Milliy g‘oya tarixi va nazariyasi



Download 1,32 Mb.
bet106/148
Sana25.01.2022
Hajmi1,32 Mb.
#409879
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   148
Bog'liq
2 5465437667611119895

Millatlararo totuvlik - milliy istiqlol mafkurasining aso-siy g`oyalaridan biri bo`lib, u muayyan hudud, davlatda turli millat vakil-larining hamjihat yashashi, hamkorlikda faoliyat yuritishini ifodalovchi tushuncha. Yoki boshqacha aytganda, millatlararo totuvlik g`oyasi umumbashariy qadriyat bo`lib, turli xalqlar birgalikda istiqomat qiladigan mintaqa va davlatlar milliy taraqqiyotida muhim omildir.

Bu g`oya - bir jamiyatda yashab, yagona maqsad yo`lida mеhnat qilayotgan turli millat va elatlarga mansub kishilar o`rtasida o`zaro hurmat, do`stlik va hamjihatlikni qaror toptirish va mustahkamlashning ma'naviy asosidir.

Chunki milliy g’oya millatning o’zidan, uning turmush tarzi orzu umidlari, hayotiy qarashlari negizidan kelib chiqadi. Shuning uchun ham millat hayotida muhim ahamiyat kasb etadi. Xalqni yagona maqsad yo’lida safarbar etib, uni ulug’ maqsadlar sari boshlaydi. Qiyinchiliklardan cho’chimaslik, qat’iyat va shijoat baxsh etib, millat qaddini tiklaydi.

Mamlakatimizning tez sur’atlar bilan rivojlanishi va jahon hamjamiyatidan munosib o’rin egallab borishida yurtimizda yashayotgan har bir millat va elatning o’z o’rni va ulushi bor. Har qanday xalqlar o’rtasida milliy birlikni saqlash va millatlar o’rtasida ahillikni ta’minlashda millatlararo totuvlikning ta’minlanishi va bag’rikenglik muhiti muhim omil hisoblanadi.




Millatlararo totuvlik va hamjihatlikka rahna soluvchi illat, bu - tajavvuzkor millatchilik va shovinizmdir. Bunday zararli g`oyalar ta'siriga tushgan jamiyat bеqarorlik holatiga yuz tutishi muqarrar. XX asrda Еvropa xalqlarini asoratga solgan va ayrim davlatlarning tanazzuliga sabab bo`lgan fashizm yoki milliy xususiyatlar bilan hisoblashmagan va soxta baynalmilalchilik g`oyasiga asoslangan kommunizm g`oyasi bunga yaqqol misol bo`ladi.

Hozirgi kunda ayrim mamlakatlarda o’ta millatchi kayfiyatdagi guruhlarning paydo bo’lishi va ularning demokratiya niqobi ostida siyosiy kuchga aylanib, o’z xatti-harakatlariga siyosiy kuch berishi jamiyatning tinchlik va ahilligiga putur yetkazib, turli muammolarni kelib chiqishiga sabab bo’lmoqda.




Ko‘p millatli mamlakat sharoitida milliy va umummilliy ehtiyojlar orasidagi muvozanatni saqlab turish ham katta ahamiyatga ega. Mazkur qoidaning buzilishi ijtimoiy hayotning barcha sohalarida, xususan millatlararo munosabatlarda ham ijtimoiy adolat norma va prinsiplarining defermatsiyasiga olib kelishi bizga mustabid tuzum tajribasidan ma’lum. Sovet hokimiyati yillarida umummilliy ehtiyojlarning milliy eh-tiyojlarga nisbatan primati millat va elatlarning moddiy va ma’naviy manfaatlarining qondirilmay qolishiga sabab bo‘ldi. Shuning uchun ham milliy va umummilliy ehtiyojlar, manfaatlar garmoniyasiga rioya qilish, huquqiy davlat qurayotgan O‘zbekistonda asosiy vazifalardan biri bo‘lmog‘i zarur.
Bag’rikenglik tushunchasi kundalik hayot va ilmiy faoliyatda tez-tez qo’llaniladi. Odamlar o’rtasidagi hayrixoxlik, o’zaro hamkorlik munosabatlarni yuzaga keltirish, ayrim odamlarning xulq-atvoriga nisbatan keng felli bo’lish kabilar bag’rikenglik deb tushuniladi. Bag’rikenglik xalqmiz xarakteriga singib ketgan shunday bir olijanob fazilatki uni odatiy hol sifatida qabul qilinadi. Insoniylik nuqatai nazardan munosabat bildirish, samimiylikni saqlash va hurmat ko’rsatish kabilar ham bag’rikenglik deb qaraladi.
Bag’rikenglik (lotincha “tolerantia - chidam, “ sabr –toqat) – o’zgalarning turmush tarzi, xulq-atvori, odatlari, his-tuyg’ulari, fikr-mulohazlari, g’oyalari va e’tiqodalariga nisbatan toqatli, chidamli bo’lishdir. Shunchaki chidamli, toqatli bo’lish emas balki, o’zgachalikni tushunish, uni qabul qila olish hamdir. Buni bir-biriga o’xshamagan odamlarning birga ahillikda yashashga intilishi deb qarash mumkin. Biron-bir insonda ( kiyinishi, so’zlashi, yashash tarzi) yoki biror-bir begona madaniyatda (urf-odat va marosimlar ) bizga nimadir yoqmasligi mumkin, biroq ular o’zgalarning huquq va manfaatlariga zarar yetkazmasa, joriy qonunlarni buzmasa ularning mavjudligi va rivojlanishini tan olishimiz kerak. Bugungi kunda bag’rikenglikning mazmun-mohiyati nihoyatda rang-baranglikka ega bo’lib bormoqda. Inson huquqlarining taraqqiy etib borishi natijasida bir madaniy muhitda yashayotgan turli xildagi odamalar jamoalari shakllanmoqda. Bu esa ularga nisabatan bag’rikeng bo’lish kerak chunki, bu inson huquqlari hisoblanadi deb tushuntirilmoqda.


Download 1,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   148




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish