5-mavzu: Milliy g’oya konsepsiyasining asosiy yo’nalishlari (2 soat)
|
R e j a:
1. Milliy konsepsiyasining mazmun va mohiyati.
2. Milliy g’oyas asosiy tushuncha va tamoyillar konsepsiyasining asosiy yо’nalishlari.
3. Mamlakatimizda demokratik islohatlarni yanada chuqurlashtirish va
fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda milliy istiqlol g’oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar konsepsiyasining ahamiyati..
MAVZUGA OID TAYANCH TUSHUNCHA VA IBORALAR:
milliy tiklanish, ma‘naviy yuksalish, g’oyaviy bо’shliq, kommunizm
g’oyasi, milliy istiqlol g’oyasini shakllantirish, g’oyaviy-mafkuraviy masala, mafkuraviy siyosat, kommunistik mafkurani bartaraf etish, milliy tiklanishning g’oyaviy asoslari.
1-masalaning bayoni: Milliy istiqlol g’oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar konsepsiyasining mohiyati shundaki, yurtimizda shakllanib, rivojlanayotgan milliy g’oya barcha millatlarning manfaatlariga mos. Vatan ravnaqi, yurt tinchligi, xalq farovonligi, komil inson, ijtimoiy hamkorlik, millatlararo totuvlik, dinlararo bag’rikenglik О’zbekistondagi barcha millat va elat vakillarining g’oyasi bо’lib qolmoqda.
1993 yil 23 aprel kuni O’zbekistonning birinchi Prezidenti Islom Karimov bir guruh adiblar bo’lgan suhbatda milliy istqilol g’oyasini ishlab chiqish zaruratini asoslab berdi. 1993 yil 7 mayda O’zR Oliy Kengashining XII sessiyasida Islom Karimov “Oldimizda turgan eng muhim masala, bu- milliy istqlol g’oyasini yaratish va hayotimizga tadbiq etish lozim”ligini ta’kidlagandi. 2000 yilga kelib Islom Karimov asaralari asosida “Milliy istiqlol g’oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar ” nomli risola chop etildi.
I.Karimovning milliy g’oya konsepsiyasida, bir tomondan milliy, boshqa tomondan umuminsoniy manfaatlarni himoya qilishga e‘tiborning kо’pligi О’zbekistonning buyuk kelajagiga ishoradir. Umuman, mazkur konsepsiya iqtisodiyotda bozor islohotlarini chuqurlashtirish, siyosiy sohada inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish, fuqarolik jamiyatini shakllantirish, ijtimoiy sohada inson omilini kuchaytirish, pirovard maqsadda mustaqillikni avaylab-asrashning yо’l-yо’riqlarini ilmiy jihatdan asoslab berganligi uchun ham qadrlidir. Mamlakatimiz milliy g’oya konsepsiyasida ma‘naviy-ma‘rifiy sohadagi islohotlarni davlat siyosatining ustuvor yо’nalishi sifatida e‘tirof etilishi, madaniyatning mamlakat ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy sohadagi barcha muammolarni
hal etishdagi roli va о’rnining ortib borishi, milliy madaniyatning milliy g’oya va
mafkura bilan uyg’unligi kabi masalalar istiqlol davri adabiy-badiiy, ma‘naviy-madaniy hayotida sifat jihatdan yangilanish, poklanish va barqarorlashuvning boshlanganligidan dalolat beradi. Shu о’rinda I.Karimovning «jamiyat taraqqiyotining asosi, uni muqarrar halokatdan qutqarib qoladigan yagona kuch - ma‘rifatdir», deb ta‘kidlashi bu boradagi islohotlarning tо’g’riligiga va davomiyligiga ishoradir. Karimov tomonidan imzolangan «Ma‘naviyat va ma‘rifat jamoatchilik markazi faoliyati samaradorligini oshirish tо’g’risida»gi (1996 y. 9 sentabr) Farmon, «Milliy g’oya targ’iboti va ma‘naviy- ma’rifiy ishlar samardorligini oshirish tо’g’risida» (2006 y. 25 avgust) Qarori esa mazkur sohani rivojlantirish davlat siyosatining bosh maqsadi ekanligidan darak beradi. Milliy mafkura konsepsiyasida milliy tiklanishning tarixiy genezisini aniqlash muhimdir. Bunday tarixiy genezis mavjud va uni о’zbek xalqining о’tmish taraqqiyot yо’lida shakllangan milliy qiyofasidan qidirish lozim. Islom Karimov о’zbek xalqi milliy qiyofasi shakllanganligini isbotlab, uzoq ming yilliklar davrida О’zbekiston hududiga ne-ne bosqinchilar kelib-ketmadi. Erondan Axmoniylar, Yunonistondan Aleksandr keldi, Arabistondan Qutayba, Mо’gulistondan Chingizxon keldi, rus istilochilari keldi. «Lekin xalq qoldiku. Xо’sh, bunda qanday sir-sinoat bor? Xalq qanday ichki kuch-qudratga tayanib о’zligini saqlab qoldi? Qadim-qadim zamonlardan о’troq yashagani, ilm-ma‘ rifatga intilgani, buyuk madaniyatga ega bо’lgani, о’z urf-odatlarini muqaddas
bilgani uchun emasmi?», deydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |