Milliy g‘oya tarixi va nazariyasi



Download 1,32 Mb.
bet99/148
Sana25.01.2022
Hajmi1,32 Mb.
#409879
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   148
Bog'liq
2 5465437667611119895

Milliy g‘oya – u yoki bu millat, xalq, elatning milliy an’analarini, turmush tarzini va tanlab olgan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy tizimni va umuman milliy manfaatlarni himoya qiladigan, qo‘llab-quvvatlaydigan, ularni mustahkamlash uchun ko‘maklashadigan qarashlar majmuidan iborat. O‘z tarixi va taraqqiyotining tub burilish davrlarida har qanday millat va xalq kelajagini belgilaydi, unga etishning o‘ziga mos yo‘llarini tanlaydi. Ana shu jarayonga xos ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy yo‘nalishlar bilan barcha g‘oyaviy tamoyillarini ham belgilab oladi. Bunda butun millat uchun umumiy bo‘lgan g‘oyalar nihoyatda katta ahamiyat kasb etadi. «Milliy g‘oya: asosiy tushuncha va tamoyillar» risolasida O‘zbekiston Birinchi Prezidenti Islom Karimov tomonidan nazariy jihatdan asoslab berilgan «Vatan ravnaqi», «Yurt tinchligi», «Xalq farovonligi», «Komil inson», «Ijtimoiy hamkorlik», «Millatlararo hamjihatlik», «Diniy bag’rikenglik» kabi g‘oyalar ana shunday umummilliy g‘oyalar qatoriga kiradi.

Mustaqillik yillarida shakllanish yо’liga kirgan milliy istiqlol mafkurasiv xalqimizning asriy an‘ana va qadriyatlarini, milliy о’zligimizni о’zida mujassamlashtirib, ularni umuminsoniy qadriyatlar, dunyo sivilizatsiyasi yutuqlari

hamda ilg’or, taraqqiyparvar g’oyalar bilan boyitib, mamlakatimiz о’z oldiga qо’ygan ezgu maqsad va vazifalarni aniq-ravshan aks ettiradi. Uning vositasida har

bir vatandoshimiz biz qanday jamiyat,qanday davlat, qanday tuzum barpo etmoqdamiz, uning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-ma‘naviy asoslari nimalardan iborat,

degan savollarga javob topa oladi. Islom Karimovning «О’zbekistonning о’z istiqlol va taraqqiyot yо’li», «О’zbekiston buyuk kelajak sari», «О’zbekiston XXI asrga intilmoqda» kabi asarlarida hamda kо’plab ma‘ruza va nutqlarida О’zbekiston xaqi qanday maqsad sari intilayotgani, qanday jamiyat barpo etgani ilmiy asosda keng va atroflicha yoritib berilgan. Ayniqsa, I Karimovning «О’zbekiston XXI asrga intilmoqda» asarida mustaqil taraqqiyot yillarida orttirilgan tajribalarga tayangan holda, sobiq sovet tuzumining og’ir asoratlariga qaramay, yurtimiz katta rivojlanish yо’li, О’zbekiston yangi asrga qanday rejalar bilan kirib borayotgani asoslanadi. Yurtimizda ma‘no-mohiyatiga kо’ra butunlay yangi jamiyat barpo etish va XXI asrning dastlabki yillariga mо’ljallangan taraqqiyot strategiyasining ustuvor yо’nalishlari kо’rsatib berilgan. Ma‘lumki, biz qanday jamiyat barpo etmoqdamiz, degan masala mustaqillikka erishganimizdan buyon dolzarb ahamiyat kasb etib kelmoqda. Bu masala I. Karimovning mazkur asarida ayniqsa о’zining tugal va mukammal ifodasini topdi. Unda qurilajak yangi jamiyatning ilmiy-falsafiy konsepsiyasi, jamiyat hayotini tubdan isloh etishning navbatdagi strategik vazifalari asoslab berilgan. Ana shu masalalarni bajarish milliy istiqlol g’oyasining pirovard maqsadlarini belgilaydi va bu maqsadlarga yetishga xizmat qiladi. Bizning bosh strategik maqsadimiz – ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot, bozor iqtisodiyotiga asoslangan erkin demokratik jamiyat barpo etishdir. Bozor iqtisodiyoti, eng avvalo, kо’pmulkchilikka va ular о’rtasidagi raqobatga tayanadi. Unda mulkning barcha qonuniy shakllari teng huquqqa ega bо’lib, bu huquq davlat tomonidan kafolatlanadi. Iqtisodiy taraqqiyotni bozordagi talab va taklif yо’lga soladi va boshqara boshlaydi. Uni markazdan turib boshqarishga, mablag’ va fondlarni rejali taqsimlashga hojat qolmaydi. Sobiq sotsialistik mamlakatlarning tajribasi shuni kо’rsatadiki, markazdan turib boshqariladigan rejali iqtisodiyot oxir-oqibatda baribir tanazzulga yuz tutadi. Kо’pmulkchilikka asoslangan bozor iqtisodiyotini joriy qilish orqali yurtimizda

yashaydigan barcha insonlar uchun millati, tili va dinidan qat‘i nazar, munosib hayot sharoiti yaratib berish, rivojlangan demokratik mamlakatlardagi kabi kafolatlangan turmush darajasi va erkinliklarni ta‘minlash — davlatimiz siyosatining mazmunmohiyatini ifodalaydi. Lekin bozor iqtisodiyoti munosabatlariga о’tish va ularni amalda joriy qilishning tayyor andozasi yo’q. Bu borada biz hatto jahondagi eng yuksak rivojlangan mamlakatlar tajribasini ham kо’r-kо’rona qо’llay olmas edik. Chunki bizning mamlakatimiz iqtisodiyotining tarkibiy tuzilishi, qazilma boyliklari va iqlim sharoiti, tabiiy resurslari, xalqimizning mentaliteti, aholi tarkibi va о’sishi biror mamlakatnikiga aynan о’xshamaydi. Boshqa davlatlarda yaxshigina samara beradigan taraqqiyot modeli bizda hech qanday natija bermasligi yoki aksincha, inqirozni yanada chuqurlashtirishi mumkin edi. (Masalan, ayrim Hamdо’stlik mamlakatlarining shok terapiyasi usulini qо’llab, qiyin ahvolga tushib qolganini eslang).

Shu bois xalqimiz irodasi bilan tanlab olingan va о’zimizga mos rivojlanish bu — ijtimoiy larzalarsiz, inqilobiy sakrashlarsiz, tadrijiy tarzda olg’a borishni taqozo etadigan yо’ldir. Milliy istiqlol g’oyasi ana shu yо’lda fuqarolarni birlashtiradi, yakdil va hamfikr bо’lishlariga xizmat qiladi. Jamiyat taraqqiyotining ustuvor yо’nalishlarini qat‘iy belgilab olib, asosiy kuch va imkoniyatlarni bir joyga tо’plab, avvalo ana shu ustuvor yо’nalishlar bо’yicha taraqqiyotni ta‘minlash, islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish orqali bozor munosabatlariga asoslangan demokratik odil jamiyat barpo etish О’zbekiston tanlagan yо’lning ma‘no mazmunini tashkil etadi.
Milliy g‘oyaning xalq ishonchi va e'tiqodiga aylantirish mezonlari

Milliy g‘oyani «tashuvchilarning» eqtiyojlari va manfaatlari umumiyligiga qaramasdan har biriga individual va differentsial yondoshgan qolda, uni xalqning ishonch va e'tiqodiga aylantirilishning o‘ziga xos mezonlari mavjud. Ya'ni,



  • millatning o‘zligini anglashi va jaqon umumiy tarixiy taraqqiyoti hamda tsivilizatsiyasiga mansubligini unga qo‘shgan va qo‘shayotgan qissasini e'tirof qilishi va qilinishi;

  • millatning ijtimoiy-siyosiy, g‘oyaviy-mafkuraviy mustaqilligi va uni mustahkamlash imkoniyatlarini yaratishi, Vatanga sadoqati;

  • jaqon hamjamiyatidagi mavqyeini mustahkamlanishi, o‘ziga xos va mos nufuzga ega bo‘lishi;

  • milliy taraqqiyotning istiqbollarini belgilaydigan strategiyasini ishlab chiqishda va uni amalga oshirishning taktikasini belgilashda milliy-ma'naviy qadriyatlariga va umuminsoniy madaniyatning uyg‘unligiga milliy istiqlol g‘oyasining negizlari sifatida qarash zaruriyatini hisobga olish.

Yoshlarda Milliy g‘oyaga ishonch va e'tiqodni shakllantirish

Yoshlarda milliy g‘oyaga ishonch va e'tiqodni shakllantirish hamda tarbiyalash jarayonida bir haqiqatni o‘zimizga yaxshi anglab olishimiz kerakki, milliy mafkurani faqat tepadan turib yaratib va hayotga joriy etib bo‘lmaydi. Buning ustiga jaqon tajribasiga nazar tashlasak, millatning mafkurasi bir emas, balki bir necha avlodning umri davomida ishlab chiqilishi va takomiliga erishuviga guvoq bo‘lishimiz mumkin. Shu nuqtai nazardan milliy g‘oyaning muhim vazifalaridan biri komil insonni, barkamol shaxsni tarbiyalashdan iboratdir. Komil insonni, barkamol shaxsni tarbiyalashning muhim vositalari bo‘lgan ta'lim-tarbiya, fan va ilmiy muassasalar, madaniyat va ma'rifat, adabiyot va sanhat, din, jismoniy tarbiya va s'ort sohalariga, fanlarning mazmuniga Milliy istiqlol g‘oyalarini singdirish, alohida ahamiyatga ega. Milliy g‘oyaga ishonch va e'tiqodli bo‘lishda yoshlarning tariximizga, milliy qadriyatlarimiz, urf-odat va an'analarimizga, merosimizga, tarix hamda ona tilimizga munosabati, uni bilishi muhim rolg‘ o‘ynaydi. Bu yo‘nalishning boshqa ta'lim-tarbiya sohalari bilan umumiyligi va farqi, tashkiliy jihatdan olganda, quyidagi xususiyatlarga ega:

- yoshlarning milliy o‘zligini anglashi va xulq-atvorini shakllantiriradigan ijtimoiy-siyosiy, ma'naviy-madaniy, ma'muriy-huquqiy, nazariy-metodologik asoslarini integratsiyalashtirish va omillarning uyg‘un tahsirini tashkillashtirishdan iborat.

- millat rivojlanish manfaatlarini, intilishlarini mamlakat mafkuraviy xavfsizlikni tahminlash maqsadiga yo‘naltirish, uning samaradorligini oshirish uchun ta'lim-tarbiya tizimining barcha bo‘g‘inlarida ijtimoiy-siyosiy fanlarni o‘qitishning uzluksiz, muvofiqlashgan faoliyati talab qilinadi.




Mamlakatimizda 16ta konfessiya mansub diniy tashkilotlar ekin faoliyat yuritmoda. Davlat ta’lim muassasalarida o’qitish 7 tiilda olib borilmoqda. O’zbekiston mIlliy teleradiokompaniyasi o’z ko’rsatuvlarini 12 tilda namoyish etmoqda, o’ndan ortiq tida gazeta va juranllar nashr etilmoqda. 137 ta milliy madaniy markazlar faoliyat yuritmoqda.
- ta'lim-tarbiya tizimida yoshlar ongida Milliy istiqlol g‘oyasini shakllantirish va ishonch-yehtiqodiga aylantirishda ijtimoiy-gumanitar va siyosiy fanlarning nisbatan mustaqil: ta'lim hamda tarbiya jarayonida: bir tomondan, integratsiyalashuv, ikkinchi tomondan esa - differentsiallashuv xususiyatlari o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni tahminlash taqozo qilinadi.

Oliy ta'lim tizimida Milliy istiqlol g‘oyasini shakllantirishga yo‘naltirilgan ta'lim: talabalarning milliy ongi va tafakkurini rivojlantirishga, shunga oid zarur nazariy bilimlarni, seminar ko‘nikmalarni qosil etishga; milliy g‘oyaviy tarbiya esa - yoshlarga ona-Vatanni asrab-avaylash borasidagi ma'naviy mashuliyat qissini, fuqarolik burchini, majburiyatini anglash sohasida faol hayotiy mavqyeini shakllantirishga ko‘maklashadi.

Ijtimoiy-siyosiy fanlarni o‘qitish jarayonida, ta'lim-tarbiyaning turli usul va vositalari majmuasi yordamida, talabalar ongida milliy g‘oyaga doir tushunchalar, tasavvurlar shakllanadi.

Boshqacha aytganda, Milliy istiqlol g‘oyasini yoshlar ishonchi va e'tiqodiga aylantirishga qaratilgan ta'lim-tarbiyaning samaradorligi - fanlarning shu maqsad asosida o‘zaro mushtarakligiga bog‘liq. Yahni, turli sohalardagi bilimlar majmuasining Milliy istiqlol g‘oyasi doirasida integratsiyalashuvi va differentsiallashuvi, muqobillashuvi va muvofiqlashuvi yoshlar bilim saviyasini, dunyoqarashlari mazmunini belgilab turadi.

Milliy istiqlol g‘oyalarini singdirish - milliy g‘urur, iftixor qissini va ma'naviy madaniyatni shakllantirishning 'irovard natijalaridan biridir. Yosh mutaxassis-kadrlarning, ziyolilarning o‘qishni tugatgandan keyin, joylarda Milliy istiqlol g‘oyalarini, ijtimoiy-siyosiy bilimlarni, seminar ko‘nikmalarni keng xalq ommasiga transformatsiya qilib, ishonch-yehtiqodiga aylantirishida, mamlakatimiz mafkuraviy xavfsizligini tahminlashda «ziyoli odam o‘z tafakkur saviyasi, 'ok yuragi, ichki madaniyati bilan mutlaqo bo‘lakcha inson»8 g‘oyaviy-nazariy jihatdan bilimdon, tashabbuskor rahbarlar, birinchi navbatda, davlatning milliy-mafkuraviy xavfsizlik siyosatiga mashul shaxslardir.

Milliy g‘oyaning xalq ishonchi va e'tiqodiga aylanish mezonlari barcha shaxs, ijtimoiy guruhlar uchun umumiyligi bilan xarakterlanadi hamda milliy istiqlolning Vatan ravnaqi, yurt tinchligi va xalq farovonligini tahminlashdan iborat bosh g‘oyasini amalga oshirish shaxs sifatlarini qaror to‘tirish bo‘lib, bular quyidagilardan iborat:

- vatan'arvarlik tuyg‘usini shakllantirish va uni shaxs hayot tarziga aylantirish;

- tinchlik uchun kurashning har bir shaxs ijtimoiy-siyosiy, hayotiy eqtiyoj mazmuniga aylanishi;

- el-yurt farovonligi uchun fidoiylik xususiyatlarining shakllanishi va seminar faoliyat asosiga qo‘yilishi;

- millatlararo va dinlararo bag‘rikenglik xislatlarining vujudga kelishi va seminar faoliyat dasturga aylanishi;

- shaxsiy va ijtimoiy guruh manfaatlari tizimida xalq, millat manfaatlari ustuvorligini tahminlashi;

- milliy g‘oyaning asosiy va tarkibiy qismi bo‘lgan, tarixiy qadriyatlarimizni saqlash va jamiyat taraqqiyotiga mos ravishda rivojlantirish, ularni xalq ishonchi va e'tiqodiga aylantirishining shartlari sifatida namoyon bo‘ladi. Milliy g‘oyaga ishonch va e'tiqod faqatgina jozibador va maftunkor g‘oyalarda ifodalanmasdan, balki ular seminar faoliyat dasturiga aylangandagina moqiyat-mazmunini namoyon qiladi.




Download 1,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   148




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish