SOG‘LOM E’TIQODLILIK – inson faoliyati uchun ma’naviy asos, yo‘l-yo‘riq va mo‘ljal bo‘lib xizmat qiluvchi, aql, his va iroda vositasida anglangan bilim, g‘oya va shu asosda shakllanadigan maqsadlar majmuining el-yurt manfaatlari bilan bog‘liq holda shakllanganini ifodalovchi ma’naviy-ruhiy hodisa, fazilat.
Ushbu fazilat; a) e’tiqod bilan bog‘liq bilimlarning chuqur va ilmiy asoslanganligini; b) shakllangan qadriyatlarning bunyodkorlik g‘oyalariga tayanishini; v) nosog‘lom e’tiqodga asoslangan qarashlarning rad etilishini; g) jamiyatdagi e’tiqodiy barqarorlikni mustahkamlash yo‘lidagi harakatlarning doimiyligini anglatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |