Milliy g‘oya tarixi va nazariyasi


MAVZUGA OID TAYANCH TUSHUNCHA VA IBORALAR



Download 1,32 Mb.
bet17/148
Sana25.01.2022
Hajmi1,32 Mb.
#409879
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   148
Bog'liq
2 5465437667611119895

MAVZUGA OID TAYANCH TUSHUNCHA VA IBORALAR:

Milliy tiklanish, ma‘naviy yuksalish, g’oyaviy bо’shliq, kommunizm

g’oyasi, milliy istiqlol g’oyasini shakllantirish, g’oyaviy-mafkuraviy masala, mafkuraviy siyosat, kommunistik mafkurani bartaraf etish, milliy tiklanishning g’oyaviy asoslari, konsepsiya.


Mustaqillikning ilk yillarida О’zbekistonda jamiyat g’oyaviy-mafkuraviy asoslarining о’zgardi. Kommunistik g’oyadan butkul voz kechildi. Chunki, О’zbekistonda qurilayotgan yangi jamiyat о’zining g’oyaviy-mafkuraviy asoslariga suyangandagina pirovard maqsadga erishish mumkin. Qayd etish lozimki, о’zbek xalqining ming yilliklar davomida yaratgan о’ziga xos g’oyalari - tinchlik, ozodlik, hurlik, mustaqillik, ezgulik, barqarorlik, ma‘naviy barkamollik, shaxsni ulug’lash, uning manfaatlarini hurmatlash - bularning bari yangi shakllanayotgan jamiyatimizning g’oyaviy poydevori hisoblanadi.


Milliy ma’naviy tiklanish- u yoki bu millat hayotida tarixiy tarqqiyotning ma’lum bosqichiga kelib musataqillikni qo’lga kiritishi natijasida milliy rivojlanish borasida boy berilgan imkoniyatlardan foydalanish, o’tmishda yaratilgan barcha moddiy va ma’naviy boyliklari milliy rivojlanishga yo’naltirilgan umumiy faoliyat. Milliy ma’naviy tiklanish deganda qaramlik holtiga tushib qolgan boy ma’naviy boyliklaridan o’z tarqqiyotida foydalanishdan mahrum etilgan va mustaqil bo’lish tufayli ulardan foydalngan holda tarqqiy etishda faollik ko’rsatishdagi umummilliy harakat tushuniladi.

Kо’hna qadriyatlarimiz, olimu ulamolarning asarlari jamiyatning g’oyaviymafkuraviy asosini yaratishda juda muhim ahamiyatga ega bо’ldi. Yurtimiz xalqlarining tarixi, madaniyati о’z ildizlari bilan asrlar qa‘riga borib taqalishi va uzoq ming yillarni о’z ichiga olishini qadimgi fors yozuvchilarining, xitoy, arman va suriyalik geograf va tarixchilarning yozib qoldirgan ma‘lumotlari, Nosiriddin Burhonuddin Rabg’uziyning «Qisasi Rabg’uziy», Alisher Navoiyning «Tarixi muluki Ajam», Firdavsiyning «Shohnoma» asarlaridan, zardushtiylikning

muqaddas kitobi «Avesto»dan, shuningdek, Bexistun, Bundaxishn, qadimgi turkiy

bitiklar, jumladan О’rxun-Yenisey yodgorliklaridan aniq va ravshan bilib olishimiz

mumkin. Milliy g’oya va mafkuramizning ildizlari о’ta qadimiy ekanligiga yunonistonlik olimlar - Arrian, Kursiy, Plutarx, Geradot, Straban, shuningdek, Abu

Rayxon Beruniy, Narshaxiy va boshqa mutafakkirlarning asarlari ham guvohlik beradi. Qayd etish lozimki, О’zbekistonda milliy tiklanish, bir tomondan milliy О’zlikni anglash, boshqa tomondan, jamiyatning g’oyaviy-mafkuraviy asoslarini

yaratish, uchinchi tomondan esa bozor iqtisodiyoti munosabatlariga о’tish asnosida yuz berdi. ―Ayni vaqtda biz jamiyatni va jamiyat tafakkurini yangilashning inqilobiy usullariga, bu jarayonni sun‘iy ravishda chetdan turib, zо’ravonlik yо’li bilan tezlashtirishga qaratilgan har qanday urinishlarga mutlaqo qarshimiz. Biz barcha sohalarda, jumladan, ma‘naviy sohada ham tadrijiy-evolyusion islohotlar yо’li tarafdorimiz va bunga qat‘iy amal qilamiz. Ya‘ni, sodda qilib aytganda, odamlarning dunyoqarashi, e‘tiqod va tafakkurida demokratik tamoyillar vademokratik qarashlarning kengayishi va mustahkam о’rin topishi avvalambor hayotning tabiiy yurishi bilan, ularning moddiy turmush darajasi va madaniy saviyasi tobora rivojlanishi va yuksalishi bilan chambarchas bog’liq ekanini hayotning о’zi taqozo etadi. Ma‘lumki, sotsialistik ishlab chiqarish usulidan bozor munosabatlariga о’tish о’z-о’zidan bо’lmaydi. Buning uchun kishilardagi eskicha tafakkur tarzini о’zgartirish, iqtisodiyotda erkinlashtirish jarayonini avj oldirish, islohotlarni chuqurlashtirish kerak edi. Bu borada ayniqsa xо’jalik yurituvchi subyektlarning mustaqilligini oshirish, tadbirkorlikni rivojlantirish, uning huquqiy bazasini mustahkamlash lozim bо’ldi. Mustaqillik yillari bu borada ulkan ishlar bajarildi. Biroq, hali bajarilishi lozim bо’lgan vazifalar kо’p. «Bu - bozor islohotlarini yanada chuqurlashtirish, kuchli bozor infratuzilmasini yaratish, barqaror va о’zaro mutanosib, mustahkam iqtisodiyotning muhim sharti bо’lgan erkin iqtisodiyot tamoyillarini joriy etishdan iborat Bu yо’nalish yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarishda yetakchi о’rinni egallaydigan, fuqarolarning muhim daromad manbai va mulkdorlar sinfini shakllantirishning asosi bо’lgan xususiy sektorning mavqeini yanada oshirish, kichik va о’rta biznes hamda tadbirkorlikni jadal rivojlantirishni taqozo etadi.


Mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish eng avvalo uning g’oyaviy-mafkuraviy asoslarini mustahkamlashni talab etadi. Agar har bir sohadagi, jumladan, iqtisodiy jabhadagi islohotlar g’oyaviy-mafkuraviy jihatdan ta‘minlanmas ekan, jiddiy milliy tiklanish tо’g’risida fikr yuritish mushkuldir. Xо’sh, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda uning qaysi g’oyaviymafkuraviy asoslariga suyanish lozim? Avvalo, iqtisodiy hayot erkinlashishi lozim. Shuningdek, kо’p ukladli iqtisodiyotni yaratish, mulkdorlar sinfining shakllanishi о’ta muhimdir. Biroq, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishdagi eng muhim g’oyaviy asos - fuqarolarda yangicha iqtisodiy tafakkurni shakllantirish, ularning dunyoqarashini о’zgartirish, har bir kishiga о’z mehnatini sarflash sohasi va shakllarini mustaqil belgilash imkoniyatini yaratib berishdir. Mamlakat iqtisodiy hayotini barqarorlashtirish, milliy g’oya konsepsiyasida ijtimoiy hamkorlik va evolyusion taraqqiyot kabi g’oyalarning о’rni kattadir.

Ijtimoiy hamkorlik davlat va millat taraqqiyotida har bir soha uchun muhimdir. Siyosat, ijtimoiy soha, iqtisodiyot, madaniy jabhadagi hamkorlik milliy

tiklanish uchun kuchli poydevor hisoblanadi. Ayniqsa shu narsani yodda tutish lozimki, davlatning bosh islohotchilik roli jamiyatdagi ijtimoiy hamkorlikni ta‘minlaydigan iqtisodiy asoslarni, siyosiy vazifani, madaniy muhitni, qonuniy huquqiy munosabatlarni takomillashtirish, boshqarish va nazorat qilish faoliyatida

yaqqol namoyon bо’ladi. О’zbekistonning hozirgi ijtimoiy taraqqiyotidagi muhim jihatlardan yana biri - bu yangi jamiyat barpo etish va milliy tiklanish jarayonida evolyusion rivojlanishning ustuvor ahamiyatga ega ekanligidir. Ma‘lumki, bosqichma-bosqich, tadrijiy rivojlanish yо’li nafaqat bozor iqtisodiyotiga о’tishda, shuningdek, barcha sohalarda muhim о’rin egallaydi. О’zbek xalqining mentalitetiga xos bunday tadrijiy taraqqiyot pirovard natijada О’zbekistonda demokratik, insonparvar huquqiy davlat qurishning kafolati hisoblanadi. Shu bois mustaqillik yillarida mamlakatimizda jamiyat ijtimoiy hayotining asoslariga yangicha qarash shakllanib, uning huquqiy asoslari yaratildi. О’zbekistonda jamiyat ijtimoiy hayot sohalarining siyosiy institutlar, mafkuralar va fikrlar xilma xilligiga asoslanmoqda. Hech bir mafkuraning davlat mafkurasi sifatida о’rnalitishi mumkin emasligi konstitusiyaviy asoslar bilan mustahkamlab qо’yildi. Bularning barchasi milliy istiqlol g’oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar konsepsiyasini ishlab chiqish ehtiyojini keltirib chiqardi. Birinchi Prezident Islom Karimov asarlarida milliy istiqlol g’oyasining nazariy va amaliy jihatdan asoslab berildi.


О’zbekistonda milliy g’oya konsepsiyasi milliy mafkuraning bosh g’oyasi bilan uyg’undir. Haqiqatdan ham «О’zbekiston xalqining milliy taraqqiyot yо’lidagi bosh g’oyasi - ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etishdir. Bu g’oya xalqimizning azaliy ezgu intilishlari, bunyodkorlik faoliyatining ma‘no-mazmunini belgilaydi. Har bir inson, uchun muqaddas bо’lgan yuksak gumanistik qadriyatlarni о’zida mujassam etadi. Mamlakatimizda milliy tiklanish g’oyasini amalga oshirish millat va jamiyat oldida turgan vazifalarni aniqlashtirib olishni talab qiladi. Umuman, bu vazifalar Milliy mafkuraning bosh g’oyasidan kelib chiqadi. Vatan ravnaqi, yurt tinchligi, xalq farovonligi, komil inson, ijtimoiy hamkorlik, millatlararo totuvlik, dinlararo bag’rikenglik - bular milliy tiklanish g’oyasini amalga oshirishdagi muhim nuqtalardir.


Mafkuraviy plyuralizm (lot. Pluralis - xilma-xillik, rang-baranglik) - ijtimoiy-siyosiy hayotda turli qatlam, guruhlar manfaatlarini ifoda etuvchi g`oyaviy rang-baranglikni, qarashlar va fikrlar xilma-xilligini ifodalaydi. Inson va jamiyat hayotida g`oyalar va mafkuralar xilma-xilligining namoyon bo`lishi ijtimoiy-ma'naviy ehtiyoj ifodasidir.

Yuqorida ta‘kidlanganidek, davlat va jamiyatning bundan keying rivojlanishi ijtimoiy-siyosiy hayotni erkinlashtirish va demokratiyalash bilan bevosita bog’liqdir. Boshqacha aytganda, ijtimoiy-siyosiy sohada demokratiya amalga oshirilmas ekan - milliy tiklanish tо’g’risida fikr yuritish befoydadir. Umuman, fuqarolik jamiyatini barpo etishning muhim sharti davlat va jamiyat qurilishini erkinlashtirishdir. О’zbekistonda bu jarayon «Kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari» degan tamoyil asosida olib borilmoqda. «Hammamizga ayonki, - deb qayd etadi I.Karimov, - bu yо’nalish ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar bilan bog’liq kо’p masalalarni hal qilishda davlat tuzilmalarining rolini jamoat tashkilotlariga о’tkaza borishni taqazo etadi». Darhaqiqat, О’zbekistonning hozirgi ijtimoiy-siyosiy hayotini erkinlashtirishda markaziy va yuqori davlat boshqaruv idoralari vazifalarini davlat hokimiyatining quyi tuzilmalariga, fuqarolarning о’zini-о’zi boshqarishv organlariga bosqichma-bosqich о’tkaza borishni ta‘minlash о’ta muhimdir.

«Kuchli davlatdan - kuchli jamiyat sari» konsepsiyasi о’zining g’oyaviymafkuraviy asoslariga ega bо’lib, ular О’zbekistonda mustaqillik yillarida

erishilgan yutuqlar, shakllangan qadriyatlar darajasi va kо’lami bilan belgilanadi. Kuchli davlatdan kuchli jamiyatga о’tish vazifasi birdaniga hal bо’lmaydi. Uning uchun ma‘lum shart-sharoitlar yetilgan bо’lishi lozim. Bular quyidagilardan iborat:




Download 1,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   148




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish