MILLIY PENSIYA TIZIMINI ISLOH ETISHNING O’ZIGA XOS
XUSUSIYATLARI
Nazarov Nodirjon
Naimova Gulnigor
Toshkent moliya
instituti magistrantlari
Bugungi kunda xorijiy mamlakatlar Pensiya fondlari amaliyoti shuni
ko’rsatmoqdaki, dunyo mamlakatlari aholisining demografik o’zgarishi,
iqtisodiyotning rivojlanishi sari aholining turmush tarzi yaxshilanishi natijasida
ularning o’rtacha umr ko’rish yoshining oshib borayotganligi va mexnat faoliyati
bilan band bo’lgan aholiga nisbatan pensionerlar ulushining oshib borayotganligi
natijasida Pensiya fondlarini moliyaviy ta’minlashda yuzaga kelayotgan
muammolar avlodlar birdamligiga asoslangan pensiya tizimidan jamg‘arib
boriladigan nodavlat pensiya fondlarini tashkil qilish va ularning moliyaviy
daromadlarini oshirishda jamg‘arma mablag‘larini investitsion faoliyatini
shakllantirish va ularni samarali boshqarish mexanizmlarini ishlab chiqishni taqazo
qilmoqda.
O’zbekistonda pensiya tizimini isloh qilish va takomillashtirishdan asosiy
maqsad aholini ijtimoiy farovonligini oshirish hisoblanadi.
Bunday ijtimoiy
qo’llab-quvvatlash O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-2021 yillarda
mamlakatimizni rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar
strategiyasida ham o’z aksini topgan: “Aholining real pul daromadlari va xarid
qobiliyatini oshirish, kam ta’minlangan oilalar sonini va aholining daromadlari
bo’yicha farqlanish darajasini yanada kamaytirish...”
1
mazkur sohaga ye’tibor
jiddiy yekanligini ko’rsatmoqda. Milliy pensiya tizimlarini isloh qilishda, avvalo
unga birinchi navbatda ta’sir yetuvchi omillarni tahlil yetish kerak:
1.
Ijtimoiy omillar – davlatdagi jamoatchilik
va mehnat munosabatlarining
rivojlanganlik darajasini belgilaydi. Ijtimoiy omillar namunasi sifatida davlatning
tarixiy va yetnik-madaniy rivojlanish jihatlarini, milliy mentalitet, jamiyat
hayotining diniy tomonlarini, davlat tomonidan olib borilayotgan ijtimoiy siyosat
strategiyasi va taktikasini,
aholining ijtimoiy tarkibini, mehnat bozoridagi
vaziyatni, mehnatga haq to’lanishi darajasini va hokozolarni keltirish mumkin;
2.
Iqtisodiy omillar – davlatning imkoniyatlarini va pensiya tizimi
quriladigan, ishlaydigan iqtisodiy sharoitlarni belgilaydi. Iqtisodiy omillar qatoriga
davlat moliyasining ahvoli, jamiyatning farovonlik darajasi, davlat tomonidan olib
1
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish
bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947-sonli Farmoni.
borilayotgan iqtisodiy siyosat strategiyasi va taktikasi, davlatning iqtisodiyotda
tutgan o’rni, ishlab chiqarishning rivojlanish darajasi va shu kabilar kiradi;
3.
Demografik omillar – jamiyatning pensiya himoyasiga talab-yehtiyojini
o’zida
aks yettirib, pensiya tizimining maqbul sifat va miqdoriy tafsilotlarini
belgilashda muhim mo’ljal, yo’naltiruvchi mayoq hisoblanadi. Demografik
omillarga boshqa ko’rsatkichlar qatori aholining yosh bo’yicha tarkibi, jamiyatda
pensionerlar sonining ulushi, aholining o’sish darajasi, ish bilan band aholi va
pensionerlar soni nisbati va shu kabilardir.
Hozirgi kunda ko’plab mamlakatlarda pensiya tizimini isloh qilish, uning
samaradorligi, adolatliligi va barqarorligini oshirish
bu mamlakatlar hukumatlari
oldida turgan yeng dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Mavjud muammolarni
bartaraf yetish pensiya tizimini isloh qilish orqali amalga oshirilib, bunga albatta,
jahon amaliyotida o’zini oqlagan tajribalarni o’rganish va ularni joriy qilish orqali
yerishiladi.
Xalqaro pensiya nazariyasida “pensiya rejasi” (ba’zan pensiya sxemasi deb
ham yuritiladi) tushunchasi asosiy o’rinni yegallaydi. Pensiya rejalari, o’z nomiga
monand ravishda, ishchilarni mehnat faoliyatini yakunlagandan so’ng doimiy pul
ta’minoti bilan ta’minlash uchun ulardan va ularni yollagan xo’jalik yurituvchi
sub’ektlardan olingan pensiya badallaridan tashkil topgan aktivlarni rejali
boshqarishni anglatadi. Pensiya rejalari dunyodagi yeng katta kapitalni o’zida
jamlagan moliyaviy tizim hisoblanib, ularni boshqarishda moliyaviy menejerlar
o’ziga xos mas’uliyat oladilar.
O’zbekistonda
bunday rejalar mavjud yemas, aksincha mamlakatimizda
davlat pensiya ta’minoti amalda fuqarolarning keksayganda, mehnat layoqatini
yuqotganda va nogiron bo’lganda ularni ma’lum bir mablag‘ bilan (pensiya,
ijtimoiy nafaqa) ta’minlash bilan shug‘ullanadi. Xalqaro tajribalarda pensiya
tizimining asosan ikki modeli xizmat ko’rsatmoqda. Bular: taqsimlovchi va
jamg‘ariluvchi modellar.
Pensiya ta’minotining taqsimlovchi modeli (pay-as-you-go system)
avlodlarning birdamligi tamoyiliga asoslanadi va shuning uchun ham biramlik
modeli deb ataladi. Mazkur tamoyilning mohiyati shundaki,
katta avlodning
(pensionerlarning) pensiya ta’minotiga ma’suliyat yosh avlod (iqtisodiy faol aholi)
zimmasiga yuklatiladi. Taqsimlovchi tizim, avvalo, davlat tizimi hisoblanadi.
Taqsimot modelida, odatda, mehnat staji va ish haqi miqdoriga qarab,
pensiyalarning kafolatlangan darajasi o’rnatiladi, lekin pensiyalar darajasi unchalik
katta bo’lmaydi, chunki uning asosiy vazifasi qashshoqlikdan muxofaza qilish
bo’ladi. Mazkur tizimning kamchiligi sifatida uning demografik o’zgarishlarga
bog‘liqligini ko’rsatish mumkin, jamiyatda iqtisodiy faol (real mehnat faoliyati
bilan band) aholi ulushining kamayishi va yosh bo’yicha pensionerlar ulushining
ortishi sharoitida to’lovlarni moliyalashtirish davlat byudjeti uchun qo’shimcha
xarajatni, ko’p hollarda, defitsitni vujudga keltiradi. Jamg‘ariluvchi model (funded
system) sug‘urta tamoyiliga asoslangan – pensiya to’lovi qatnashchilarning mehnat
faoliyati daomida shakllangan jamg‘armasidan amalga oshiriladi, ko’pchilik
tadqiqotchilar jamg‘ariluvchi tizimda shaxsiy hisoblarni yo’lga qo’yish zarurligini
ta’kidlasalarda,
Shvesiya, Singapur va Malayziya tajribasidan aytish mumkinki,
jamg‘ariluvchi pensiya tizimi doirasida mablag‘ jamg‘arish va joylashtirishni
shaxsiy hisoblarni yuritmasdan markazlashgan jamg‘armalar sharoitida ham
amalga oshirilishi mumkin. Bunday model o’rtacha va yuqori darajadagi maosh
bilan ishlovchilarga o’z bo’lajak pensiyasining darajasiga faol ta’sir ko’rsatish
(avvalgi maoshi darajasiga mos darajada pensiya olishni rejalashtirish)
imkoniyatini
beradi.
Pensiya tizimiga ta’sir yetuvchi ijtimoiy, iqtisodiy va demografik
omillarini chuqur o’rgangan holda milliy pensiya tizimini isloh yetishda
quyidagilarni amalga oshirish maqsadga muvofiq:
Pensiya tizimiga ta’sir yetuvchi omillarni o’rgangan
holda milliy
pensiya tizimini isloh qilish;
Davlat pensiya tizimidan jamg‘arib boriladigan pensiya tizimiga
o’tishni rag‘batlantirish;
Aholini pensiyaga bo’lgan qiziqishini orttirish maqsadida xorij
tajribasi asosida pensiya hisoblashning ballik tizimiga o’tish;
Jamg‘arib boriladigan pensiya tizimini AT Xalq bankidan olish va
aholining o’z ixtiyori orqali istalgan tijorat bankida yuqori foiz yevaziga jamg‘arib
borishini yo’lga qo’yish;
O’zbekistonda ham davlat tomonidan nazorat qilinadigan jamg‘arib
boriladigan pensiya tizimi bilan birgalikda nodavlat pensiya fondlarini ham joriy
yetish.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Byudjetdan tashqari pensiya jamg’armasi.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil “O‘zbekiston Respublikasini
yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947-sonli
Farmoni.
3. https://lex.uz/docs