Milliy mafkuraning shakllanishi o 'zbek xalqining, ayniqsa



Download 1,14 Mb.
bet31/39
Sana02.07.2022
Hajmi1,14 Mb.
#733018
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   39
Bog'liq
Etnologiya-darslik

Mayya davlati. Milodning boshlarida Yukatan yarim orolining janubiy qismida hozirgi Gvatemala hududida bir qancha mayda shahar-davlatlar paydo boladi. V-VI asrlarga kelib bunday davlat-larning soni yana ham kopayadi va shimoliy hududlarga tarqaladi. Ular ozaro kurashib turganlar. Ammo janubi davlat-shaharlarning kopchiligi XI asrga kelib birdaniga boshab qoladi. Yukatan yarim orolining shimolida osha davrda mayya xalqlarining bosh shahri Mayyapan kuchayib yuksak madaniyat yaratgan qudratli davlatga aylangan va ispanlar istilosigacha oz hukmronligini saqlab kelgan.
Mayya ancha rivojlangan dehqonchilik xojaligiga ega bolgan. Ular ormonlarni toshboltalar bilan kesib, daraxtlarni kuydirgan-lar, kul bosgan dalani yog’och bilan kavlab urug’ sepganlar. Asosiy
ekin makkajoxori hisoblangan. Undan tashqari lobiyo, pomidor, qalampir, qovoq va paxta ekilgan. Goshtga it va kurka boqilgan, oq-yoy, nayza va puflab otadigan naycha bilan ov qilib, ham gosht g’amlangan. Baliqchilik va asalchilikni bilganlar. Mayya hindilari birinchi bolib kakao daraxtini ostirib mevasidan ichimlik tayyorlaganlar.
Mayya davlatida ruda bolmaganidan metall qurollarni, ayniq-sa, temir bolta va nayza uchlari, mis bilan oltin qotishmasidan yoki sof oltindan yasalgan bezaklarni Meksikadan va qoshni mamlakatlardan keltirganlar. Paxta va agava tolalaridan nozik matolar toqilgan, ulardan plash, yubka va boshqa kiyimlar tikkanlar, charxsiz sopol idishlar yasab, ularga turli naqshlar berilgan. Savdo-sotiq ancha rivojlangan, lobiyo va kakao urug’lari pul vazifasini bajargan. Qul savdosi ham bolgan.
Qishloqlar yengil toqima yopilgan choqqaygan tomli uylardan tashkil topgan. Qishloq markazida toshdan qurilgan ibodatxona qad kotargan, unda zodagon va kohinlar yashagan. Jamoa yeri uylangan erkaklarning soniga qarab, ya'ni har oilaga uch yilgacha taqsimlangan. Zodagonlarga ajratilgan maxsus dalalarda jamoa a'zolari xizmat qilgan va hatto sadaqa berib turganlar, urushda ishtirok etganlar. Soliq tolashdan boyin ogirganlar xudo yoliga qurbon qilingan. Quldorlik paydo bolgach, qullar zodagonlarning xojaligida, jamoa inshootlarini, koshk, saroylar va yollar qurishda, yuk tashishda ishlatilgan. Qullar miqdori asirlar, qarzdorlar hukm qilinganlar va hatto yetimlar hisobidan toldirib borilgan.
Mayya davlati boshida cheksiz huquqqa ega bolgan hokim («xa-lach vinik» — buyuk odam) turgan. Oliy kohin uning ong qoli va maslahatchisi hisoblangan. Xalach-vinik soliq toplash va qozilik qilish uchun qishloqlarga maxsus boshliq (batab) tayinlagan. Astronomiya va boshqa bilimlarni yaxshi egallagan kohinlar zor kuchga aylangan.
Mayya yuksak madaniyat yaratgan xalqlardan. Ular oziga xos yozuvni kashf etib, ma'lum bilimlarni chuqur egallaganlar. Ayniqsa, aniq bilimlar, chunonchi astronomiya va matematika nihoyatda rivojlangan. Mayyaliklar yil hisobini daqiqalargacha aniqlab kalendar tuzganlar. Ularda yil 365 kunga bolingan, kalendar 20 kunlik oydan va 13 kunlik haftadan iborat bolgan. lyeroglif tizimiga asoslangan mayya yozuvlarida kohinlar turli afsonalar, duo va tarixiy solnomalar yozib qoldirganlar. Shu yozuvda har 20 yilda tarixiy
voqealar bayon qilingan maxsus tosh ustunlar ornatilgan. Nihoyatda gozal san'at bilan tasvirlangan oyma va borttirib yasalgan ajoyib rasmli murakkab ibodat va turmush inshootlari hozirgacha kishini maftun qiladi.
Mayya xalqining diniy tasawurlari sinfiy munosabatlarni mu-qaddaslashtirgan juda murakkab serhasham marosim va ibodatlar-dan iborat bolgan. Muqaddas kitoblar fikus qobig’idan ishlangan qog’ozlarga yozilgan va rangli rasmlar bilan bezatilgan. Afsus deyarli barcha qolyozmalar ispan mustamlakachilari tomonidan kuydirilgan. Asosiy e'tiqodlari dehqonchilik bilan bog’liq aholi osmon, yomg’ir, osimlik va boshqa tabiat hodisalarini ifodalovchi xudolarga sig’inishga asoslangan.
Chibcha-muisklar davlati. Mayya davlatining janubida, hozirgi Kolumbiyaning kattagina qismida chibcha til oilasiga mansub yuqori madaniyatli qabila va elatlar yashagan. Ularning eng qudratlisi chibcha-muisk xalqi mustamlakachilar kelishi ara-fasida sinfiy jamiyatga ota boshlagan. Muisklar tropik dehqon-chilik bilan shug’ullanganlar. Manioka va batata ekinlarini ek-kanlar, koka daraxtini ostirib mevasi va yong’og’idan narkotik ichimlik tayyorlaganlar. Gosht topish uchun ovchilik qilgan-lar. Uy hayvonlaridan faqat it saqlaganlar. Ekinlardan makka, kartoshka, lobiyo, pomidor, paxta va mevali daraxtlar ekkan-lar.
Ishlab chiqarish qurollari tosh va yog’ochdan yasalgan chopqi, 1,2-2 metr uzunligida nayza, palaxmon, bolta va pichoq. Ular mis quyishni bilganlar, mis bilan oltin qorishmasidan turli bezaklar va badiiy buyumlar yasaganlar. Kulolchilikni, yigiruv va mato toqishni bilganlar. Matodan etakli belbog’, plashlar tikkanlar. Top gazlama va oltin tangacha pul vazifasini bajargan. Savdo rivojlangan.
Ijtimoiy munosabatlarida ota urug’i hukmronlik qilgan, ammo matriarxat qoldiqlari saqlangan. Ular jamoa bolib joylashganlar va katta oilalarga bolinganlar. Poligamiya keng tarqalgan zodagonlar onlab xotin va chorilarga ega bolganlar. Qullar paydo bolgan va sinfiy munosabatlar ornatilgan. Boy tabaqalar bezatilgan koshklarda, oddiy jamoa a'zolari loy bilan suvalgan toqima kulbalarda yashaganlar. Bezaklarni faqat zodagonlar osishga haqli bolganlar. Ayniqsa, bosh hokimga itoat qilganlar. Unga turli sovg’a-salomlar keltirib huzuriga kirganlar.
Hokimni saylash marosimi turli afsonalar bilan bog’liq. Hokim smola surtilgan badaniga oltin qum sepib solga tushib, kolning ortasiga suzib borib chomilar emish. U xudoga atab oltin va zumraddan yasalgan haykalchalami suvga tashlar ekan. Bundan rivoyatlar muisk davlatini «El-dorado» (Ispancha «zarhallangan» yoki «oltin odam») deb nom chiqarishga va mustamlakachilarni «oltinga boy» olkaga bostirib kelishlariga sabab bolgan.
Chibcha xalqlarining dinlari dehqonchilik bilan bog’liq. Quyosh, oy, yer xudolariga, ajdodlarning arvohlariga sig’inishdan iborat. Boylarning jasadlari mumiyolashtirilgan, xotinlari va qullari qatl qilinib birga dafn qilingan. Qabrga qurol va qimmatbaho buyumlar qoyilgan. Qohinlar boy tabaqalardan tayinlangan. Tabiblar davolaganlar va folbinlik qilganlar.

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish