Milliy hisoblar tizimi (mht) makroiqtisodiy statistikaning asosiy uslubi, asosi va markaziy bo‘limi



Download 90,94 Kb.
bet2/4
Sana20.04.2022
Hajmi90,94 Kb.
#566816
1   2   3   4
Bog'liq
12-мавзу-MILLIY HISOBLAR TIZIMI 2

hisoblashga qaratilagan. Ingliz iqtisodchi olimi Dj.Xiks ta’limotiga ko‘ra «daromad» bu o‘zining to‘plangan boyliklarini kamaytirmagan holda o‘ziga hech qanday moliyaviy majburiyatlarni olmagan holda iste’mol tovarlari va xizmatlarini sotib olishi mumkin bo‘lgan maksimal pul summasidan tashkil topadi.
MHTning yana bir yo‘nalishi bu ishlab chiqarish omillarining qiymatni yaratishdagi rolini aniqlashga qaratilgan. Avvalgi davrda qiymatni faqat tirik mehnat yaratadi deb qaralgan bo‘lsa, MHT ta’limotiga asosan er va kapital ham xuddi mehnat kabi qiymat yaratishda qatnashadi deb qaraladi.
1993 yilda qabul qilingan MHTning yana bir muhim hususiyati shundan iboratki, unda xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar quyidagi 5ta institutsional sektorlar bo‘yicha guruhlarga ajratilgan:

  1. nomoliyaviy korporatsiyalar va kvazikorporatsiyalar;

  2. moliyaviy korporatsiyalar va kvazikorporatsiyalar;

  3. davlatni boshqarish;

  4. uy xo‘jaligi;

  5. uy xo‘jaliklari xizmatidagi notijorat tashkilotlar.

Xar bir xo‘jalik yurituvchi sub’ekt iqtisodiy jarayondagi bajarayotgan funktsiyasiga qarab, yuqoridagi sektorlarning biriga kiritiladi. Masalan, nomoliyaviy korporatsiyalarning funktsiyalari tovarlar ishlab chiqarish va nomoliyaviy xizmatlar ko‘rsatishdan iborat. Ular ishlab chiqargan tovarlar bozorda ishlab chiqarish xarajatlarini qoplovchi va foyda olishni ta’minlovchi baholarda sotadilar; moliyaviy korporatsiyalarning funktsiyasi bo‘sh qolgan moliyaviy mablag‘larni bir joyda to‘plab, ularni investorlarga ma’lum shartlar asosida beradilar. Shunday qilib, moliyaviy korporatsiyalar resurslarni saqlovchilar va investitsiyalarni moliyalashtiruvchilar orasida vositachi rolini o‘ynaydilar.
Davlatni boshqarish muassasalarining funktsiyasi milliy boylik va milliy daromadni qayta taqsimlash, shuningdek, butun jamiyatga bepul xizmat ko‘rsatish (boshqarish, mudofaa, ilmiy tadqiqotlar va h.k.).
Uy xo‘jaligiga kiritilgan birliklar o‘z ishchi kuchi bilan ishlab chiqarish jarayonida qatnashadilar va bozorda tovarlar va xizmatlarni sotib oladilar. Bundan tashqari uy xo‘jaliklari kichik nokorporativ korxonalarni (fermerlar, oilaviy restoran, magazinlar va h.k.) egalari hisoblanadi. Bu nokorporativ korxonalar bozorda sotish uchun tovar va xizmatlarni ishlab chiqaradilar, bundan tashqari yana o‘z ehtiyojlarini qondirish uchun ham ishlab chiqaradilar. Nokorporativ korxonalar faoliyatining moliyaviy natijasi bo‘lib, aralash daromad hisoblanadi va u, ham foyda elementlarini, ham ish xaqqini o‘z ichiga oladi. Nokorporativ korxonalarning uy xo‘jaliklari tarkibiga kiritilishiga sabab, ularning daromad va harajatlarini o‘z egalarining daromad va harajatlardan ajratish qiyin bo‘lgan.
Uy xo‘jaliklari xizmatidagi notijorat tashkilotlarning (ijtimoiy, siyosiy, diniy tashkilotlar) funktsiyalari shu tashkilotlar a’zolariga bepul xizmat ko‘rsatishdan iborat.
Shunday qilib, MHTda behisob miqdordagi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning barchasi beshta nisbatan bir xil guruhlarga - sektorlarga birlashtirilgan. MHTda har bir sektor uchun andozaviy hisoblamalar yig‘indisidan foydalaniladi va quyidagi operatsiyalar: ishlab chiqarish, daromadlarni hosil bo‘lishi, daromadlarni taqsimlash va qayta taqsimlash, ularni saqlash va jamg‘arish, moliyaviy aktivlarni sotib olish va moliyaviy majburiyatlar olish kabilar hisobga olinadi.

Download 90,94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish