Nigilizm - (lo/ya. nihil-hech nima, hech qanday) - 1. Ijtimoiy hayotda shakllangan, odat tusiga kir-gan har qandayqoida, tamoyil vaqonunlarni inkor qiluvchi nuqtai nazar. 2. O`tmish davrlardagi madaniy merosni inkor etish.
Milliy g’oyaning bosh maqsadi mamlakatimizda qonun ustuvorligi, fikrlar xilma xilligi, e‘tiqod erkinligi ta‘minlanishi taqozo etadi. Ana shunday huquq va erkinliklar qaror topgandagina
erkin va farovon hayot kechirish sari yо’l ochiladi. Shu bilan bir qatorda Milliy g’oyaning bosh maqsadi fuqarolarning ozod va obod Vatanda yashashlarini о’zlari
ta‘min etishlari uchun ham ularning zimmalariga yuksak burch va mas‘uliyatlarni
ham yuklaydi, ularni Vatan ravnaqini ta‘minlashga, xalq farovonligiga erishishga,
о’z farzandlarini komil inson qilib tarbiyalashga, yurt tinchligini asrashga da‘vat
etadi.
Asosiy g’oyalar xalqning mustaqil taraqqiyot yо’lidagi bosh g’oyasidan kelib chiqadi va оzining ma‘no-mohiyati, falsafasi, jozibasi bilan bosh maqsadni millat qalbi va ongiga chuqurroq singdirishga xizmat qiladi. Bular quyidagilardir:
Vatan ravnaqi, yurt tinchligi, xalq farovonligi, komil inson, ijtimoiy hamkorlik, millatlararo totuvlik, dinlararo bagrike glik.
Vatan ravnaqi g’oyasi har bir insonga о’zi tug’ilib о’sgan, kindik qoni Tо’kilgan muqaddas zaminini asrab avaylash, uni kо’z qorachig’idek asrash, vatan
uchun fidoyi inson bо;lish mas‘uliyatini yuklaydi. Vatan ravnaqiga xizmat qilmaydigan g’oya hech qachon milliy g’oya bо’la olmaydi. Jamiyatda tadbirkorlik, erkin iqtisodiy faoliyat keng rivojlanayotgani, davlat iqtisodiy qudrati ortayotgani, xalq ma‘naviyati boyib, ilm-ziyo salohiyati yuksalayotgani Vatan ravnaqining asosi bо’ladi. Vatan ravnaqi avvalo, uning farzandlari kamoliga bog’liq.
Yurt tinchligi g’oyasi esa har bir inson uchun ulug’ ne‘mat, ulug’ saodat bо’lgan tinchlikni saqlash, atrofidagi voqea hodisalarga sergaklik bilan qarash, ogoh bо’lish, tinchlikni qadrlashga da‘vat etadi. Zero, tinchlik eng oliy ne‘mat. Bu
ne‘matni asray bilish har birimiz uchun ham qarz ham farz. Hech kim urushni xohlamaydi. Birgina ikkinchi jahon urushining о’zida 50 milliondan ortiq kishi halok bо’ldi. Ana shularning ichida 263005 nafar О’zbekistonliklar bor. 132670 ta
vatandoshimiz nom-nishonsiz yо’qoldi. 60452 kishi nogironlar safidan joy oldi. Bu
о’tmishda edi. 1999 yilgi Toshkentdagi Fevral voqealarini, 2001 yildagi Surxondaryoning Uzun va Sariosiyo tumanlaridagi xunrezliklarni, yoki 2005 yildagi Andijon voqealarini oling. Xalqimizning asl, zabardast о’g’lonlari hayotdan erta kо’z yumib, bevaqt xazon bо’ldilar. Ular tinchligimizni asrash uchun о’z jonlarini qurbon qildilar. Shu bois bugun tinchlikni asrashni har birimiz о’z muqaddas burchimiz deb bilmog’imiz lozim.
Xalq farovonligi g’oyasi quyidagi qoidaga asoslanadi: har qaysi inson va oila badavlat bо’lsa, jamiyat va davlat ham kuchli va qudratli bо’ladi. Farovonlik tushunchasi aslini olganda bir qadriyat hisoblanadi. Chunki har bir yuksalishning zamirida farovonlik tushunchasi yotadi. YA‘ni, biror bir davlat chinakkam ma‘noda rivojlangan mamlakatlar qatoridan о’rin olishi, iqtisodiy, ma‘naviy va siyosiy jihatdan baquvvat bо’lishi uchun avvalo mazkur davlat fuqarolarining turmush darajasi kо’tarilib, tо’kis va farovon yashashlari ta‘min etilgan bо’lishi kerak. Insonning baxt saodatga erishuvida ham farovonlik eng muhim omillardan
hisoblanadi. О’zbek xalqida «avval iqtisod, keyin siyosat» degan naql bor. Agar odamzotning qorni och bо’lsa, shubhasiz unga hech narsa yoqmaydi. Qorinni tо’yg’azish uchun esa avvalambor uning о’zi harakat qilishi, sо’nggina unga davlat
yordam berishi kerak. Albatta bu о’rinda ishbilarmonlik, tadbirkorlik, har bir ishga
sidqidildan, vijdonan yondashish, izlanuvchanlik, aql va tafakkurga tayanib ish yuritish kabi fazilatlar muhim ahamiyat kasb etadi. Demak, farovonlikning manbai – aql, tafakkur, bilim, malakadir. Buning uchun esa dehqon о’z dalasida, chо’pon о’z otarida, chorvador о’z fermasida, ishchi о’zining ishlab chiqarish korxonasida, tadbirkor о’zi tanlagan sohasida fidokorona mehnat qilishi kerak. Kezi kelsa, olim ham о’z ilmiy izlanishlarini fidokorlik bilan, sidqidildan olib borishi lozim. Har bir kasb sohibi oqilona mehnat qilsa, avvalo о’z farovonligini, sо’ng oilasining tо’kisligini ta‘min etadi, albatta bu bilan el-yurt farovonligiga ham ulush qо’shgan bо’ladi.
Komil inson g’oyasi – odamzotga xos eng yuksak ma‘naviy va jismoniy mukammallikni о’zida mujassam etgan, uni hamisha ezgulikka undaydigan oliyjanob umuminsoniy g’oyadir. Komil inson insoniyatning asriy orzusi, idealidir. Mashhur faylasuf Abu Nasr al Forobiy komil inson haqida ajoyib ta‘rif-tavsiflar keltiradi. Komil inson bо’lishi uchun odamga kо’p sifat va fazilatlar zarur ekanligini uqtiradi. Ayni paytda komil inson haqida sо’z yurita turib, Alisher Navoiyning mana bu ta‘rifini, tо’g’rirog’i maqsadini keltirib о’tish lozim: «dunyoga kelibmizki, kamolot kasb etmoq vazifamizdir». Ijtimoiy hamkorlik goyasi xilma xil fikr va qarashlarga ega bо’lgan, turli millat, irq va dinga mansub shaxs va guruhlarning umumiy maqsad yо’lidagi hamjihatligini ta‘minlashga xizmat qiladi. Ijtimoiy hamkorlik murosa falsafasi bо’lib, xilma xil fikr va qarashlarga ega bо’lgan., turli millat, irq va dinga mansub shaxs va guruhlarning umumiy maqsad yо’lidagi hamjihatliklarini, jamiyatda tinchlik, totuvlik, barqaror taraqqiyotni ta‘minlaydi va quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |