Birinchidan, jamiyatning eng ustuvor maqsad va manfaatlarini о’zida mujassam etadigan ilg’or g’oyalar milliy taraqqiyotni harakatga keltiruvchi kuchga aylanadi.
Ikkinchidan, jamiyatdagi har bir ijtimoiy toifa va guruh о’zining dasturiy
maqsadlari va amaliy faoliyatini ana shu g’oyalar bilan uyg’unlashtirishi milliy taraqqiyotning zaruriyatiga aylanadi.
Uchinchidan, har bir shaxs ijtimoiy mavqei, dunyoqarashi va e‘tiqodidan qat‘iy nazar jamiyatning ustuvor maqsad va manfaatlarini aks ettiradigan milliy g’oyalarni amalga oshirish uchun о’zini mas‘ul deb bilishi lozim.
Millatlararo totuvlik g’oyasi esa mamlakatimizda yashayotgan har bir millatning bir-birini kamsitmagan holda о’z milliy an‘analariga sodiq qolishini, bir-biri bilan dо’stona munosabatda bо’lishini kо’zlaydi. Millatlararo totuvlik g’oyasi – umumbashariy qadriyat hamdir. Hozirda mamlakatimizda 130 dan ziyod
millat va elat vakillari istiqomat qiladi. Kо’p yoki oz sonlaridan qat‘iy nazar mamlakatimizda barcha millatlar uchun teng sharoitlar yaratilgan. Ana shu millatlarning barchasi mustaqil yurt ravnaqi, el-yurt farovonligi va tinchligi uchun о’z hissalarini qо’shmoqdalar. Qozoq, qirg’iz, tojik, rus, yahudiy, uyg’ur, qoraqalpoq, turkman, tatar, ukrain va boshqa millat vakillari ham «О’zbekiston о’z
vatanim» deb faxr bilan yashayotganligi mamlakatimiz ravnaqi uchun zamindir.
Dinlararo bag’rikenglik g’oyasi barcha dinga e‘tiqod qiluvchilarga keng yоl ochilgan holda, bir-birlari bilan samimiy munosabatda bо’lishlarini taqozo etadi. Aslida din ijtimoiy hayotni, voqelikni, uning hodisalarini о’ziga xos tarzda in‘ikos ettiruvchi ijtimoiy ong shakllaridan biridir. U dastlab inson hayotining ibtidoiy davrida vujudga kelgan va о’sha zamonda yashagan insonlarning dunyoqarashini ham aks ettirgan. Din dunyo, inson va boshqa mavjudotlarning yaralishi va kelib chiqishini, hayotning ma‘no-mazmuni, insonning yashashdan kо’zlagan maqsadi kabi masalalarga ilohiy nuqtai nazardan javob beruvchi dunyoqarash shaklidir. U bugungi kunda ham shu vazifani ado etib kelmoqda. Din diniy dunyoqarashni, diniy marosimlarni, shuningdek, diniy tuyg’uni о’z ichiga oladi. О’rta asrlarda din madaniyatning barcha turlarini (ilm-fan, falsafa, huquq, axloq kabi) о’zida mujassamlantirgan va ularga о’z ta‘sirini о’tkazgan, qadimqadimdan aksariyat ma‘naviy qadriyatlarni о’zida mujassam etib kelgan. Milliy qadriyatlarning asrlar osha bezavol yashab kelayotgani ham dinning sharofatidandir. Islom Karimovning sо’zlari bilan ifodalaganda: «... din bizning qon-qonimizga, ongi-shuurimizga shu qadar teran singib ketganki, uni hech qanday kuch, hech qanday tashviqot bilan chiqarib bо’lmaydi». Diniy e‘tiqodlarning mohiyati umumiy ekaniga qaramasdan, dinlarning kо’rinishi xilma-xildir. Dunyoda juda sodda, qadimiy dinlar bilan bir qatorda, umumjahon ahamiyatiga molik., murakkab, jahon dinlari ham mavjud. Ular tarixiy zaruratga qarab, turli davrlarda vujudga kelgan. Chunki, dunyodagi dinlarning barchasi ezgulik g’oyalariga asoslanadi va yaxshilik, tinchlik, dо‗stlik kabi xususiyatlarga tayanadi. Odamlarni halollik va poklik, mehr va shafqat, birodarlik va bag’rikenglikka da‘vat etadi. Jahondagi barcha yirik dinlar bu dunyoni foniy, о’tkinchi hisoblaydi. Ular insonning yashashdan asosiy maqsadi bu dunyoda xayrli, savobli ishlar qilib, boqiy dunyo sinovlariga tayyorgarlik kо’rish, jannat saodatiga sazovor bо’lish, degan g’oyani targ’ib etadi. Barcha dinlarda inson hayotining mohiyati, mazmuni, kishilar о’rtasidagi siyosiy-huquqiy, axloqiy munosabatlarni tenglik va adolat mezonlari asosida о’rnatish masalasi ozmi, kо’pmi о’z aksini topgan. Shu boisdan ham har bir vatandoshimiz , ayniqsa yoshlar avvalo, dinlar tarixini, ularning asl mohiyatini chuqur bilishi lozim. Shundagina ularni g’arazli maqsadlarni kо’zlab yurgan kuchlar tо’xtatolmaydilar.
Diniy tamoyillarni, diniy bilimlarni har bir millat, har bir din vakiliga, ularning farzandlariga yanada tо’liqroq о’rgatish, millatlar о’rtasida tinchlik va totuvlikni yо’lga qо’yish, din vakillari orasida turli nizolar kelib chiqmasligini ta‘minlash, dinlararo о’zaro dо’stona munosabatlarni shakllantirish maqsadida diniy bag’rikenglik yoki tolerantlik g’oyasi ilgari surilmoqda. Bu g’oya О’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 31-moddasi bilan qaysidir darajada
Uyg’un. Masalan, Konstitusiyaning mazkur moddasida shunday belgilab qо’yilgan: «Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson hohlagan dinga e‘tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e‘tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy
qarashlarni majburan singdirishga yо’l qо’yilmaydi». Aslida ham vijdon erkinligi odamzot azal-azaldan intilib kelgan, xilma-xil daraja va kо’rinishlarda amalga oshirgan umuminsoniy tamoyillardan biridir. «Vijdon erkinligi» «e‘tiqod erkinligi» tushunchasidan anchagina kengroq. Chunki, «e‘tiqod erkinligi» insonning biron-bir dinga e‘tiqod qо’yishda о’z ixtiyori bilan ish tutishini ifodalaydi. «Vijdon erkinligi» esa muayyan kishining biror dinga, g‗oyaga e‘tiqod qilishi yoki umuman e‘tiqod qilmasligini ham anglatadi. Inson dindor, dinsiz dahriy yoki xudojо’y bо’lishi, but va sanamlarga sig’inishi, butunlay xudosiz bо’lishi ham mumkin. U dunyoviy yoki diniy bilimlar tarafdori sifatida namoyon bо’lishi mumkin. Ammo bu - ana shu kishini ayblash uchun asos bо’lmaydi, balki, kimning qanday e‘tiqodga ega bо’lishi yoki bо’lmasligi uning vijdoniga havola deyilganidir. Ammo bu tamoyil vijdon va burch, jamiyatdagi boshqa umuminsoniy talablarni tan olmaslik, turli aqidalarni mutlaqlashtirish, boshqalar uchun qadriyat bоlgan narsalarni mensimaslik, boshqalarning diniga past nazar bilan qarash, dinlar о’rtasiga nifoq solish, dindorlarni kamsitish degani emas. Balki, kishining ishonchi, e‘tiqodi sohasidagi anglab olingan erkinligi, jamiyat qonunlariga mos hayot kechirishi demakdir. Diniy bag’rikenglik g’oyasi har bir millat vakillarining farzandlarida о’z milliy tuyg’usi, diniy qadriyatlarini puxta egallash imkonini beradi. Xuddi shu imkoniyatdan kelib chiqqan holda bugungi kunda biz yoshlarimizga bu borada chuqur va puxta bilimni berib borishimiz kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |