Milliy universitetining jizzax filiali psixologiya va gumanitar fanlar kafedrasi


Sharq mutafakkirlarining asarlarida ijtimoiy psixologik qarashlarning yoritilishi



Download 2,11 Mb.
bet10/98
Sana01.07.2022
Hajmi2,11 Mb.
#728007
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   98
Bog'liq
SOTSIAL PSIXOLOGIYA MA\'RUZA MATNI 2020 1-k 2-sem

2.Sharq mutafakkirlarining asarlarida ijtimoiy psixologik qarashlarning yoritilishi
Ijtimoiy psixologiyaning fan sifatidagi tarixi uning ijtimoiy psixologik qarashlar yoki ijtimoiy psixologik tafakkur tarixidan anchagina yoshdir. CHunki insoniyatning birgalikda yashash, mehnat qilish, bir-biriga ta’sir ko‘rsatishga intilishi, ehtiyoji qanchalik qadimiy bo‘lsa, ijtimoiy tafakkur, odamlarning bir-birlariga o‘zaro hamjihatlik ko‘rsatishga bo‘lgan moyilligi va istaklari ham shunchalik qadimiydir. Ikkinchi tomondan qadimgi tarixdan bilamizki, odamlar turli marosimlar, aqidalar, an’analarni ham ma’lum ma’noda o‘zaro munosabatlarni tartibga solish, hamkorlikda mehnat qilish va bir-birlarini turli balo- qazolardan muhofaza qilish yo‘llarini o‘ylab topganlar. Qaysi bir xalq udumi yoki qadimgi an’anasini olmaylik, unda jamoaviylik psixologiyasi xukm surishini yaxshi bilamiz. Unda eng avvalo ahloq normalarining shakllanishi uchun real asoslar mavjuddir. Masalan, turkistonliklarning ko‘plab udumlari, masalan, to‘y-maraka qilish va unda ommaning to‘planishi, xashar yo‘li bilan biror inshootni bitirish va unda barcha mehnatga layoqatli odamlarning jam bo‘lib to‘planishi kabi yuzlab udumlar qadimiy bo‘lib, unda muayyan ma’noda jamoa bo‘lib yashash va hamkorlikning ahloqiy mezonlari namunasidir. Aynan shu kabi udumlar ijtimoiy psixologik tafakkurning paydo bo‘lishi uchun asos bo‘lib xizmat qilgan. SHu bois ham ijtimoiy psixologik tafakkur tarixi bilan ijtimoiy psixologiyaning fan sifatidagi tarixida muayyan umumiylik va farqlar mavjud.
Xalqlar psixologiyasi nazariyasi.
Ijtimoiy psixologik bilimlar uchun manba rolini o‘ynagan birinchi asos xalqlar psixologiyasi bo‘lib, u XIX asrning o‘rtalarida Germaniyada shakllandi. Undagi asosiy nazariy fikr shundan iborat ediki, ayrim individlardan yuqori turadigan ruh mavjud bo‘lib, bu ruh o‘zidan ham yuqori turadigan ilohiy yaxlitlikka bo‘ysunadi. Bu ilohiy yaxlitlik xalq yoki millatdir. Ayrim individlar ana shu yaxlitlikning bo‘laklari bo‘lib, ular aslida shu ruhga bo‘ysunadilar. YA’ni, ushbu nazariya tarafdorlining fikriga e’tibor bersak, ular nuqtai nazariyaa, shaxs bilan jamiyat o‘rtasidagi qarama-qarshilik muammosi jamiyat foydasiga hal qilinadi. Xalqlar psixologiyasining tarixiy-mafkuraviy asosi bo‘lib Gegel falsafasi va nemis romantizmi xizmat qilgan, deyish mumkin, chunki Gegeldagi “individdan yuqori turuvchi ruh” g‘oyasi xalqlar psixologiyasi jonkuyarlari tomonidan to‘lig‘icha qabul qilindi.
“Xalqlar psixologiyasi” iborasi birinchi marta faylasuf M.Lasarus (1824-1903) hamda tilshunos G.SHteyntal (1833-1893) asarlarida ishlatildi. Ular birgalikda chop etgan “Xalqlar psixologiyasi to‘g‘risida kirish so‘zi” kitobida shunday fikrlarni ilgari suradilar: “Tarixni yurgizuvchi asosiy kuch – bu xalq yoki shu “yaxlitlikning ruhi” bo‘lib, bu ruh san’atda, dinda, tilda, afsonalarda, an’anlarda o‘z aksini topadi. Individning ongi ushbu yaxlitlikning mahsuli bo‘lib, ularning yig‘indisi o‘z navbatida xalq ongini tashkil etadi. Xalqlar psixologiyasining vazifasi xalq ruhi mohiyatini o‘rganish, xalq ruhiyati qonunlarini ochish, xalq psixologiyasiga oid bo‘lgan o‘ziga xos xususiyatlarning paydo bo‘lishi va yo‘qolishini tushuntirib berishdir”. O‘sha kitobda mualliflar shaxs bilan jamiyat munosabati xususida quyidagi mulohazalarini bayon etadilar: odam o‘z mohiyati jihatidan ijtimoiy mavjudot bo‘lib, u jamiyat hayoti bilan uzviy bog‘liq, chunki u o‘ziga o‘xshashlarga qarab rivojlanadi, boshqalarga taqlid qilib harakat qiladi va ular ta’qibidan qochadi... Xalqlar psixologiyasining asoschilari faqat nazariy mulohazalar yuritish bilan cheklanadilar, chunki ularda o‘z fikrlarini isbot qilish uchun tadqiqot ishlari yo‘q edi.
“Psixologiyaning otasi” hisoblangan Vilgelm Vundt esa xuddi ana shu tadqiqotga asoslangan ma’lumotlar to‘plashga o‘z diqqatini qaratdi. U o‘zining “Inson va hayvon ruhi haqida leksiyalar” i (1863 y) va 1900 yilda bosmadan chiqqan o‘n tomli “Xalqlar psixologiyasi” asarlarida asosan o‘zi to‘plagan empirik ma’lumotlar asosida xalqlar psixologiyasiga bag‘ishlangan fikrlari tizimini bayon etdi. Uning fan oldidagi xizmati shundan iborat ediki, empirik ma’lumotlar to‘plash usullari, to‘plangan manbalarni sharhlash borasida bebaho bilimlar to‘pladi. Uning fikricha, psixologiya fani ikki qismdan iborat: fiziologik psixologiya va xalqlar psixologiyasi. Fiziologik psixologiya inson ruhiyatini o‘rganuvchi eksperimental fan bo‘lib, oliy psixik jarayonlar – tafakkur va nutqdan tashqari barcha narsani eksperiment usulida tadqiq etish mumkin. Eksperiment usulida o‘rganib bo‘lmaydigan barcha oliy ruh holatlarini xalqlar psixologiyasi o‘rganadi, chunki undagi o‘rganish usullari o‘ziga xosdir – u madaniy mahsullar hisoblangan til, afsonalar, odatlar, san’at asarlari, inson tafakkurining murakkab tomonlarini ochib beradi.
To‘g‘ri, Vundtning psixologiya fani oldidagi xizmatlari buyuk, uning xalqlar psixologiyasiga oid ma’lumotlari hozirgi kungacha ham o‘z qimmatini yo‘qotgani yo‘q. Lekin uning yagona kamchiligi shu ediki, uning qarashlari idealistik asosda bo‘lgan, ya’ni u individ bilan jamiyat o‘rtasidagi murakkab dialektik munosabatni idealistik asosda turib hal qilgan va jamiyatning rolini absolyut tushunib, shaxsning tarixini yaratishdagi, ijtimoiy jarayonlardagi faol o‘rnini ko‘ra bilmagan. Uning izdoshlari – Rossiyalik A.Potebni, nemis olimi T.Geyger va boshqalar ham u yo‘l qo‘ygan mafkuraviy kamchilikni oldini ola olmadilar, lekin ular bir fikrda yakdil edilarki, xalqlar psixologiyasi individual psixologiyadan farq qiladi, shuning uchun ham maxsus fan kerakki, u o‘ziga xos usullar yordamida shaxs va jamiyat munosabatlari qonunlarini ochib berish lozim. Xuddi ana shu xulosalar ijtimoiy psixologiyaning fan sifatida shakllanishiga ilmiy asos bo‘ldi.



Download 2,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish