DINIY EKSTREMIZM VA TERRORIZMGA QARSHI MUROSASIZLIK – din bayrog‘i ostida paydo bo‘lgan, g‘ayriinsoniy mohiyatga ega ijtimoiy hodisalarga nisbatan kelishuvchilikka yo‘l qo‘ymaydigan fazilat. u: a) jamiyatda qabul qilingan diniy qadriyatlar va meyorlarga zid qarashlarni ilgari surishning noto‘g‘ri ekanini ichdan xis etish; b) o‘ta keskin qarashlar va chora-tadbirlarga moyillikni inkor etish; v) ijtimoiy beqarorlik keltirib chiqarishga qaratilgan, aholining keng qatlamlarida vahima va qo‘rquv uyg‘otishga, zo‘ravonlikka asoslangan har qanday harakatlarni rad etish; g) bunday hodisalarning oldini olish yo‘lida faollik ko‘rsatishdek xususiyatlarni o‘zida mujassam etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |