Milliy g‘oya tarixi va nazariyasi


-mavzu: Milliy g’oyada milliy va diniy bagrikenglik tamoyili



Download 1,32 Mb.
bet114/148
Sana25.01.2022
Hajmi1,32 Mb.
#409879
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   148
Bog'liq
2 5465437667611119895

17-mavzu: Milliy g’oyada milliy va diniy bagrikenglik tamoyili

(2 soat)








R e j a:

1. Milliy bag‘rikenglik‖ va ―Diniy bag‘rikenglik‖ tushunchalarining ma‘no-mazmuni. Milliy bag‘rikenglik va ko‘pmillatlilik.

2. Ko‘pdinlilik, dinlararo bag‘rikenglik, vijdon erkinligi kabi tushunchalarning mazmuni va mohiyati.

3. Milliy g‘oyaning milliy bag‘rikenglikka zid holatlar, milliy ayirmachilik va separatizm kabilarning oldini olishdagi ahamiyati.





MAVZUGA OID TAYANCH TUSHUNCHA VA IBORALAR:

Millatlararo munosabatlarni takomillashtirish masalalari O’zbekistonda titul,

davlatga o’z nomini bergan millat bo’lgan o’zbeklarga alohida mas‘uliyat yuklaydi. Chunki bu yerda ta‘kidlab ko’rsatmasak ham jahonda mamlakatga o’z nomini bergan millat vakil-lari kam sonli millat vakillariga tazyiq o’tkazayotgan davlatlar hozir ham uchrab turadi. Bunday holat esa bizning tariximiz va milliy istiqlol g’oyamizga butunlay ziddir. I.A.Karimov ta‘kidlaganlaridek: ―Respublika aholisi o’rtasida ko’pchilikni tashkil qiladigan o’zbek millatining muqaddas burchi ona tilini, o’z milliy madaniyati va tarixini tiklashdangina iborat emas, balki birgalikda hayot kechiruvchi kamsonli xalqlarning taqdiri uchun, ularning o’ziga xos madaniyma‘naviy xususiyatlarini saqlab qolish uchun, kamol topishi va o’zligini namoyon etishi uchun ularga teng sharoit va imkoniyatlar yaratib berish borasida mas‘ul bo’lishdan ham iboratdir‖. Davlat o’zini demokratik davlat deb e‘lon qilgani bilan millatlararo munosabatlar bilan bog’liq muammolar yo’q bo’lib qolmaydi. Huquqlarni deklaratsiya qilish bilan bir qatorda uni amalga oshirish yo’lida konkret ishlar qilinsagina, tenglik real xarakter kasb etadi. Shu nuqtai nazardan qaraganda, respublikamizda milliy-madaniy ehtiyojlarni qondirishga qaratilgan institutsional asoslarning yuzaga kelishi uchun ham tegishli shart sharoitlar yaratildi. Millatlararo munosabatlarni yanada takomillashtirish, milliy qadriyatlarni saqlab qolish va rivojlantirish borasidagi ishlarni izchil davom ettirish hamda milliy-uslubiy yordam berishni yo’lga qo’yish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 1992 yil 13 yanvardagi qarori bilan Respublika baynalmilal madaniyat markazining tashkil etilgani fikrimizning isboti bo’la oladi. 1991 yilda bor-yo’g’i 10 tacha bo’lgan Milliy madaniyatlar markazlari soni 2005 yilning 1 martiga kelib 138 taga yetdi. Ular bu-gungi kunda milliy qadriyatlarni tiklash yo’lida keng qamrovli ishlarni amalga oshirmoqda.

Millatlararo munosabatlarni takomillashtirish bilan bog’liq tadbirlarni tashkil etishda ayrim xorijiy ommaviy axborot vosi-talarida quyidagi masalalarga alohida urg’u berilayotgani va mamla-katimizdagi real voqelik buzilib talqin

qilinayotganiga e‘tibor berish maqsadga muvofiq:

– Mamlakatimizda tashqi migratsiya jarayonlari barqarorlashgan bo’lsada, u bilan bog’liq faktlar buzib talqin qilinmoqda;

– respublikamiz xukumati tomonidan olib borilayotgan ishlar noxolis baholangan holda, Orolbo’yi muammosiga milliy tus berishga harakat qilinmoqda;

–O’zbekistonning go’yoki qo’shni davlatlarga hududiy da‘volari mavjudligi haqida gapirilmoqda;

– milliy g’oya masalasi faqat o’zbeklarning g’oyasi sifatida talqin etilmoqda;

– go’yoki, milliy tillarda axborot maydonining qisqarib borayot-gani haqida gapirilmoqda. Vaholanki, faktlar buning aksini ko’rsatadi. Birgina misol. Mustaqillik yillarida televedenieda rus tilidagi efir hajmi 4.4 barobar, boshqa tillardagi efir hajmi esa 30 barobar o’sadi. Bugungi kunda televidenieda o’zbek, qoraqalpoq va rus tillari-dan tashqari mamlakatimiz xalqlarining 7 tilida ko’rsatuvlar olib borilmoqda. Radioda sodir bo‗lgan o‗zgarishlar bundan ham sezilarlidir. Mustaqillikkacha jami 6 (o’zbek, qoraqalpoq, rus, qozoq, tojik va qirim-tatar) tilda eshittirishlar olib borilgan. Ayni paytda, bu tillar qatoriga qirg‗iz, uyg‗ur, boshqird-tatar tillardagi eshit-tirishlar ham qo’shildi.

―Ta‘lim tizimida boshqa millat va elat vakillarning ulushi kamayib bormoqda‖ degan mutlaqo o’rinsiz va notog’ri bo’lgan ma-lumotlar tarqatilmoqda. Vaholanki, 7 tilda oliy va o’rta ta‘lim olib borilmoqda. Oliygohlar talabalarining milliy tarkibi aholining umumiy milliy tarkibini aks ettirishi barobarida qardosh tillarda faoliyat ko’rsatayotgan 20 dan ortiq fakultet va bo’limning 30 foizi mustaqillik yillarida ochildi.

Bundan tashqari, Milliy madaniyat markazlari qoshida ―Yakshanba maktablari faoliyat ko’rsatmoqda. Masalan, polyak, ukrain, grek milliy madaniy markazlari qoshida tashkil etilgan ―Yakshanba‖ maktablarida tahsil olgan 10 dan ortiq yoshlar o’z ona tillarini mukammal o’rganib olib, etnik vatanlari oliygohlarida o’qimoqda. 1989 yildagi aholini ro’yxatga olish 200 mingga yaqin koreyslarning 99 foizi ona tilida o’qish va yozishni bilmasligini ko’rsatgan edi. Hozirgi kunda koreys

―Yakshanba‖ maktablarida ta‘lim oluv-chilarning 72 foizi koreyslar bo’lsa, 10 foizini o’zbeklar, 18 foizi-ni boshqa millat va elat vakillari tashkil etadi. Toshkent, Buxoro va Samarqand shaharlarida ivrit tili, yahudiy xalqi tarixi, madaniyati o’rganila boshlagani ham mustaqillik bergan imkoniyat samarasidir.

Millatlararo totuvlik haqida so’z ketar ekan, mustaqil O’zbekistonda, xalqning turmush tarzida bag’rikenglikning barcha ko’rinishlari mavjudligini alohida ta‘kidlash lozim. Qayd etilgan ayrim fikrlar va dalillar ham respublikamizda amalga oshirayotgan milliy siyosatning mohiyatini anglab yetishga xizmat qiladi. Aynan shunday siyosat tufayli mamlakatimizda etnik munosabatlarning tenghuquqlilik, o’zaro hurmat, do’stlik va hamkorlikka asoslangan o’ziga xos sifatiy holati – millatlararo totuvlik qaror topdi. I. Karimov ta‘kidlaganidek: ―alohida g’urur va iftixor bilan ta‘kidlab aytmoqchimanki, O’zbekistonning boyliklari ko’p, lekin bizning eng katta boyligimiz, eng yuksak qadriyatimiz, bu – jamiyatimizda hukm surayotgan tinchlik, millatlararo do’stlik va hamjihat-likdir‖. Diniy bag’rikenglik ozod va farovon Vatan qurishning sharti sifatida. Mamlakatimizda barcha millat vakillarining tinch va ahil yashashiga o’zbek xalqining azaliy diniy bag’rikengligi, hukumatimizning oqilona siyosati ham muhim rol o’ynamoqda.

Yuqorida keltirilgan chizmadan ko’rinib turibdiki, oilaviy, ham-kasblar,

qarindoshlar, qo’shnilar, mahalla, millat, millatlar totuvligi kabi bag’ri kenglikning ham ko’rinishlari va namoyon bo’lishi turlichadir. Ma‘lumki, diniy bag’rikenglik (tolerantlik) – xilma xil dinlarga e‘tiqod qo’ygan kishilarning ezgu g’oya va niyatlar yo’lida hamkor va hamjihat bo’lib yashashi, jamiyat ravnaqi yo’lida mehnat qilishlarini anglatadi. Insoniyat o’zini anglagan juda qadim zamonlardan boshlab, nimalargadir ishonib, e‘tiqod qilib kelgan. Mohiyatiga ko’ra dinlar ez gulik g’oyasiga asoslangan bo’lib, yovuz kuchlar azaldan ulardan o’z maqsadlari yo’lida foydalanishga harakat qilganlar. Natijada millionlab insonlar begunoh qirilib ketishgan. Inkvizatsiya tufayli minglab kishilar dahshatli qiynoqlar bilan

o’ldirilgan. Hozir insoniyat taraqqiyotning shunday bir davrida yashamoqdaki, uning buguni va kelajagi uchun insonni insonga dushman qiladigan har qanday diniy talqinu, ta‘limotlar yadro qurollaridan ham xavfliroqdir. Bizning yurtimizda qadim qadimdan zardushtiylik, buddaviy-lik, xristianlik va yahudiylik dinlariga e‘tiqod qilgan kishilar ahil yashab kelganlar. Bu asriy an‘ana hozirgacha davom etmoqda. Diyorimizda turli millat va dinga mansub kishilar o’z taqdirlari va farzandlari kelajaklarini O’zbekiston bilan bog’lab diniy bag’rikenglik qilayotganlari haqida Islom Karimov shunday deydi: ―Bizda mu-rosaning\ ildizlari uzoq asrlarga borib taqaladi. Shuning uchun ham, mamlakatimiz hududida islomning o’lmas va mangu qadamjolari bilan yapon olimi Kato Surxondaryo vohasida topgan noyob budda madaniyati yodgorliklari, yahudiy yodgorliklari, Buxoroda nasroniylarning ziyo-ratgohlari bir qatorda turishi hech kimni ajablantirmaydi.Bugungi kunda shaharlarimizda turli dinlarga mansub muas-sasalar – musulmonlarning masjidlarini, yahudiy sinagogalarini, katolik va protestant mazhablarining tarli shaxobchalariga oid ibodatxonalarini ko’rishingiz mumkin‖.

Ma‘lumki, din ham, mafkura ham, siyosat ham odamlarni ishontirishga, ya‘ni insonning ma‘naviy dunyosiga tayanadi. Shunday ekan, diniy bag’rikenglik milliy istiqlolimiz g’oyasining asosiy shart-laridan biri bo’lib qolaveradi.





Download 1,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   148




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish