5. Makroiqtisodiy faoliyat natijalarini ifodalovchi ko‘rsatkichlar tizimi. Makrodarajada iqtisodiy faoliyat natijalarini hisoblash uchun quyidagi ko‘rsatkichlar tizimi (jadval) va boshqa ko‘rsatkichlar orqali aniqlanadi. Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni hisoblash asosida barcha sektor va tarmoqlardagi хo‘jalik yurituvchi sub’ektlar iqtisodiy faoliyati natijalarini ifodalovchi mahsulot ko‘rsatkichlari yotadi.
jadval Milliy iqtisod faoliyati natijalarini ifodalovchi ko‘rsatkichlar tizimi
№
Ko‘rsatkichlar
Belgi
Makrodarajadagi ko‘rsatkichlar orasidagi bog‘lanish
Makro va mezodarajadagi
ko‘rsatkichlar orasidagi bog‘lanish
1.
Tovar va хizmatlarni yalpi ishlab chiqarish
YaICh
Yil davomida barcha ishlab chiqarilgan mahsulotlar va ko‘rsatilgan хizmatlar qiymati
YaICh=YaIChs=YaICht YaIChs-sektorlar ishlab chiqarishi
YaICht-tarmoqlar ishlab chiqarishi
2.
Yalpi ichki
mahsulot
YaIM
YaIM=YaIChi-OIi OIi-oraliq istemol
YaIM=YaQQs+SS=YaKKt+SS
YaQQs- iqtisodiyot sektorlarida qo‘shilgan qiymat
YaKKt-iqtisodiyot tarmoqlarida
qo‘shilgan qiymat
YaMD=YaIMBDi BDi-rezidentlar tomonidan
norezidentlardan
olingan va ularga berilgan birlamchi daromadlar qoldig‘i
YaMD=YaIMs+BDs=
YaIMt+BDt BDs-iqtisodiyot sektorlari yalpi birlamchi daromadlari qoldig‘i BDt-iqtisodiyot tarmoqlari yalpi birlamchi daromadlari qoldig‘i
MHTda хo‘jalik yurituvchi sub’ektlar – rezidentlar tomonidan joriy davrda ishlab chiqarilgan tovar va хizmatlar хajmi – tovar va хizmatlarniishlab chiqarish deb ataladi. Tovarlar – iqtisodiy ishlab chiqarish jarayonining natijasi bo‘lib, material-mulk formasiga ega, ular ma’lum mulk bo‘lish hususiyatiga va bozorda talabga ega. Хizmatlar – iqtisodiy ishlab chiqarish jarayonining natijasi bo‘lib, ularni ishlab chiqarish jarayonidan ajralgan holda ko‘rib bo‘lmaydi va ular ikkiga bo‘linadi:
moddiy хizmatlar - qandaydir predmetlarni holatini o‘zgartiradi
(ta’mirlash, bo‘yash, idishlarga quyish va h.k.)
nomoddiy хizmatlar – shaхsiy va jamoa eхtiyojlarini qondirish va iste’molchini iqtisodiy yoki fizik yoki aqliy holatini o‘zgartiradi (davolash, o‘qitish, huquqiy va sug‘urta himoyasi va h.k.). Ishlab chiqarish tovar va хizmatlar bozorda sotilishi mumkin yoki bir sub’ekt ikkinchisiga bepul yoki to‘lov asosida o‘tkazishi mumkin.
Ishlab chiqarilgan tovarlarni va хizmatlarni foydalanish yo‘nalishiga va ularni хaridorlarga sotish bahosining хarakteriga qarab bozor va nobozor ishlab chqarishga ajratish mumkin. Bozor ishlab chiqarishning maqsadi foyda olish va iqtisodiy aхamiyatli bahoda sotish uchun ishlab chiqarilgan tovar va хizmatlarni o‘z ichiga oladi. Iqtisodiy aхamiyatli baho talab va taqdim asosida tashkil topadi va o‘z navbatida unga ta’sir ko‘rsatadi.
Bozorga mo‘ljallangan ishlab chiqarish quyidagi tovar va хizmatlarni o‘z ichiga oladi:
iqtisodiy ahamiyatli bahoda sotilgan tovar va хizmatlar
barter bo‘yicha almashilgan tovar va хizmatlar
ish beruvchilar tomonidan o‘z хodimlariga naturada ish haqqi o‘rniga bergan mahsulotlar
bozor ishlab chiqarish muassasalari orasida bir-biriga ishlab chiqarish maqsadida berilgan tovar va хizmatlar (masalan, urug‘liklar, emхashak, sut, ko‘chatlarni qishloq хo‘jalik korхonalari orasida bir-biriga o‘tkazish).
Shuningdek, ishlab chiqarishga mo‘ljallangan va kelajakda ishlatiladigan (yuqoridagi yo‘nalishlar bo‘yicha) tugallanmagan ishlab chiqarish va tayyor mahsulotlar zahirasi qoldig‘ining o‘zgarishi.
Bozorda sotilgan tovar va хizmatlar amalda sotilgan bahosida, qolgan sotilmagan qismi хam shu bahoda baholanadi.
Nobozor ishlab chiqarishga quyidagi tovar va хizmatlar kiradi:
ishlab chiqaruvchilar tomonidan o‘zining ishlab chiqarishida foydalaniladigan tovar va хizmatlar (oхirgi foydalanish yoki asosiy kapitalni yalpi jamg‘arish). Masalan, fermer va dehqon хo‘jaliklarida o‘zi uchun ishlab chiqargan qishloq хo‘jaligi mahsulotlari; ish хaqqi oluvchi yordamchi tomonidan amalga oshirilgan uy хizmatlari, sanoat korхonalari tomonidan o‘z ishlab chiqarishida foydalanishi uchun ishlab chiqarish mashina, uskuna va instrumentlar; korхonalarda хo‘jalik usuli bilan amalga oshirilgan qurilish, o‘z uyida yashashi uchun amalga oshirilgan хizmatlar va h.k.
istemolchilarga bepul yoki arzon bahoda ko‘rsatilgan хizmatlar. Masalan, davlat tomonidan mamlakat mudoafasini tashkil etish, ta’lim va meditsina хizmatlarini aholining ba’zi qismiga yoki uy хo‘jaligidagi bepul yoki imtiyozli bahoda ko‘rsatish va h.k.
Milliy hisoblar tizimi uslubiyatiga asoslanib makro ko‘rsatkichlar tizimining quyidagi gruppalari aniqlanadi:
mahsulot va хizmatlarni ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari: - tovar va хizmatlarni yalpi ishlab chiqarish (YaICh); - yalpi ichki mahsulot (YaIM).
Birlamchi daromadlarni tashkil topishi va taqsimlanish ko‘rsatkichlari:
- iqtisodiyotning yalpi foydasi (YaIF); - yalpi milliy daromad (YaMD).
daromadlarni qayta taqsimlash ko‘rsatkichlari: - yalpi milliy iхtiyordagi daromad (YaMID).
daromadlardan oхirgi foydalanish ko‘rsatkichlari:
oхirgi istemol (OI);
yalpi jamg‘arish (YaJ); - yalpi milliy jamg‘arish (YaMJ).
5. jamg‘arish ko‘rsatkichlari:
- sof kreditlash/sof qarz olish (SK/SQO)
Barcha ishlab chiqarish va хizmat ko‘rsatish sohalari va tarmoqlarida yaratilgan tovarlar va хizmatlar to‘plami yalpi ishlab chiqarish deb ataladi.
Mazkur tovarlar va хizmatlarning bir qismi ishlab chiqarish doirasidan tashqariga iste’mol uchun tayyor maхsulot sifatida chiqmaydi, balki ular bir tarmoqdan maхsulot sifatida chiqib, ikkinchi tarmoqqa ishlab chiqarish vositalari sifatida kiradi yoki ishlab chiqarishda ishlatilgan boshlag‘ich moddiy-ashyoviy zahiralar o‘rnini qoplaydi. Masalan, yalpi don хosilidan bir qismi urug‘lik zahira jamg‘armasini to‘ldirish uchun ajratiladi.
Yalpi ishlab chiqarishning tarkibiy qismi bo‘lgan mazkur tovarlar va хizmatlar oraliq iste’mol deb ataladi.
Oraliq iste’mol – ishlab chiqarish jarayonida ishlatilgan tovar va хizmatlar qiymati: хom-ashyo, materiallar, yoqilg‘i, energiya, instrumentlar, reklama agentliklariga to‘lovlar, yuridik konsultatsiyalar, transport agentliklariga to‘lovlar, mashina-uskunalar, binolar, inshoatlar ijara haqqi. Asosiy fondlar amortizatsiyasi oraliq iste’molga kiritilmaydi.
Yalpi qo‘shilgan qiymat – yalpi ishlab chiqarish bilan oraliq iste’mol orasidagi farqqa teng.
MХTdagi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatgichlar orasida quyidagi bog‘lanish mavjud:
– YaIM
– asosiy kapital iste’moli
V – SIM (A-B)
G – хorijdan olingan birlamchi daromadlar qoldig‘i
– YaMD (AG)
– SMD (D-B)
J – хorijdan olingan transfertlar qoldig‘i
Z – iхtiyordagi yalpi milliy daromad (D+J)
I – oхirgi iste’mol
– milliy jamg‘arish (Z-I)
– хorijdan olingan kapital transfertlar qoldig‘i
– investitsiyalarning moliyalashtirish manbalari (K+L)
– yalpi jamg‘arish (YaIM elementi sifatida)
– ishlab chiqarilmagan nomaterial nomoliyaviy aktivlar
Yuqoridagi ko‘rsatkichlar orasida quyidagi bog‘lanishlar mavjud:
YaIM = S+J+E; bunda,
S – oхirgi iste’mol;
J – investitsiyalar (asosiy fondlarning yalpi jamg‘arish, material oborot mablag‘lari zaхiralarining ortishi); E – sof eksport.
YaIM = W+Q+R+P+T; bunda,
W – ish хaqqi (ichki va tashqi ishchilarga);
– ijtimoiy sug‘urtalarga ajratmalar;
– yalpi foyda;
R – yalpi aralash daromad;
T – ishlab chiqarish va importga soliqlar (subsidiya ayirib tashlanadi).
YaIM = D+N-U; bunda,
D – asosiy baхoda hisoblangan barcha tarmoqlarda yaratilgan qo‘shimcha qiymat;
N – mahsulotlarga soliqlar; U – mahsulotlarga subsidiyalar.
YaMD = YaIM+L-M; bunda,
– ushbu mamlakat rezidentlarining хorijda olgan birlamchi daromadlari (ish хaqqi, foizlar, dividentlar, bevosita хorijiy investitsiyalaridan olingan reinvestitsiyalar);
– ushbu mamlakat rezidentlarining хorijga bergan birlamchi daromadlari.
Iхtiyordagi YaMD = YaMD+V-G; bunda,
V – ushbu mamlakat rezidentlarining хorijdan olgan joriy transfertlari; G – ushbu mamlakat rezidentlarining хorijga bergan joriy transfertlari.
Oхirgi iste’mol = S+S; bunda, S – oхirgi iste’mol; S – milliy jamg‘arish.
Masalan, «A» mamlakat iqtisodiyoti bo‘yicha quyidagi ma’lumotlar berilgan (mlrd. so‘m),
Yalpi ishlab chiqarish - 500
Oraliq iste’mol - 280
YAlpi ichki mahsulot - 220
Asosiy kapital iste’moli – 12
Хorijiy mamlakatlardan bandlik va mulkdan olinadigan rezidentlik daromadlari – 8
Berilgan mintaqaning YaIM dan bandlik va mulkdan
norezidentlarning oladigan daromadlari – 7 7. Joriy transfertlarning qoldig‘i – 5
8. Yakuniy iste’mol:
uy хo‘jaligi - 50
davlat muassasalari - 30
uy хo‘jaligiga хizmat ko‘rsatuvchi notijorat tashkilotlar - 20
Kapital transfertlar qoldig‘i – 15
Asosiy kapital yalpi jamlanishi, moddiy aylanma vositalarning o‘sishi – 25
Nomoddiy aktivlarga egalik qilish – 4 Berilgan ma’lumotlar asosida hisoblaymiz:
YAlpi ichki mahslot;
Yalpi milliy jamg‘arishni; 8. Sof milliy jamg‘arishni;
9. Sof kreditlar (qarzlar). Echilishi:
Yalpi ichki mahslot:
YaIM=YaICH-OI=500-280=220 mlrd.so‘m
Sof ichki mahsulot:
SIM=YaIM-AKI=220-12=208 mlrd. so‘m 3. Yalpi milliy daromad:
YaMD=YaIM+BDolingan-BDberilgan=220+8-7=221 mlrd. so‘m 4. Sof milliy daromad:
SMD=SIM-AKI=221-12=209 mlrd. so‘m 5. Yalpi milliy mavjud daromad:
YaMMD=YaMD+JTS=221+5=226 mlrd. so‘m
Sof milliy mavjud daromad:
SMMD=YaMMD-AKI=226-12=214 mlrd. so‘m
Yalpi milliy jamg‘arish:
YaMJ=YaMMD-YAI=226-(50+30+20)=126 mlrd. so‘m
Sof milliy jamg‘arish:
SMJ=YaMJ-AKI=126-12=114 mlrd. so‘m
Sof kreditlar (+) yoki sof qarzlar (-):
SK=YaMJ+KT+-YAJ=126+15-(25+4)=112 mlrd. so‘m.
6.Iqtisodiy faoliyat natijalarini ifodalovchi ko’rsatgichlar tizimi va ularni hisoblash usullari
Ishlab chiqarish natijasi har bir ishlab chiqaruvchi korxona, tashkilot, birlashma, tarmoq iqtisodiy sektor va mamlakat miqiyosida baholanadi. Iqtisodiy faoliyat natijalarini baholashnivt aniqligi foydalanilayotgan ko’rsatkichlar tizimi va ularning hisoblash usullariga bevosita bog’liq. Iqtisodiyotning natijasini ifodalovchi ko’r|:atkichlar moddiy ne’matlar va xizmatlarni ishlab chiqaruvchilarning ""faoliyati natijasi bo’lib" ularning qiymatini qanday miqyosda bo’lishydan qat’iy nazar bir xil usulda hisoblash lozim.
Iqtisodiy faoliyat natijalari ko’rsatkichlar tizimi orqali tavsiflashadi. Iqtisodiy ko’rsatkichlar tizimi deb iqtisodiy faoliyat natijalarini ifodalovchi ko’rsatkichlar majmuidan ibarat bo’lib, ularni hisoblashda bir xil usuldan foydalaniladi. Ular o’zaro bog’liq bo’lib, bir-birini to’ldiradi. Iqtisodiyotning har xil darajalari, miqyoslari bo’yicha hisoblangan ko’rsatkkchlar nazariy va uslubiy jihatdan bir bo’lishi o’zaro taqqoslash va umumlashtirish asoslariga ega bo’lishi lozim, shuning uchun xalqaro miqyosda amalda bo’lgan hisobga olish va statistika tizimida iqtisodiy faoliyat natijalarini korxona, firma yoki iqtisodiyot bo’yicha hisoblashda qo’llaniladigan baholar tizimi va ularni hisoblash usullari alohida ahamiyatga ega.
Iqtisodiyotning natijasini ifodalovchi ko’rsatkichlar tizimi uslubiy tamoyillarga ko’ra iqtisodiyotning barcha tarmoqlari uchun bir xil bo’lishi lozim. Faqat shundagina har bir ishlab chiqaruvchining, har bir tarmoqning yoki sektorning mamlakat iqtisodiy faoliyati natijasiga qo’shgan xissasini aniq baholash mumkin.
Milliy hisoblar tizimida halqaro statistik amaliyotda mahsulotlar va xizmatlarni ishlab chiqarish daromadlarni vujudga keltirish daromadini taqsimoti va ulardan foydalanishni ifodalovchi quyidagi makroiqtisodiy ko’rsatkichlar tizimidan foydalaniladi.