Milliy universitetining jizzax filiali psixologiya va gumanitar fanlar kafedrasi



Download 2,11 Mb.
bet12/98
Sana01.07.2022
Hajmi2,11 Mb.
#728007
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   98
Bog'liq
SOTSIAL PSIXOLOGIYA MA\'RUZA MATNI 2020 1-k 2-sem

Birinchidan, empirik ma’lumotlar muammosi, ya’ni qay turdagi ma’lumotlarni ijtimoiy psixologik ma’lumotlar sifatida qabul qilish mumkin. CHunki bixevioristlar bunday ma’lumotlar sifatida ko‘z bilan ko‘rib qayd qilinadigan xulq-atvor shakllarini qabul qilishsa, kognitiv psixologiya vakillari faqat ongga taalluqli bo‘lgan belgilarni tushunadilar. Demak, har qanday tadqiqotchi ish boshlamay turib, avvalo nimani empirik birlik qilib olishini aniq tasavvur qilishi va uning nazariy jihatlari to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lishi kerak Bundan tashqari, tadqiqot birligi aniqlangan taqdirda, qanday hajmdagi birliklar tadqiqotchini qanoatlantirishi masalasi ham muhimdir. SHuning uchun eksperimental va korrelyasion tadqiqotlar bor.
Ikkinchi metodologik muammo — bu u yoki bu ijtimoiy psixologik nazariya asosida qonuniyatlar yaratish va ilmiy taxminlar qilish muammosi. Ilmiy tadqikot boshlashdan oldin tadqiqotchi ma’lum taxminlar yuritadi, lekin shu taxminlarning aniq chiqishi o‘sha muammo bo‘yicha pishiq - puxta nazariyaning bor-yo‘qligiga bevosita bog‘liq. SHuning uchun ijtimoiy psixologiyada gipotezalar tuzish va ular asosida kerakli umumiy xulosa chiqarish ishini bilish kerakdir.
Uchinchi muammo — bu ijtimoiy psixologik ma’lumotlarning sifati masalasi, ya’ni qanday ma’lumotni sifatli, ishonarli deb atash mumkinligi masalasidir. O‘rganish ob’ektining hajmi yoki soni xususida shuni aytish mumkinki, ko‘pincha tekshiriluvchi qanchalik ko‘p bo‘lsa, ma’lumot shunchalik ishonchli bo‘ladi, degan noto‘g‘ri fikr mavjud. Agar gipotezalar to‘g‘ri ilgari surilgan bo‘lsa, u kichikroq guruhda o‘tkazgan eksperimentlarining ma’lumotiga ham ishonishi mumkin.
Lekin tadqiqot uslubini — metodlarini to‘g‘ri tanlashda pilotaj — sinov tadqiqoti o‘tkazishning ahamiyati kattadir. Bunda o‘sha gipotezalarning qanchalik asosliligini ham, metodikaning aynan maqsadga muvofiqligini ham, tekshiriluvchilar ob’ektining to‘g‘ri tanlanganligini ham, ma’lumotlarning turg‘unligi, ishonchliligini ham tekshirib olish mumkin. Bundan tashqari, shu bosqichda tadqiqotchi eksperiment yoki anketa o‘tkazish uchun qulay vaziyat va vaqtni belgilash, o‘z yordamchilarining ishga qanchalik yaroqliklarini ham sinab olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Metodologik ishlarga qarashli tadbirlarning sifati va saviyasi tadqiqotchining qanchalik ilmiy savodxon ekanligini belgilovchi ko‘rsatkichlar hisoblanadi va u o‘tkazgan ilmiy tadqiqot ishining bahosini belgilaydi.
Ijtimoiy psixologiyada ham kuzatish metodi qo‘llaniladi, lekin kuzatuv ob’yekti konkret shaxsdagi psixik faoliyat emas, balki shaxsning ijtimoiy munosabatlar tizimida bevosita kuzatish mumkin bo‘lgan ijtimoiy xulqidir. YA’ni, kuzatuvchi aniq oldindan belgilangan reja asosida o‘zi o‘rganayotgan guruhning faoliyatini, verbal va noverbal xatti-harakatlarni ma’lum vaqt birligida muttasil kuzatib, olingan ma’lumot-larni qayd etib boradi. Bunda zamonaviy audio va videotexnikadan foydalanish, u yoki bu harakatlarni qayta-qayta ko‘rish orqali kerakli xulosalarni chiqarishi mumkin. Ayniqsa, hozirda fan va texnologiyalar, mobil aloqa vositalari keng quloch yozgan sharoitda turli ijtimoiy vaziyatlarda odamlar xulq-atvorini kuzatish va qayd etish unchalik qiyin ish emas. Raqamli yozish vositalarining ko‘pligi esa kuzatish ob’ektlarini kompyuter tarqog‘iga tushirish va hatti-harakatni bir necha tahlilchilar xukmiga havola etish imkoniyati ham mavjud. Ijtimoiy psixologiyada qo‘llaniladigan kuzatish metodining asosan uch shakli mavjud:
a) “Qo‘shilib kuzatish” – bunda tadqiqotchi kuzatiluvchilar faoliyatiga bevosita aralashib, ular bilan kerak bo‘lsa, yashaydi va ishlaydi. Bu usuldagi eng muhim xususiyat uning tabiiyligi bo‘lib, kuzatish ob’ektlari o‘zlarining kuzatilayotganliklarini sezmaydilar va kuzatuvchini guruhning a’zosi sifatida qabul qiladilar. Ushbu shartning buzilishi eksperimentning samarasiz bo‘lishiga olib kelishi mumkin.
b) “Tashqi kuzatish”- kuzatiluvchilar faoliyatiga aralashmagan holda ular tashqi xulq-atvorini qayd qilishdir. Bu usul muayyan vaqt va sabr-toqat talab qilishi bilan boshqa metodlardan farq qiladi, ba’zida qisqa muddat ichida tadqiqotchi o‘zini qiziqtirayotgan predmet xususida hech narsa qayd qila olmasligi yoki tasodifan qo‘lga kiritilgan ma’lumot asosida xulosa chiqarishga majbur bo‘lishi mumkin. SHuning uchun ham bu usul boshqa usullarga qo‘shimcha vosita sifatida ishlatiladi. Masalan, kuzatuvchi rolida o‘qituvchi bo‘ladigan bo‘lsa, u sifndagi etakchilar yoki guruh faoliyatiga qo‘shila olmayotgan, doimo begonasiraydigan bolalarning xulq-atvorini tashqi kuzatish orqali muttasil o‘rganib boradi.
v) “Muhim vaziyatlarni qayd etish” usulida kuzatishning mohiyati shundaki, alohida shaxs yoki guruh kutilmagan, tasodifiy vaziyatga solinadi, va ularning vaziyatga munosabati, o‘zini tutishi, ziddiyatli va qiyin holatlardan chiqish yo‘llari kuzatiladi. Masalan, guruhni ataylab oldindan tuzilgan ssenariy yordamida munozarali vaziyatga solish va unda har bir guruh a’zosini o‘zini qanday tutishi va bayon etgan fikrlarini zikr etish bunga yorqin misoldir.

Download 2,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish