Milliy universitetining jizzax filiali psixologiya va gumanitar fanlar kafedrasi


Ijtimoiy xulq-atvor instinktlari nazariyasi



Download 2,11 Mb.
bet20/98
Sana01.07.2022
Hajmi2,11 Mb.
#728007
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   98
Bog'liq
SOTSIAL PSIXOLOGIYA MA\'RUZA MATNI 2020 1-k 2-sem

Ijtimoiy xulq-atvor instinktlari nazariyasi
Ijtimoiy xulq-atvor instinktlari nazariyasi XX asrning boshida Angliyada shakllandi. Uning asoschisi ingliz psixologi Uilyam Makdugall bo'lib, u o'zining 1908 yilda yozgan "ijtimoiy psixologiyaga kirish" kitobidagi inson xulq-atvorlarining motivi yoki uni harakatga keltiruvchi kuch instinktlardir, - deb yozgan. Keyinchalik u instinkt tushunchasi bilan birga layoqat, intilish iboralarini ham ishlata boshladi. Uning fikricha, xulq-atvorni ta'minlovchi narsa tug'ma, psixofiziologik tayyorlik holati bo'lib, u nasldan-naslga uzatiladi. Makdugall barcha harakatlarni refleksiv holda tushuntirishga intilib, refleksiv yoyga xos bo'lgan barcha qismlar — ya'ni efferent qabul qiluvchi, reseptiv bo'lim, efferent (harakat) va Markaziy bo'limdan iborat tizim sifatida tasavvur qiladi. Barcha ijtimoiy harakatlar ham ana shunday refleksiv tabiatga egadir, deb uqtiradi u.
Shunga o'xshash fikrlar E. Ross ("ijtimoiy psixologiya ) va Dj. Bolduin ("ijtimoiy psixologiya bo'yicha tadqiqotlar") qarashlarida ham rivojlantirilgan. Masalan, Bolduin ikki turli irsiyat xaqida — tabiiy va ijtimoiy irsiyat haqida yozib, ijtimoiy odamlardagi taqlid qilish qobiliyati bilan bog'liq, deb yozadi. Jamiyatda yashayotgan odamlar bir-birlariga ta'sirlarini o'tkazishga moyildirlarki, bu narsa ular o'rtasidagi munosabatlarni boshqarib turadi.
Shunday qilib, bu yo'nalish tarafdorlarining fikricha, barcha ongli harakatlarning boshi — ongsizlikdir, ya'ni instinktlar bo'lib, ular asosan hissiyotlarda namoyon bo'ladi. Hissiyot bilan instinktlar bog'liqligini Makdugall juftliklarda ko'rsatishga harakat qilgan: masalan, kurash instinkti — qo'rquv, g'azab hissi; nasl qoldirish instinkti — rashk ayollardagi tobelik hissi; o'zlashtirish instinkti — xususiylikka intilish hissi va hokazo. Ijtimoiy hodisalarni tushuntirishda tug'ma instinktlar rolining yuqori qo'yganligi uchun bu nazariya ilmiy taraqqiyot bosqichida salbiy o'rin tutdi, deb aytishimiz mumkin. Lekin uning ayrim hodisalar sabablarini tushuntirishga harakat qilishi fan oldiga ulkan vazifalarni qo'ydi. Ijtimoiy psixologiya fan sifatida ana shu muammolarni tadqiq qilishi lozim edi.
Demak, yuqorida to'xtab o'tilgan uchala nazariyaning ahamiyati shundan iborat ediki, ular yangi tug'ilishi lozim bo'lgan fan — ijtimoiy psixologiyaning tadqiqot mavzuini ochib berdi. Qolaversa, bu uchchala yo'nalish ham nazariy qarashlarni isbot qilishda ob'ektiv tekshiruv usuli hisoblangan eksperimentdan foydalanish zaruriyatini ko'rsatdi. Bu narsa yana bir bor maxsus fanning kelajak rejalarini aniqlashga yordam berdi.
XX asr shu bilan xarakterli ediki, u turli fanlar oldiga konkret topshiriqlar qo‘ya boshladi. Bundan tashqari, juda ko‘p fanlarda ob’ektiv eksperimental usul yo‘li bilan ilmiy faktlar to‘plash yo‘lga qo‘yildi. Psixologiya fani ham bundan istisno emas edi. Sof psixologlar individ psixologiyasini eksperimental o‘rganar ekanlar, ularning boshqa individlar ta’sirida bo‘lishi faktini inkor qila olmas edilar. Ikkinchidan esa, Amerikada ko‘pgina psixologlar o‘z tadqiqot ob’ektlarini laboratoriyalarda ayrim psixik jarayonlarni o‘rganishdan kichik guruhlarga ko‘chira boshladilar. Bu davrda psixologiyada shakllanib bo‘lgan uch asosiy oqim (psixoanaliz, bixeviorizm va geshtalt psixologiya) ichida ham ijtimoiy xulq-atvorni kichik guruhlar doirasida o‘rganish tendensiyasi paydo bo‘ldi. XX asr psixologiya fani tarixida shu bilan ajralib turadiki, olimlar nazariy izlanishlarga e’tibor berishmas, hattoki, katta guruhlar, ommaviy hodisalar psixologiyasi ham nazardan ancha chetda qolgan edi. Asosiy diqqat kichik guruhlarga va ularda turlicha eksperementlar o‘tkazishga qaratilgan edi. Bunday holatning paydo bo‘lganligi ijtimoiy psixologiyaning fan sifatida shakllanishida nihoyatda katta rol o‘ynadi.

Download 2,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish