Milliyligi Taomi



Download 38,8 Kb.
bet1/11
Sana19.01.2017
Hajmi38,8 Kb.
#628
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11

Milliyligi
Taomi

Qovurma palov (Farg’onacha palov):



Asosan qo’y go’shti bilan va qo’y yog’ida qovurib tayyorlangani sababli bu palov g’oyat issiqlik taom hisoblanadi. Uni sovuqlik ovqatga aylantirish uchun, ayniqsa yoz faslida va issiqmijoz kishilar to’planganda paxta yog’i va mol go’shti solib tayyorlanadigan varianti ham bor.
Qo’y yog’ini kubik (1x1x1 sm) shaklida yoki bodomday-bodomday qilib to’g’raysiz. Go’shtni esa xuddi kabobga to’g’raganday, bosh barmoqning birinchi bo’g’ini kattaligida kesasiz. Asosan qobirg’a va son go’shtlari tanlab olinadi. Qobirg’a suyaklari 4 sm kattalikda, ilikli suyak esa 10 sm dan oshmaydigan qilib chopiladi. Ushbu palov uchun oq — «tuxum» piyoz va «mushak» yoki «sariq mirzoyi» navli sabzilar tanlanadi. Piyozni halqa-halqa qilib, sabzini gugurtning cho’pi kattaligida, somoncha shaklida to’g’rash kerak.
Qozonni quruq qizdirgandan so’ng dumba yog’ni solasiz va o’rtacha olov berib eritib, jizzasini olasiz, so’ng sustroq olovda to oq tutun chiqquncha yorni dog’laysiz. Yaxshi dog’ bo’lganini bilish uchun yoqqa yirik tuz tashlasangiz, tasir-tusur otiladi, shundan so’ng bir bosh archilgan piyoz yoki barmoqdek yaydoq qovurg’a suyak tashlab qizartirib so’ng olib tashlash kerak. Ayniqsa palovni paxta yog’ida tayyorlaganda bu metodning ahamiyati katta: o’simlik yog’idagi gassipol deb ataluvchi zaharli moddani kuchini qirqib degassipolga aylantirishda piyoz va suyak tozalovchi modda vazifasini o’taydi.
Yog’ yaxshi chuchib, dog’ bo’lganda piyozni tashlaysiz, kavlab-kavlab, qizarguncha jazlaysiz. Piyoz shig’il bo’lib qizarganda go’shtni tashlang, buni ham kavlab sirti qobiq olganida, sabzini solib mo’rtligi yo’qolguncha qovurasiz. So’ngra suv quyib, sust olovda mildiratib qaynatasiz, tuz va ziravorlar ham suv quygandan so’ng solinadi. Palovning lazzatli chiqishi uzoqroq qaynashiga bog’liq.
1 soatcha mildirab qaynasa, masallig’i, ziravorlardagi moddalar erib yaxshi sintez bo’ladi. Bir yoqdan qaynashi bilan bir yoqdan guruch solish natijasida palov chaynami belazzat bo’lib qoladi.
Palov zirvagi me`yoriga yetib qaynaguncha, guruchni tozalab, yaxshilab yuvasiz. Guruch asosan 3 marta yuviladi, albatta upasi kam guruch bo’lsa buncha yuvish kifoya. Upasi ko’proq guruchni 4 — 5 marotaba erinmay yuvish zarur, shunda palov sochiluvchan, dona-dona bo’lib pishadi.
Yuvilib, suvi yaxshilab sirqitilgan guruchni zirvak yuziga bir qatlam qilib solasiz. Uchoqdan chug’ni tortib olib, kuchli alanga berasiz va darhol guruchga suv quyasiz. Palov tayyorlayotganda suv quyish juda mas`uliyatli ishdirki, bu, guruchning qancha suv ko’tarishini bilishni talab etadi va palovpazning tajribasiga ham bog’liq bo’ladi. Shu sababli suv normasini aniq aytish qiyin, buni har bir pazanda qozon ustida uzi hal qiladi. Harholda quyilgan suv guruch yuzasidan kursatkich barmoqning birinchi bo’g’ini darajasida, ya`ni 1 — 1,5 sm bo’lsin.
Alanga kuchayganda palovning bir tekis qaynashiga erishmoq muhimdir. Qozonning bir tomoni qaynab, bir tomoni qaynamasa osh tirik bo’lib qoladi. O’rtasi qaynamasa tuzi kamligidan dalolat. Palovga tuz ikki marta solinadi: zirvagiga va guruch suvni tortmasdan turib. Qozon bir tekis qaynaganda tatib ko’rib, tuzini rostlaysiz va suvini to’la tortganda damlaysiz. Suvi tortilganini bilmoq uchun guruch yuzasiga kapgirning teskarisi bilan urib kursangiz «gup-gup» ovoz beradi, agar «shilp-shilp» qilsa, demak suvi hali tortil-magan va alangani kuchaytirish kerak. Damlashdan oldin guruchni qozonning o’rtasiga gumbaz qilib to’plab, maxsus damcho’p yoki yog’och qoshiqning sopi bilan suqib chiqsangiz, teshikchalar hosil bo’lib, suvi qozon tubiga ketib, bugi tepaga ko’tariladi. So’ng damtovoqni yopasiz va uchoqdan chug’ni tortib olasiz. Gazda pishirayotgan bo’lsangiz shamdek qilib pastlab qo’yasiz. Gaz komforkalaridan birini palov pishirishga maxsus moslab olish zarur. Buning uchun gaz chiqadigan teshikchasiga bigiz tiqib kattaroq ochiladi, shunda alanga varillab yonadigan bo’ladi va palovning qaynashi osonlashadi. Damlash muddati 25 — 30 minut.
Damtovoqni ochgach, palovni kavlab yaxshilab aralashtirasiz. Shunda go’shtlari va sabzisi guruchga bir tekisda qorishadi. Guruch bir-biriga «mushtlashib» qolgan bo’lsa kapgir bilan ajratib yuborasiz. Palovni katta laganga gumbaz qilib suzasiz, ustiga go’shtlarini joylaysiz va dasturxonga salat bilan birga keltirasiz. Salat yoz va kuz fasllarida «shakarob», «achchiq-chuchuk», qishda kertilgan turp, bahorda esa rediskadan iborat bo’ladi.
Masalliq: 1 kg guruch, 1 kg qo’y go’shti, 250 gr qo’y yogi, 4—5 bosh piyoz, 500 gr sabzi, 1 choy qoshig’ida zira, shuncha zirk va shuncha tuyilgan qizil garmdori, tuz esa ta`bga ko’ra solinadi.
Libosi
O’zbek milliy libosiga ayollar uchun-zar cho’pon, doppi va atlas) erkaklar uchun-do’ppi, cho’pon, belbog’ va yzxtak kiradi. O’zbek milliy libosi jahonda o’z o’rniga ega. Masalan dunyoning turli joylaridan kelgan mexmonlar O’zbekistoni milliy libosi va madaniyatiga katta baxo berishyapti. O’zbek milliy libosi va madaniyati o’zgacha jozibadordir. Milliy libosimiz Sovet ittifoqi davrida kasitilgan bo’lsada mustaqillikdan so’ng libosimizga e’tibor kuchaydi va yuksaldi. Hozirda o’zbek tikuvchilari chet mamlakatlarga borib ularga o’zbek libosini o’ziga hos jihatlarini namoyon qilishmoqda. O’zbekistonga maxmon bo’lib kelgan sayohatchilar vatanimizni tarixiy obidalarini, memorchilik san’atini, milliy urf-odatlarimizni va katta qiziqish bilan e’tibor beradilar. Ular mustaqillik bayramini, navro’zni, hosil bayramini va o’zbekona to’ylarni guvohi bo’ladilar. Estalik sifatida atlas, do’ppi, belbog’, cho’pon va boshqa memorchilik uslubida yasalgan estalik sovg’alarini olib ketadilar.
Do'ppi

Do'ppi-O'zbekistonda keng tarqalgan yengil bosh kiyim. Do'ppi asosan baxmal,ipak,zar bilan tikiladi. O'zbekiston Chust, Toshkent ,Samarqad,Buxoro,Boysun,Shahrisabz do'ppilari mashxur.Ayniqsa, Chust do'ppilari keng tarqalgan bo'lib, O'zbekistoning deyarli hamma viloyatlarida tayyorlanadi.

Chust do'ppisining tepasi kvadrat shakilda bo'rtib chiqadi,boshqalarning tepasi yarim shar shaklida bo'ladi.do'pi tikuvchi chevar "do'ppido'z", do'ppi tikish kasbi esa "doppido'zlik"deb ataladi.

Atlas


Atlas O'zbekistonda keng tarqalgan ayollar libosidir.bu libos ipakdan tayyorlanadi. O'zbekistonda ipakchilik rivojlanganligi uchun atlas deyarli hamma viloyatlarda kiyiladi. Atlas qadimiy va milliy liboslardan biridir. Bu libosga har xil shakllar berib bezashadi. Bu esa o'zbek ayollarini yanada jozibali qiladi. O'zbekistonda eng mashxur atlas Marg'ilon shaxrida to'qiladi.
Zar cho'pon
Zar cho'pon o'zbek ayollarini qishda sovuqdan saqlovchi, yozda issiqdan saqlovchi kiyimdir. Bu cho'pon asosan baxmal, ipak, zar bilan tikiladi. Cho'pon o'zbek xalqini qadimiy liboslaridan biridir. Bu o'zbek ayollari uchun go'zallik ifodasidir. Bu cho'pon O'zbekistonning deyarli barcha joylarida kiyiladi.

Download 38,8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish