3.MHTdan makroiqtisodiy tahlil va bashoratlash maqsadida foydalanish.
MHT asosida amalga oshiriladigan tahlilning asosiy yo‘nalishlaridan biri iqtisodiy o‘sish darajasi va iqtisodiy kon’yunkturaning tebranishi hisoblanadi.
YaIM hajmini o‘zgarmas baholarda hisoblab uning dinamikasini o‘rganish muhim yo‘nalishlardan biri bo‘lib, u ko‘p jihatdan mamlakat iqtisodiy salohiyatini investitsiyalar hisobiga oshirish bilan bog‘liq bo‘ladi. Iqtisodiy kon’yunkturaning tebranishi ko‘p jihatdan mavjud asosiy fondlardan foydalanish darajasiga bog‘liq.
Iqtisodiy o‘sish darajasi ko‘rsatkichlaridan mamlakatning u yoki bu davrdagi o‘sish tendentsiyalarini o‘rganish, olib borilayotgan iqtisodiy siyosatning samaradorligi o‘rganish uchun foydalaniladi.
3.3.1-jadval
MDH mamlakatlarida YaIM (o‘zgarmas baholarda, 2000 yilga nisbatan
foiz hisobida)5 dinamikasi
|
2005
|
2006
|
2007
|
O‘zbekiston
|
129,7
|
139,4
|
152,6
|
Ozarbayj on
|
188,3
|
253,2
|
317,0
|
Armaniston
|
178,0
|
201,5
|
229,0
|
Belorussiya
|
143,4
|
157,7
|
171,0
|
Gurjiston
|
142,6
|
156,0
|
175,0
|
Qozog‘iston
|
163,8
|
181,3
|
197,0
|
Kirg‘izston
|
120,3
|
124,0
|
134,0
|
Moldova
|
140,8
|
147,5
|
152,0
|
Rossiya
|
134,7
|
144,6
|
156,0
|
Tojikiston
|
158,6
|
169,7
|
183,0
|
Ukraina
|
145,0
|
155,5
|
167,0
|
MDH davlatlari ichida YaIM ko‘rsatkichi bo‘yicha eng yuqori darajaga erishgan mamlakat Ozarbayjon bo‘lib, uning YaIM (o‘zgarmas baholarda) 2000 yilga nisbatan 317,0%ni tashkil etdi.
Tahlilning keyingi yo‘nalishi YaIMdan foydalanish tarkibini o‘zgarishini o‘rganishdan iborat: oxirgi istemol, yalpi jamg‘arish, sof
Ўзбекистон республикаси статистика қўмитаси маълумотлари асосида.
eksport. Ushbu tahlil asosida yana uy xo‘jaliklari istemoli tarkibini o‘rganish mumkin (masalan, oziq-ovqat mahsulotlari sotib olish ulushi), YalMning mudoafaga, boshqarishga, sog‘liqni saqlashga, ta’lim va ilmiy- tadqiqot ishlariga sarflangan qismi.
3.3.2-jadval
6
|
2000
|
2001
|
2002
|
2003
|
2004
|
2005
|
2006
|
2007
|
2008
|
2009
|
Jami
|
100,
|
100,
|
100,
|
100,
|
100,
|
100,
|
100,
|
100,
|
100,
|
100,
|
shu j umladan:
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
1. Yakuniy iste’mol uchun xaraj atlar j ami
|
80,6
|
80,0
|
78,2
|
73,0
|
68,1
|
64,3
|
63,5
|
63,5
|
64,0
|
64,2
|
a) xususiy
|
60,9
|
60,6
|
59,3
|
54,5
|
50,9
|
47,4
|
47,4
|
47,0
|
46,8
|
46,6
|
b) davlat
|
18,7
|
18,5
|
18,0
|
17,4
|
16,2
|
15,9
|
15,3
|
15,6
|
16,0
|
16,2
|
2. Yalpi jamg‘arish
|
19,6
|
21,1
|
21,2
|
20,8
|
24,5
|
28,0
|
29,6
|
28,2
|
27,8
|
28,0
|
3. Sof eksport
|
-0,2
|
-1,1
|
0,6
|
6,2
|
7,4
|
7,7
|
6,9
|
5,3
|
5,2
|
5,4
|
YaIMdan foydalanish tarkibida ham ijobiy o‘zgarishlar yuz bergan: yakuniy iste’mol uchun harajatlar ulushi kamayib, yalpi jamg‘arish va sof eksport ulushi ortib borgan. Bunday holat mamlakat iqtisodiyotining barqaror rivojlanib borayotganini, uning kelajagi yanada porloq ekanini va xalqning turmush darajasi rivojlanib borayotganini ifodalaydi.
Savollar, testlar va masalalar.
Milliy hisoblar tizimining mohiyati nimada va uning qanday asosiy xususiyatlarini bilasiz?
1993 yilda qabul qilingan MHTda xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar qanday institutsional sektorlarga ajratilgan?
Milliy hisoblar tizimida iqtisodiy faoliyat natijalari ko‘rsatkichlari va ularni hisoblash usullari qanday?
MHTning muhim makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari orasidagi bog‘lanishlarni qanday ifodalash mumkin?
MHTdagi asosiy hisoblamalar tuzish va ularni hisoblash:
ishlab chiqarish hisoblamasi
daromadlarni hosil bo‘lish hisoblamasi
daromadlarni birlamchi taqsimlanish hisoblamasi
daromadlarni ikkilamchi taqsimlanish hisoblamasi
daromadlardan foydalanish hisoblamasi
kapital bilan operatsiyalar hisoblamasi
tovar va xizmatlar hisoblamasi
Joriy yilda ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlar asosiy bahoda 360 mln. AQSh dollari, mahsulotlar va importga sof soliqlar - 90 mln.AQSh dollari, oraliq iste’mol - 162 mln. AQSh dollari bo‘lsa, yalpi ichki mahsulotni bozor bahosida hisoblang va «ishlab chiqarish» hisoblamasini tuzing.
Quyidagi ma’lumotlar aosida «daromadlarni hosil bo‘lishi» hisoblamasini tuzing: Hisobot yilida yalpi ichki mahsulot bozor bahosida 400 mln. AQSh dollari, ishlab chiqarish va importga sof soliqlar - 116 mln. AQSh dollari, yonlanma ishchilarning mexnat xaqqi - 160 mln. AQSh dollarini tashkil etsa, yalpi foyda va yalpi aralash daromadni aniqlang.
Quyidagi ma’lumotlar asosida yalpi milliy daromad ko‘rsatkichini hisoblang va daromadlarning birlamchi taqsimlanishi» hisoblamasini tuzing (mln. AQSh dollari):
l. Iqtisodiyotdagi yalpi foyda va yalpi aralash daromad - 1260
Yollanma ishchilarning mehnat haqqi - 1200
Ishlab chiqarish va importga soliqlar - 560
Ishlab chiqarish va importga subsidiyalar - 120
«Tashqi dunyo»dan olingan mulkiy daromadlar - 40
«Tashqi dunyo»ga berilgan mulkiy daromadlar - 72
Joriy yilda yalpi milliy daromad 2400 mln. AQSh dollari, «Tashqi dunyo»dan olingan joriy transfertlar - 8 mln. AQSh dollari, «Tashqi dunyo»ga berilgani esa - 6 mln. AQSh dollari bo‘lsa, yalpi milliy mavjud daromadni aniqlang va «daromadlarni ikkilamchi taqsimlanishi» hisoblamasini tuzing.
Joriy yilda uy xo‘jaliklarini yakuniy iste’moli 1400 mln. AQSh dollari, uy xo‘jaligiga xizmat ko‘rsatuvchi notijorat tashkilotlarning yakuniy iste’moli - 60mln. AQSh dollari, davlat muassasalari yakuniy iste’moli - 400 mln. AQSh dollari tashkil etgan. Yalpi milliy mavjud daromad o‘rganilayotgan yilda 2200 mln. AQSh dollari bo‘lsa, «daromadlardan foydalanish» hisoblamasini tuzing.
Joriy yilga iqtisodiyot bo‘yicha quyidagi ma’lumotlar berilgan (mln.AQSh dollari)
Yalpi Milliy jamg‘arish - 804
«Tashqi dunyo»dan olingan kapital transfertlar - 20
«Tashqi dunyo»ga berilgan kapital transfertlar - 24
Asosiy kapitalni yalpi jamlanishi - 500
Moddiy aylanma vositalar zahiralarini o‘zgarishi - 80
Sof sotib olingan er va nomoddiy aktivlar - 40
Berilgan ma’lumotlar asosida «kapital bilan operatsiyalar» hisoblamasini tuzing.
Joriy yildagi quyidagi ma’lumotlar asosida «tovar va xizmatlar» umumlashgan hisoblamasini tuzing (mln.AQSh dollari)
Yalpi ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlar asosiy bahoda - 5000
Oraliq iste’mol - 2400
Tovar va xizmatlar eksporti - 640
Tovar va xizmatlar importi - 500
Mahsulotlarga sof soliqlar - 140
Importga sof soliqlar - 60
Yakuniy iste’mol xarajatlari - 1560
Asosiy kapitalni yalpi jamlanishi - 640
Moddiy aylanma vositalar zahiralarini o‘zgarishi - 360
Hisobot yilida mamlakat iqtisodiy faoliyati natijalarini ifodalovchi quyidagi ma’lumotlar berilgan (mlrd. so‘m, joriy baholarda):
1.
|
Yalpi ishlab chiqarish tovar va xizmatlar qiymati, asosiy bahoda
|
2000
|
2.
|
Oraliq iste’mol
|
940
|
3.
|
Mahsulotlar va importga soliqlar
|
140
|
4.
|
Mahsulotlar va importga subsidiyalar
|
42
|
5.
|
Yollanma ishchilarning mehnat haqqi
|
500
|
6.
|
Ishlab chiqarish va importga soliqlar
|
180
|
7.
|
Ishlab chiqarish va importga subsidiyalar
|
50
|
8.
|
«Tashqi dunyo»dan olingan mulkiy daromadlar
|
13
|
9.
|
«Tashqi dunyo»ga berilgan mulkiy daromadlar
|
25
|
10.
|
«Tashqi dunyo»dan olingan transfertlar
|
11
|
11.
|
«Tashqi dunyo»ga berilgan transfertlar
|
5
|
12.
|
Yakuni iste’mol xarajatlari:
uy xo‘jaligi
davlat muassasalari
uy xo‘jaligiga xizmat ko‘rsatuvchi notijorat tashkilotlar
|
40
|
13.
|
«Tashqi dunyo»dan olingan kapital transfertlar
|
6
|
14.
|
«Tashqi dunyo»ga berilgan kapital transfertlar
|
7
|
15.
|
Yalpi jamg‘arish:
- asosiy kapitalni
-moddiy aylanma vositalar zahiralarini o‘zgarish
|
230
40
|
16.
|
Tovar va xizmatlar importi
|
260
|
17.
|
Tovar va xizmatlar eksporti
|
448
|
Berilgan ma’lumotlar asosida quyidagi hisoblamalarni tuzing: ishlab chiqarish hisoblamasi, daromadlarni hosil bo‘lish hisoblamasi, daromadlarni birlamchi taqsimlanish hisoblamasi, daromadlarni ikkilamchi taqsimlash hisoblamasi, daromadlardan foydalanish hisoblamasi, sarmoya bilan operatsiyalar hisoblamasi, tovar va xizmatlar hisoblamasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |