О’zbekiston hukumati asosiy e‘tiborni milliy ma‘naviyatni rivojlantirishga,
uning huquqiy-qonuniy bazasini yaratishga qaratdi. Jumladan, О’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 42-moddasida «Har kimga ilmiy va texnikaviy
ijod erkinligi, madaniyat yutuqlaridan foydalanish huquqi kafolatlanadi. Davlat
jamiyatning madaniy, ilmiy va texnikaviy rivojlanishiga g’amxо’rlik qiladi»deyiladi. Islom Karimovning asarlari, nutqlarida milliy tiklanish masalasiga
konseptual-nazariy jihatdan tamomila yangicha tarzda munosabatda bildirilgan. Ta‘kidlash lozimki, unining bu boradagi konsepsiyasi sobiq sovet mustabid tizimi va uning mafkurasining siyosiy-g’oyaviy jihatdan cheklanganlik mohiyatini ochib berishdan boshlandi. Ayniqsa, I.Karimovning sovet mustabid tizimi davridagi hukmron mafkura va ta‘lim tizimi tо’g’risida fikrlarini anglab yetish о’sha davrning mohiyatini bilish uchun juda kerak edi. «Bizga meros bо’lib qolgan ta‘lim-tarbiya tizimining ma‘lum bir ma‘qul jihatlari bilan bir qatorda uning eng nomaqbul tomoni shundan iborat ediki, - deydi I.Karimov, - о’quv jarayonida о’quvchi va talabalarni mustaqil va erkin fikrlashga yо’l qо’ymaslik, har qaysi о’quv yurtini bitiruvchilarning bilimiga qarab emas, avvalo, ularning sobiq sovet tuzumiga va soxta g’oyalarga sadoqatini hisobga olib baholash va hayotga yо’llash tamoyili asosiy о’rinni egallar edi. Kо’p joylarda sifat о’rniga son ketidan quvish ustunlik qilardi. Kо’pchilik haqiqiy bilim yoki malaka orttirish maqsadida emas, amal-taqal qilib diplomli bо’lib olish ilinjida texnikum yoki institutlarga kirar edi. Bu tuzumdan bizga qolgan meroslar ichidagi shunga о’xshagan salbiy asoratlarni, afsuski, hozir ham sezib turibmiz»
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev bugungi kun talablaridan kelib chiqqan holda milliy mafkuramiz g‘oyalarini muvaffaqiyatli tarzda amaliyotga tadbiq etmoqda. Jumladan, ma’naviy tarbiyani yanada takomillashtirishga bag‘ishlangan qarorlarida, Toshkentda Islom sivilizatsiyasi markazi, Samarqandda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Termizda Imom Termiziy xalqaro markazi, Buxoroda Mir Arab oliy madrasasi va Qarshida Nasafiylar markazini bunyod qilish bo‘yicha olib borayotgan say’i harakatlari ham I.Karimovning milliy mafkura konsepsiyasini amalga oshirish yo‘lidagi amaliy faoliyatining uzluksiz davomidir.
Darhaqiqat, sovet mafkurasi manfaati uchun mustaqil fikrlaydigan, siyosiy
ongi va madaniyati kuchli shaxsning keragi yо’q edi. Chunki bunday shaxsv g’oyaviy-mafkuraviy jihatdan boqimandalika mahkum etilgan bо’lib, uni boshqarish oson bо’lardi. I.Karimov tomonidan sovet mustabid tizimi mafkurasi mazmun-mohiyatining ochib berilishi shu nuqtai nazardan g’oyat muhimdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |