Ikkinchidan, mustaqilligni qо’lga kiritgan mintaqamiz mamlakatlarini о’z ta‘sir doirasiga о’tkazish uchun yana boshqa bir qator mamlakatlar ham harakatni boshlab yubordilar. Ularning kо’pchiligi tashqaridan beg’araz yordam kо’rsatayotganday bо’lib kо’rinsalar-da, aslida har bir kо’rsatayotgan ―yordamlari evaziga mintaqada о’z mav-qeini mustahkamlashga harakat qildilar. Aslida bunday harakat-larning bо;lishi tabiiy holdek kо’rinsada, ammo ularda ham min-taqa davlatlari va xalqlarini bir–biriga qarama – qarshi qо’yishga intilishlar yо’q emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |