“milliy istiqlol g’oyasi huquq va ma’naviyat asoslari” ta’lim yo’nalishi


 Soliq tizimidagi qonunbuzarliklar va ularning



Download 0,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/15
Sana10.06.2023
Hajmi0,52 Mb.
#950420
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
yuridik shaxslarni soliqqa torti

6. Soliq tizimidagi qonunbuzarliklar va ularning
 
kelib chiqish sabablari.
 
 
Mamlakat iqtisodiy jihatdan rivojlangan sari, soliqqa tortish uslublari ham o'zgarib 
boradi, soliq ob'ektlarini aniqlash, soliq to'lovchilami hisobga olish ishlari doimo 
nazorat sifatini rivojlanishi talab qiladi.
 
Jarima va jazo choralari, soliq idoralari tomonidan qonunda belgilangan 
moddalarga binoan amalga oshiriladi. 
Soliq to'lovchilaming qilgan xato va kamchiliklarini nafaqat jazolash, 
balki soliq qonunlami ularga bo'lgan ta'sirlarini qrganish orqali kelib chiqishi 
mumkin bo'lgan kamchiliklarni ham tahlil qilish lozimdir. 
Korxona va tashkilot avvalo ishlab chiqaruvchi va xizmat ko'rsatuvchidir, 
sqngra esa soliq to'lovchilar bo'lib hisoblanadilar. 
Davlat o'zining fiskal siyosatini amalga oshirishda asosiy bir soliq to'lashdan 
bo'yin tovlash holatlariga ro'baro' bo'ladi. 
Soliq to'lashdan bo'yin tovlash deyilganda keng ma'noda quyidagilar 
tushuniladi. 

olingan daromad va foyda yashirish; 

hisoblangan soliqlarni o'z vaqtida to'lamaslik yoki umuman 
to'lamaslik; 

imtiyozlardan noto'g'ri foydalanish; 

tegishli hisobotlarni o'z vaqtida to'lamaslik va umuman 
topshirmaslik; 

boshqa qoidalardan va taqiqlangan metodlardan bevosita va 
bilvosita foydalanish kabilardir. 
Soliqqa oid huquq buzilishi - huquqqa zid bo'lgan, aybli harakat yoki harakatsizlik 
bo'lib, bu bilan majburiyatlar bajarilmaydi yoki tegishlicha bajarilmaydi, soliq 
munosabatlari ishtirokchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlari buziladi 
hamda ular uchun yuridik javobgarlik belgilangan. 
Soliq to'lashdan bo'yin tovlashning ijtimoiy va iqtisodiy barqarorlikka 
ta'siri juda ham salbiyki, uning natijasida quyidagilarni kelib chiqaradi: 

davlat byudjeti defitsiti paydo bo'ladi; 

davlat soliq stavkalarini ko'tara boshlaydi, davlat byudjetini 
to'ldirish maqsadida yangi soliq va to'lovlar qylab chiqiladi; 

inflyatsiya darajasi ko'tarila boshlaydi
• davlatning ichki va tashqi qarzlari orta boshlaydi. Yuqorida qayd qilingan 
sabablarni inobatga olib, soliq to'lovchilarning soliq to'lashdan bo'yin 
tovlash va uni keltirib chiqaradigan sabablarni soliq xizmati xodimlari doimiy 
ravishda qrganishlari va bunday holatlarga olib kelmaslik uchun tegishli tashkiliy 
ishlar, chora va tadbirlarni ко'rib borishlari lozim. 
Soliq to'lashdan bo'yin tovlash kabi munosabatlarning kelib chiqish 
sabablariga quyidagi omillar ta'sir qiladi. 
Ma'naviy omillar - 
bu faktorlar soliq qonunlarini ijtimoiy, doimiylik va 
daxlsizlik printsiplariga to'g'ri kelmaslik bo'lib, qonunlarning obro'sini va 
ta'sirini pasaytiradi. 


19 
Bundan tashqari soliq stavkalarining yuqori bo'lishi, o'z navbatida, soliq 
to'lovchilar tomonidan unga nisbatan ichki qarshilik hissini uyg'otadi va soliq 
to'lashdan bo'yin tovlash to'g'risidagi turli xil fikrlarga olib keladi. 
Masalan; foyda solig'ining stavkasini yuqoriligi, korxonadan foyda olishga 
bo'lgan ishtiyoqini pasaytirib yuboradi yoki qandaydir yo'llar bilan soliqqa 
tortiladigan foyda hajmini kamaytirish harakat qiladi. g'ki bo'lmasa, bizning 
qonunlarimizga asosan soliqlarni realizatsiya qilingan tovarlar va ko'rsatilgan 
xizmatlar uchun emas, balki yuklab jqnatilgan va hali puli to'lanmagan paytdan 
boshlab hisobga olinishi va boshqalar. 
Iqtisodiy omillar - 
bunda soliq to'lovchilar soliq to'lashdan bo'yin tovlash 
natijasida unga bo'ladigan ta'sirlarni qrganadilar. 
Agarda, soliq stavkasi qanchalik yuqori va qo'llaniladigan jarima summalari 
qanchalik past bo'lsa, soliq to'lovchi uchun shunchalik soliq to'lashdan bo'yin tovlash 
natijasi samarali bo'ladi. 
Albatta, bunday holatlarda soliq soliq to'lovchilar soliq to'lamaslik har qanday 
yo'llar bilan harakat qilishadi, chunki birinchi tomondan joriy etilgan barcha 
turdagi soliq va to'lovlarni to'lanishi soliq to'lovchining iqtisodiy holatiga katta 
ta'sir qilib, uni ahvolini og'irlashtirishiga olib kelishiga ta'sir qilsa, soliq 
to'lamaslik esa unga o'z iqtisodiy potentsialini saqlab qolishi uchun yagona 
iqtisodiy yo'l bo'lib xizmat qilishi mumkin. 
Ikkinchi tomondan moliyaviy jarimalarni iqtisodiy jihatdan kuchsiz 
bo'lgan sub'ektlarga qo'llanilishi, nafaqat uni rivojlanishdan balki undan keyin 
umuman faoliyat ko'rsata olmaslikka olib kelishi mumkin. Chunki barcha foydasini 
qarzlarni to'lashga sarflamasa, unga hisoblanayotgan ustama foiz summalar ham 
tobora oshib boraveradi. 
Jahon amaliyoti shuni ko'rsatadiki, soliq to'lashdan bo'yin tovlashning 
barcha formalari, iqtisodiy o’sish sur'ati pasayayotgan hamda tanazzulga 
uchrayotgan mamlakatlarda yuqori darajada bo'ladi. 
Chunki bunday sharoitlarda soliq to'lovchilaming moddiy sharoitining 
yomonlashuviga mamlakat miqyosida mahsulot, tovar va xizmatlarga bo'lgan 
talablaming pasayishi ham katta ta'sir qiladi. 
Albatta, to'lov qobiliyatining pasayishi natijasida tovar oborot hajmi 
qisqaradi hamda korxona o'ziga tegishli soliqlarini ololmay qoladi. Natijada 
korxona o'z qobiliyatini saqlab qolish maqsadida soliq qonunchiligida ta'kidlangan 
turli yo'llarni izlashga tushadi. 
Masalan: soliq organlari tomonidan soliq to'lovchilarni to'la hisobga ola 
olmaslik, xo'jalik operatsiyalarga taalluqli hujjatlarni barchasini tekshirishdan 
to'la o'tkaza olmaslik, tekshiruvchilarning bilim darajasi, korruptsiya va 
shunga qxshash holatlarning mavjudligidir. 
Soliq amaliyotida huquqbuzarlikning quyidagi xarakterli turlari mavjud:
Mansabdor shaxslar tomonidan yo'l qo'yilgan huquqbuzarliklar; 
Coliq to'lovchining xo'jalik faoliyatiga qonunga xilof ravishda to'sqinlik qilish, 
ya'ni soliq hisobiga qo'yishdan, ruxsatnoma yoki bank yoxud boshqa kredit 
muassasasida hisob raqami ochish uchun zarur boshqa hujjatni berishdan soliq 
organi mansabdor shaxsining noqonuniy bosh tortishi; 


20 
- soliq to'lovchining banklar yoki boshqa kredit muassasalaridagi hisob 
raqamlari bo'yicha operatsiyalarini noqonuniy tqxtatib qo'yish yoki soliq 
to'lovchining mol-mulkini noqonuniy ravishda xatlash; 
-soliq organi mansabdor shaxsi tomonidan soliq to'lovchining oddiy amaliy 
operatsiyalarini amalga oshirishni jiddiy ravishda mushkullashtiradigan usullar 
va yo'llar bilan nazorat harakatlarini qonunga xilof ravishda amalga oshirilishi; 
-hisob harakatlari va hisobot hujjatlarining turlari va hajmlarini qonunga xilof 
ravishda kengaytirish talabi; 
-maslahatlar berishdan bosh tortish yoki maslahatlarni taqdim etmaslik, ya'ni 
soliq organi mansabdor shaxsining soliq to'lovchi yoki soliq munosabatlarining 
boshqa ishtirokchisiga soliq solish tartibi va shartlari, uning huquqlari va 
majburiyatlari to'g'risida bepul yozma axborot berishdan bosh tortish yoki bunday 
axborotni belgilangan muddatda taqdim etmasligi; 
-soliq sirini oshkor etish, ya'ni qonunchilikka muvofiq soliq sirini tashkil 
etadigan, ularning o'z munosabati bilan soliq organining mansabdor shaxsiga 
ma'lum bo'lgan ma'lumotlardan g'ayriqonuniy foydalanish yoki ularni boshqa 
shaxsga berish.
Kredit beruvchi va boshqa muassasalar xodimlari tomonidan yo’l
qo'yiladigan 
bir qator huquq buzilishlari 
ham mavjud bo'lib, ular ham soliq to'lovchilar 
tomonidan huquq buzilishlari paydo bo'lishga imkon yaratadi. Bular quyidagilardir: 
Soliq to'lovchiga hisobraqamini noqonuniy ravishda ochish, ya'ni bank yoki 
boshqa kredit muassasasi tomonidan soliq qonunchiligi tomonidan belgilangan 
talablarni buzgan holda soliq to'lovchiga hisob kitob, joriy, depozit va boshqa hisob 
varaqlarning ochilishi; 
soliq to'lovchi to'g'risidagi axborotni taqdim etishdan bo'yin tovlash, ya'ni soliq 
organining uchinchi shaxs-soliq to'lovchiga taalluqli hujjatlarni taqdim etish 
to'g'risidagi qonuniy talabini ataylab uzoq vaqt bajarmaslik yoki bunday hujjatlar 
yohud axborotni taqdim etishdan soliqni hisoblab chiqish uchun zarur axborotni 
taqdim etishdan bosh tortish, ya'ni soliq organining shaxsni soliq to'lashga jalb 
etish uchun asos bo'lib hisoblanadigan yuridik faktlarni qayd etadigan hujjatlarni 
taqdim etish to'g'risidagi qonuniy talabini ataylab uzoq vaqt bajarmaslik; 
soliq to'lovchiga hisobraqamini noqonuniy ravishda ochish, ya'ni bank yoki 
boshqa kredit muassasasi tomonidan soliq qonunchiligi tomonidan belgilangan 
talablarni buzgan holda soliq to'lovchiga hisob-kitob, joriy, ssuda, depozit va boshqa 
hisobvaraqlarning ochilishi. 


21 


Download 0,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish