Navro’z bayrami
Bu tabiatning uyg’onishi ekin ishlarining boshlanishi nishonlashga qaratilgan bayram bulib marosimlarda qadimiy zardushtiylik alomatlari saqlanib qolgan.
Ananaga ko’ra uylarda hozir ham huddi qadimgidek bo’g’irsoq pishiriladi va marosim taomi sumalak tayyorlanadi. Bayramdan keyin odatda daladagi ekin ishlari boshlangan. O’tmishda turli urf odatlar va marosimlar bajarilar edi: dalaga chiqishdan avval hokizlarning shaxlari va buyinlariga moy surtiladi birinchi ko’chatni eng etiborli va keksa azosi ekan.
O’zbekiston uz mustaqilligini qo’lga kiritgan navro’z bayramini nishonlash davlat darajasida muhim ahamiyat kasb etadi rang barang teatrlashtirilgan tamoshalardan navro’zing falsafiy shoirona talqini uning xalq tarixidagi o’rni aks etdiriladi
Oilaviy ananalar, bayramlar. Xalqning ananalarining muhim qismini oilaviy marosimlar tashkil qilgani uchun ularni alohida tadbiq qilish extiyoji yuzaga keladi.
Mazkur tizimga chaqaloqning dunyoga kelishi, unga ism berish, chaqaloq chillasi beshik to’yi soch to’y, tish to’yi, birinchi qadam, sunnat tuyi, muchal yoshi nikox tuyi kabilar kiradi.
Xalq bayramlarining axloqiy tarbiyaviy tomonlariga alohida etibor berish lozim. Chunki halq bayramlarida qadimiy va islomiy odatlar chatishib ketib ular odamlar o’rtasida mexr oqibati izzat hurat qadr qimmat muruvat kabi insoniy fazilatlarning ravnaq topishiga katta yordam beradi. Bayramlarning mazmuniga insoniylik, oliyjanoblik, sahiylik, raximdillik, mexr muruvvatlik kabi g’oyalar singib ketgan.
Oilaviy rasm rusmlar, marosimlar. Oilaviy marosimlar oila paydo bo’lishi bilan vujudga kelib vaqt o’tishi bilan xalqning milliy manaviy qiyofasi, mintalitetiga mos tarizda o’zgarib shakillana borgan zamon talabiga javob bermagan odat va marosimlar unitilgan. Ularning o’rnini oila extiyojlari qoniqtiradigan yangi marosimlar egallagan.
Xalqimizning avloddan avlodga o’tib kelayotgan oilaviy marosimlari sho’rolar davrida ijodiy to’siqlarga uchragan bo’lsa ham, mustaqillikga erishilgandan so’ng ular qayta tiklana boshlandi.bu bejiz emas. Chunki oilaviy marosimlar xalq manaviyatining tarkibiy qismi, muhim axloqiy qadryati, tasirchan tarbiya vositasi sanaladi. Oilaviy marosimlar jarayonida namoyon bo’ladign odob axloq mexr oqibat kabi hislatlar yoshlar manaviyati shakillanishida katta axamyat kasb etadi. Xalq ananalari qadrlanadigan oilalarda tarbiya topgan yoshlar ibratli axloqi bilan boshqalardan ajralib turadilar. Bunday oilalardan jinoyatchi, bezorilar chiqmaydi. Shuboisdan xalq ananlari va oilaviy marosimlar yordamida yoshlarni tarbiyalash muhim ahamiyatga ega. Marosim va bayramlar inson hayotining uzviy qismi hisoblanib har bir kishining shaxsiy xayotida shunday muhim voqealar bosqichlar mavjudki, ular aloxida etiborni talab etadi bu hodisalar uziga hos tantana bayram tusini oladi. Farzandning tug’ilgan kuni va unga ism quyish, birinchi bor maktabga borishi va boshqalar har bir oila hayotida unitilmas voqealardir.
Xalqning boy manaviy marosimining hamma ko’rinishlari halqimizning boy merosida mujassamlashtirilgan. Xar bir ananaviy bayramlarda halqimizning urf odat, irm-sirm, rasm rusmlarga ham alohida etibor berishadi. O’zbekistonda manaviy bayramlar o’ziga hosligi va manaviy boyligi bilan bolalar tarbiyasining muhim vositasidir o’quvchilarning dastlabki soatdagi bayramlarda, maktabda o’tgaziladigan ommaviy bayram tadbirlarida faol ishtirok etishi taminlanadi boshlang’ich sinflarda o’tgaziladigan ertalabki soatdagi bayramni tashkil qilish metodikasidan namuna keltiramiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |