnik vositalari takomillashib, manumental rassomlik (Qadimgi Misrda)vujudga keldi. Antik davrida esa rassomlik san’ati memorchilik va haykaltaroshlik bilan uzviy bog’liq ravishda rivojlandi. O’rta asrlarda Yevropa va Kavkazda ibodatxonalarni, diniy qo’lyozmalarni va kitoblarni bezashga xiristian ideologiyasiga xizmat qildirildi, Old va O’rta Osiyo, Hindiston, Xitoy, Yaponiyada miniatyura rivojlandi.


Kino san'ati

Kino san’atining tarixiy taraqqiyoti shatrli ravishda 4 davrga bo’linadi. 1-davr aka-uka L. va O. Lyumerlar tomonidan kinematografiyaning qilingan payti (1895)dan birinchi jahon urushigacha o’tgan vaqtni o’z ichiga oladi. Bu davrda kinematografiya jahonga tarqaldi, keng shuhrat topdi, jonli surat sifatida vujudga kelib, tez orada badiiy, xronikal, ilmiy-ommabob kinematografiyaga bo’lindi. 1908-18-yillarda kino san’ati o’z vosita va xususiyatlariga ega bo’ldi, rejissorlar kadrda syujet bo’laklarini erkinroq joylashtirishga kirishdilar.

Kino san’atining 2-davri ovozsiz kinoning mustaqil san’atga aylanish davri bo’lib, 20-yillarni o’z ichiga oladi. 1917 yilga qadar O’rta Osiyoda namoyish qilingan lentalar asosan Amerika, Fransiyaning Sharq ekzotikasiga moyil filmlardan iborat bo’lgan. O’zbeklardan chiqqan 1-kino-operator X. Devonov o’zining hujjatli xronikal kino lentalarida real hayotni tasvirlashga intildi.



Download 38,8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish