Ma'naviy omil ustuvor bo‘lib, iqtisodiy omil ikkinchi darajada bo‘lsa:
insonning turmush farovonligi kutilgan darajada bo‘lmaydi;
jamiyatda iqtisodiy-moddiy manfaatdorlik susayadi;
davlatning qudratiga bo‘lgan ishonch yo‘qoladi;
xalqning ertangi kunga bo‘lgan ishonchi va orzusi bir yoqlama tus oladi;
tadbirkorlik, tashabbuskorlik va optimistik ruh yo‘qolib boradi va h.k.
Ma'lum bo‘ladiki, iqtisodiy va ma'naviy omillar dialektik birlikka egadir. Bu masala insoniyat tarixida, ayniqsa Sharqda qadimdayoq juda nozik idrok qilingan. Misol uchun, mazkur masalalar sohibqiron Amir Temur tomonidan uyg‘un idrok etilib, ustalik bilan amaliyotga tatbiq etilgan. Sohibqiron kezi bilan ham iqtisodiy, ham ma'naviy omildan o‘rinli foydalangan. Bir o‘rinda istilochi mo‘g‘ul amirlariga qo‘llagan tadbiri haqida deydi: “. . . bu ochko‘z amirlarni molu-dunyo bilan mahliyo qilib, Movarounnahrni qatlu g‘oratdan qutqarib qolishga qaror qildim... ularning ko‘zlariga o‘xshab ko‘ngillari ham tor bo‘lganligidan, sovg‘a-sovrin yo‘sinida ularga berilgan har turli tansiq mollar ko‘zlariga ko‘p ko‘rinadi. Movaraunnahrni qayta bosib olish va talon-taroj qilish niyatidan qaytdilar”.9 Diqqat qilinsa, iqtisodiy omilni ustuvor bilish istilochilarni ochko‘zlik, tor ko‘ngillik, tubanlik kabi ma'naviy illatlarga duchor qilgan. Sohibqiron buni yaxshi anglab, ularni yengishning oson va sharmandali usulini tanlagan.
Iqtisodiy o‘sish bulmasa, xalq turmush farovonligi yuksalmasa, ma’naviyatning ko‘p sohalari ham rivojlanmaydi: g‘oya ta’limi, san’at, ommaviy axborot vositalari, matbaachilik, ilm-fanning moddiy bazasi nochor ahvolga tushib qoladi, jamiyatning ijodiy izlanishlari susayadi. Turli shakllardagi mafkuraviy murosasizlik, mutaassiblik tarqalishi uchun imkoniyatlar paydo bo‘ladi. Bu, o‘z navbatida, iqtisodiyot rivojlanishi uchun qo‘shimcha qiyinchiliklar tug‘diradi, chunki iqtisodiyotning yangi texnologiyalarga, yangi g‘oyalarga bo‘lgan ehtiyojlari yetarlicha qondirilmaydi. Iqtisodiy tafakkur davr talabidan ortda qola boshlaydi. Insonparvarlik, halollik yetarlicha hisobga olinmagan joyda ish beruvchi bilan ishga yollanuvchi o‘rtasida ijtimoiy sheriklik emas, qarama-qarshilik vujudga keladi.
Ikkinchidan, ma’naviyatning iqtisodiyotga ta’siri xalq xo‘jaligining qanday faoliyat ko‘rsatishida namoyon bo‘ladi. Masalan, tovarpul munosabatlarining, kredit va soliq tizimlarining, bozor infra tuzilmalarining rivojlanishi ko‘p jihatdan mazkur sohalardagi ehtiyojlarning anglab olinishiga va ularni qondirish uchun shart-sharoit yaratishga, ya’ni jamiyatda shakllangan iqtisodiy tafakkurga, axloqiy va huquqiy meyorlarga bog‘liq. Xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘rtasidagi munosabatlarning o‘zaro ishonch, xayrixohlik, qat’iy huquqiy va axloqiy meyorlarga asoslanishi ham ma’naviyatga bog‘liq.
Boshqacha aytganda, ma’naviyat iqtisodiyotning rinojlanishiga, uning qayishqoqlik yoki inertlik darajasiga, yangiliklarga va yangilanishga ochiqlik darajasiga ta’sir ko‘rsatadi. Ma’naviyatning meyoriy—baholash xususiyati iqtisodiyot kun tartibiga kuygan talablarni bajarishga yoki ularga nisbatan jamiyatni beparvo bo‘lishga undaydi. Birinchi holatda iqtisodiyot va madaniyat yaxshi sur’atlarda rivojlanadi. Ikkinchi holatda esa jamiyat turg‘unlikka yuz to‘ utadi, bu ma’naviyatning meyorlash — baholash tizimi o‘zgarmaguncha a srlar bo‘ylab davom etishi mumkin. Sharqda bir necha asrlar davomida mafkura iqtisodiy zaruratni inkor qilgan, ayniqsa, bu Xitoy va Hindistonda uzoq davom etgan. Islom mamlakatlarida ham IX-XII asrlarda tovar-pul munosabatlari, savdo-sotiq rivojlanishi, jamiyatda ijtimoiy safarbarlik va yangiliklarga intilish yuqori darajada bo‘lgani, jamiyatda o‘ta keskin ijtimoiy-sinfiy zo‘ravonlik va qaramlikning (krepostnoy qaramlik kabi) yo‘qligi, yollanma mehnatning ancha rivojlanganligi ilk kapitalistik munosabatlar vujudga kelishi va rivojlanishi uchun obyektiv iqtisodiy shart-sharoit va zarurat yaratgan edi. Lekin turli sabablarga ko‘ra (ular orasida iqtisodiy, siyosiy, diniy-mafkuraviy sabablar bor), oilaviy tashkillashish doirasini yorib chiqqan, mustaqil, «obyektivlashgan», ratsional asosga qurilgan ishlab chiqarish korxonasi va kapitalning ilk jamg‘arilishi, ilk kapitalistik bozor infratuzilmasi (moliya-kredit, bank tizimi va sh. k.) vujudga kelmadi. Jamiyatning mafkurasi, ma’naviyati obyektiv iqtisodiy zaruratni inkor etdi, uni yuzaga chiqarmaslik uchun ochiqchasiga kurashdi (ribo’, tavdiliya kabi tamoyillarni eslang).
Mustaqillik sharoitida biz mehnatga butunlay yangicha munosabatni shakllantirishimiz lozim. Inson asosiy ishlab chiqaruvchi kuch, har qanday ijtimoiy faoliyatning subyekti sifatida taraqqiyot modelining asosiy ijodkori, harakatlantiruvchi kuchidir. Biz dunyoqarashimizda baholar, qadriyatlar mezonida ijodga, mehnatga yangi munosabatni shakllantirsak, ya’ni boqimandalikni va tekischilikni inkor qilsak, shaxsning ijodiy intilishlari va tadbirkorligini rag‘batlantirishni, shaxs bilan hisoblashishni o‘rgansak, jamiyatning har bir a’zosi faqat mehnat orqaligina o‘zligini, o‘z imkoniyatlarini voqe qila olishiga amin bo‘lsa, o‘zbek modelining salohiyati yanada ortadi.
Mehnatga yangicha munosabatni shakllantirish uchun uni faqat munosib taqdirlashning o‘zi yetarli emas, shuningdek yangicha dunyoqarashni qaror toptirish lozim. Ammo mehnatni munosib taqdirlamaslik ham xavfli. Iqtisodiyot inson ehtiyojlaridan tashqaridagi hodisa emas. Iqtisodiyot inson uchun, zinhor inson iqtisodiyot uchun emas. Shunday ekan, iqtisodiyot bilan bog‘liq har qanday masala bevosita yoki bilvosita insonga borib taqaladi.
Insonning kundalik hayoti va faoliyatida moddiy va ma’naviy asoslar bir-biriga nisbatan qanday o‘rin tutishi, ularning qaysi biri ustuvorlik kasb etishi haqida turli-tuman, ba’zan esa ziddiyatli fikr va qarashlar mavjud. Antik davr faylasuflari bo‘lmish Suqrot va Aflotun, Epikur va Demokrit, Xitoy donishmandi Konfutsiy va boshqa allomalarning ayrimlari bu boradagi nazariy qarashlarida ruhiy olamni birlamchi deb bilsa, boshqalari moddiy olamni asosiy o‘ringa qo‘yadi. Bu ko‘hna dunyo, biz yashayotgan hayot yagona, yaxlit bir voqelikdir. Insonning ichki dunyosi, unga ato etilgan fazilat va xislatlarni oxirigacha anglash, tushunishning o‘zi o‘ta murakkab masala bo‘lsa-da, uni anglashga harakat qilib ko‘ramiz.
Moddiy va ma’naviy hayotning uyg‘unligi — inson va jamiyat hayotida moddiy hamda ma’naviy asoslarning bir-biriga nisbatan mosligi, o‘zaro aloqadorligi va bog‘liqligini ifodalaydi.
Moddiy va ma’naviy hayot bir-birini inkor etmaydi. Ular o‘zaro bog‘lanib, bir-birini to‘ldiradi. Inson bor ekan, o‘z orzu-istaklarini amalga oshirish, baxtli- saodatli yashashi uchun hayotini shu ikki mezonga bog‘laydi. Mamlakatimizda insonlarning yaxshi yashashi, jamiyatning faol a’zosi bo‘lishi uchun moddiy va ma’naviy hayot masalalariga katta e’tibor qaratilgan. Chunki, jamiyatning moddiy va ma’naviy hayoti kishilarning moddiy va ma’naviy ehtiyojlari bilan uzviy bog‘liq holda vujudga kelgan. Jamiyat hayoti moddiy va ma’naviy ko‘rinishga ega. Shunday ekan, jamiyatning iqtisodiy taraqqiyotiga erishishda ma’naviyatga, xususan, insonning haq huquqlariga hurmat bilan qarash lozim. Bu ma’naviyatning ishlab chiqarish, iqtisodiy rivojlanish bilan uzviy bog‘liqligini ko‘rsatadi. Aks holda, jamiyatda ma’naviy- axloqiy munosabatlar tanazzulga uchraydi, insonning sha’ni, qadr-qimmati poymol etiladi.
Tarixdan isbotki, o‘zining xususiy mulkiga ega bo‘lgan shaxs va bunday shaxslardan tashkil topgan jamoa o‘zini va oilasini boqish, shu bilan birga, orttirgan daromadi hisobidan o‘z yaqinlari va muhtoj insonlarga beg‘araz yordam ko‘rsatish, yurti, millatining tinchlik-osoyishtaligini saqlash va himoyalashda astoydil jon kuydirib mehnat qiladi. Ko‘rinib turibdiki, moddiy va ma’naviy hayot bir-birini to‘ldiradi, mushtaraklikda insonlarning ezgu fazilatlarini amalga oshirishga undaydi. Bugun mamlakatimizda moddiy va ma’naviy hayotning uyg‘un holda rivojlanib borishiga alohida ahamiyat berilmoqda. Xususan, iqtisodiy va ma’naviy jarayonlarning o‘zaro mutanosib tarzda rivojlantirishga erishilayotgani mamlakatimizda hukm surayotgan siyosiy-ijtimoiy, madaniy-ma’rifiy barqarorlik dalilidir. Ma’naviyat va moddiy hayot bir-birini inkor etmagani, balki bir-birini quvvatlab kelayotgani uchun ham bugun fuqarolarning ongi o‘zgarmoqda, jamiyat rivojlanmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |