Milliy universitetining jizzax filiali psixologiya va gumanitar fanlar kafedrasi



Download 2,11 Mb.
bet15/98
Sana01.07.2022
Hajmi2,11 Mb.
#728007
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   98
Bog'liq
SOTSIAL PSIXOLOGIYA MA\'RUZA MATNI 2020 1-k 2-sem

4.Hujjatlarni tahlil qilish metodi
Agar kuzatish metodi ijtimoiy psixologiyaga umumiy psixologiyadan o‘tgan usul bo‘lsa, hujjatlarni tahlil qilish usuli sotsiologiyadan kirib kelgandir. Bu usul ijtimoiy faoliyatning mahsulini o‘rganishga qaratilgan bo‘lib, to‘plangan ma’lumotlarning ishonchliligi, matematika va statistika uslublari yordamida qayta ishlash imkoniyatining mavjudligi sababli ma’lum afzalliklarga ega. Bu usulning yana bir nomi kontent-tahlil bo‘lib, tahlil qilinadigan hujjatlar toifasiga asosan og‘zaki (so‘zlangan nutq matnlari, suhbatlarning yozib olingan qismlari, bevosita muloqot jarayonida qayd etilgan manbalar) yoki yozma (rasmiy hujjatlar, gazeta-jurnallardagi maqolalar, xatlar, ma’naviy-ma’rifiy adabiyotlar matnlari va shunga o‘xshash) holda tavsiya etilgan ma’lumotlar kiradi.
Kontent-tahlilni qo‘llashda tadqiqotchi oldida turgan asosiy muammo – bu tekshiruv birliklarining bo‘lishi, kategoriyalarni aniqlashdir. Ko‘plab tadqiqotchilar fikrlarini umumlashtirgan holda tahlil qilish uchun uning birliklari quyidagilar bo‘lishi mumkin, deb hisoblaymiz:
a) alohida iboralar yoki so‘zlarda bildirilgan tushunchalar (masalan, demokratiya, faollik, tashabbus, hamkorlik va hokazo)
b) yaxlit abzaslar, matnlar, maqolalar va shunga o‘xshashlarda ko‘tarilgan mavzular (masalan, millatlararo munosabatlar mavzusi, insonlardagi milliy qadriyatlar, yoshlar ma’naviyati mavzusi va hokazo)
v) tarixiy allomalar, siyosatshunoslar, taniqli shaxslarning nomlari (masalan, Fidokorlar milliy-demokratik partiyasi liderlarining vaqtli ommaviy axborot vositalarida chiqishlarini tahlil etish, konkret tarixiy shaxsning tarixdagi o‘rnini aniqlash, masalan, Amir Temurning shaxs sifatidagi obrazini o‘rganishda va x-zo); g) ijtimoiy hodisa, rasmiy hujjat, biror aniq fakt, asar (masalan, oilaviy mojarolar, O‘zbekiston Konstitutsiyasining muhokamasi, yangi yozilgan asarga o‘quvchilarning munosabati va shunga o‘xshash).
Yaxshi o‘tkazilgan kontent tahlil – aslida ijtimoiy psixologik tadqiqotlarda juda muhim ahamiyatga ega. Lekin olingan ma’lumotlarning ishonchliligi shu borada ilgari ishlagan shaxslar – ekspertlar bahosi, ayni shu faktni tekshirish uchun boshqa metodlarni ham qo‘llash va ma’lumotlarni solishtirish hamda ayni ob’ektni ayni vaziyatda qayta tahlil qilish yo‘llari bilan erishiladi. To‘plangan miqdoriy ma’lumotlar matematik statistika metodlari yordamida qayta ishlovdan o‘tkazilmog‘i lozim. Kontent – tahlil tadqiqotchidan kattagina uquvni talab qiladi, chunki bir tomondan u yoki bu matnni tushunishning mahorati bo‘lishi kerak, ikkinchidan, tadqiqot so‘ngida qo‘lga kiritilgan miqdoriy natijalarni yana qayta sifat shakliga keltirish va tushuntirib berish lozim.

Download 2,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish