14-mavzu
Nikoh va oilaning axloqiy asoslari, uning yoshlar tarbiyasidagi o’rni
Reja
Nikoh va muhabbat
Oilaviy mulk, farzand tarbiyasi va oilaning tarqalishi
Erkinlik - fuqarolik jamiyatining yashash sharti sifatida.
Tayanch so’zlar
Fuqarolik jamiyati, inson manfaatlari, shaxs erkinligi, fuqarolik uyushmalari, jamoat tashkilotlari, tizimli boshqaruv, axloqiy g’oya, siyosiy tuzum, axloqiy vazifa, davlat suvereniteti, inson huquqlari, demokratik tamoyillar, oila, nikoh, muhabbat, oilaviy muhit, oilaviy mulk, farzand tarbiyasi, oilaning tarqalishi.
Oilani fuqarolik jamiyatining, davlatning eng muham xujayrasi deyishadi. Chunki xar bir jamiyat a’zosi, bo’lajak fuqaroning tarbiyasi oiladan boshlanadi. Oila uch jixatni: o’zining bevosita ko’rinishi bo’lmish nikoxni; oilaviy mulk va anjomlar hamda ular haqidagi g’amxo’rlikni; bolalar tarbiyasini o’z ichiga oladi.
Nikoh va muhabbat. Avvalo, nikoh, xaqida to’xtalib o’taylik. Qonunga binoan nikoh, tuzish shartlaridan eng muhimlari - nikohga kiruvchilarning o’zaro roziligi va ularning nikoh, yoshiga yetganliklari. Bizda yigitlar uchun - 18, qizlar uchun - 17 nikoh, yoshlari qilib belgilangan. Bu - masalaning xuquqiy tomoni. Uning ikkinchi - Axloqiy tomoni ham borki, u muhabbat bilan bog’liq. Nikoh, tuzishdan avval ikki yosh orasida gox, ochiq sevgi - muntazam uchrashuvlar, ahdu paymonlar qilish yoki orqavorotdan bir-birini yoqtirish xollari bo’lishi mumkin. Har ikkala xolda ham rozilik o’zgarmas shart hisoblanadi.
Ba’zan qadimda Sharq xalqlarida, shu jumladan, o’zbeklarda qizning yoki yigitning roziligisiz to’y qilib yubora berishgan, ota-onalar kelishishsa - bas, degan fikrlarni uchratadi kishi. Ayniqsa, bunday gaplar shurolar davrida tinimsiz takrorlanar edi. Vaholanki, bunday xol kam bo’lgan, uni musulmonchilik inkor etadi. Rivoyat qilishlaricha, Payg’ambarimiz Muhammad alayhssalom uylariga sovchi kelganida, qizlari Fotimadan doimo rozilik so’raganlar va rad javobi olganlar. Faqat Xizrat Ali sovchi qo’yganlarida, Bibi Fotima rozilik berganlar. Demak, farzandning roziligini olish bizga Payg’ambarimizdan qolgan sunnat.
Hozirgi kunda ham ko’pgina yoshlarimiz sovchi orqali turmush quradilar. Odatda sovchi kelib ketgach, yigit bilan qiz uchrashtiriladi, ikkalasi bir-birini ma’qul ko’rsagina fotixa qilinib, to’y taraddudi ko’riladi. Juda ko’p xollarda bunday yoshlar o’rtasida keyinchalik haqiqiy muhabbat shakllanadi. Abdulla Qodiriy «O’tgan kunlar» romanida tasvirlagan Otabek bilan Kumush o’rtasidagi sevgini buning mumtoz namunasi desa bo’ladi. Ochig’ini aytish kerakki, muhabbatning xam o’z darajasi bor: Layli bilan Majnunning muhabbati hamma sevishganlarga ham nasib etavermaydi. Bunday romantik-sururiy sevgi real hayotda kamdan- kam uchraydi. Buning ustiga, oilaviy muhabbat ma’lum ma’noda salobatli, ko’proq yashirin tarzda namoyon bo’ladi.
Oilaning asosi bo’lmish nikoh, - ezgu maqsadga yo’naltirilgan, zimmasiga zurriyot qoldirishdek yuksak mas’uliyat yuklangan sevgi, sevishning ijtimoiylashgan kurinishi. Biroq sevgi-muhabbat faqat erkinlikda namoyon bo’ladi. Shu jixatni nazarda tutadigan bo’lsak, nikohni, ma’lum ma’noda, an’analar, urf-odatlar va e’tiqodlarga moslashtirilgan sevgining yashash sharti deyish mumkin. Boshqacha qilib aytganda, nikox, zaruriyatga aylangan erkinlikdir. Shu bois nikohga kirayotgan xar bir kimsa bundan buyon o’z erkining boshqa bir erk bilan kelishib yashashini, ixtiyoriy tarzda cheklanib, nisbiylashgan xolda mavjud bo’lishini anglab etmog’i lozim. Bundan tashqari nikoh, o’z moxiyatiga ko’ra Axloqiy hodisa. Unda ehtiroslar Axloqqa bo’ysundiriladi. Oddiy birga yashashda esa tabiiy extiyojni qondirish birinchi o’rinda turadi, nikohda u ikkinchi darajali mavqe egallaydi.
Keyingi paytlarda nikoh, bilan muhabbatning o’zaro chiqishmasligi haqida G’arb mutafakkirlari tez-tez yozadigan bo’lib qolganlar. Chunonchi, Erix Fromm, industrial jamiyatda muhabbat kamdan-kam uchraydigan xodisa ekanini, nikohning asosida boshqa - moliyaviy, siyosiy, iqtisodiy sabablar yotishini ta’kidlaydi. Umuman, G’arb olamida bunday xodisa anchadan buyon mavjud.
Agar muhabbat har ikki tomondan e’zozlab, avaylab-asralmasa, undagi jannatiy bo’yni yo’qotib qo’yish xech gap emas. Eng muhimi shuki, nikohdagi huquqiy xolatning asosida muhabbat yotmog’i lozim, o’shanda bunday xollar ro’y bermasligi shubxasiz. Ayni paytda dunyodagi hamma narsa-xodisalar kabi muxabbat ham parvarishga muxtoj ekanini unutmaslik kerak.
Oilaning mustaxkam bo’lishi, oila a’zolarining Axloqiylik darajasi undagi muhitga bog’lik. Qaysi oilada sog’lom muxit, hukm sursa, uning ravnaqi, baxtliligi ta’minlangan bo’ladi. Sog’lom muxit deganda biz faqat oiladagi insonpravarlik, vatanparvarlik, ziyolilik, halollik, rostgo’ylik kabi tamoyillar va me’yorlarga amal qilinishinigina emas, balki uning eskicha an’anaviylik yoki yangicha zamonaviyligini ham tushunishimiz lozim. Zero aynan ana shu ikki xil turmush tarzi oila kelajagi bilan bog’lik.
Eskicha an’anaviy oila kiyinishda, yeb-ichishda kasb u korda zamonaviy oiladan farq qilmaydi. U ham halol, hamma qatori zamonaviy sharoitda yashaydi. Faqat u o’zining «o’zbekchiligi, ajdodlarining an’anaviy ma’naviy qadriyatlarini «unutmagani» bilan faxrlanadi. Hamma gap shundaki, bunday oila uchun asosiy kuchi va imkoniyatlarida ana shu faxrlanish xissiga erishish uchun foydalanadi: an’anaviy o’zbekona to’y kechasida nikoh, bazmida artistlarga «gaplashilgan» va «qistirilgan» millionlar hisobiga bemalol bitta bolalar bog’chasi qursa bo’ladi. Ayniqsa og’zini qimirlatib turish bilan (fonogramma orqali) xarom pul topayotgan «arstist»larning qudagaylarni (ayol qudalarni) raqsga tushishiga da’vat qilishini borib turgan odobsizlik: ortiqcha pul yig’ib berish uchun bechora qaynonalar yangi kelin va kuyov oldida o’yinga tushadilar. An’anaviy to’ylar isrofgarchilik namunasi, muayyan ma’noda Axloqsizlikning bir ko’rinishiga aylanib ketganini tan olish kerak. «Eshak eshakdan qolsa qulog’ini kesadi» qabilidagi to’y uchun ko’p xollarda necha yilar davomida yaxshi emay, kiymay, quruq non - choy bilan kun o’tkazib yashash kerak bo’ladi. Bunday «orzu - xavas»larning tagida yo odamlar nima der ekan degan quruq yoki maqtanish, kibr, birovlarga o’zini ko’z-ko’z qilish kabi illatlar yotadi. Eng yomoni shundaki, bunday oilada sog’lom muxit qaror topmaydi, dasturxon ustida, bo’sh vaqtlarda bolalardan «qutilib olish» uchun ko’proq pul topish xaqida tinmay so’zlanadigan, falonchining to’yi mundog’ o’tibdi, u unday qilibdi, bu bunday qilibdi, degan mayda gapalardan nari o’tilmaydigan bo’lib qoladi, Axloqiy ideallar xiralashadi, estetik did o’tmaslashadi, ijtimoiy ma’naviy intilishlar nixoyat darajada sustlashadi. Bu masalaning bir tomoni. Ikkinchi tomoni ham bundan yaxshi emas: oilada totuvlik yo’qoladi, er va xotin o’rtasida moddiy yetishmovchiliklar, «sandiq to’lmayotgani» va x. Borasida tez-tez aytishishlar, ta’na - dashnomlar, janjallar bo’lib turadi, ba’zan ular katta oilaviy mojarolarga ham aylanib ketadi. Bunday eskicha - «an’anaviy oiladagi muxit atrofdagi boshqa oilalarga ham salbiy ta’sir ko’rsatadi, jamiyatning zaif, ma’naviy saviyasi past xalqasi sifatida millat tarbiyasini ma’lum ma’noda buzadi. Ayni paytda o’z a’zolarining ham «gap-so’zdan» qo’rqadigan, maqtanchoq ijtimoiy-siyosiy «savodsiz», umrini kundalik mayda tashvishlar bilan o’tkazadigan odamlar bo’lib qolishlariga olib keladi.
Yangicha zamonaviy oiladagi muxit esa buning aksi: to’y - ma’rakalarda eng yomon illat bo’lmish isrofgarchilikka yo’l qo’yilmaydi. Ularga ketadigan ortiqcha sarf-xarajatlar imkoni boricha qisqartirilib, asosiy mablag’ oilaning faravonligini, intelektual va maishiy darajasini yuksaltirishga yo’naltiriladi. Bunday oilada totuvlik, xotirjamlik qaror topadi, dasturxon ustidagi suxbatlar yangi kitoblar, filmlar, ijtimoiy-siyosiy yangiliklar, internet xabarlari ustida boradi, dam olish maskanlariga borish rejalari tuziladi; asosiy xatti-xarakat farzandlarning oliy ma’lumotli bo’lishiga, zamonaviy kasbiy maxoratni egallashiga, ularni xalq va Vatan faxrlanadigan shaxslar bo’lib etishishlariga qaratiladi.
Agar eskicha-an’anaviy oilaviy muxit o’zbekistonda erkin demokratik fuqarolik jamiyati qurilishiga to’sqinlik qilsa, yangi zamonaviy oila muxiti uning tezroq ro’yobga chiqishi uchun muhim omil bo’lib xizmat qiladi.
Shunday qilib fuqarolik jamiyati muayyan xalq uchun jam bo’lib, jamoat tarzida yashashning eng oliy shakli hisoblanadi va nosiyosiy bo’lgan barcha munosabatlarni o’z ichiga oladi. Unda shaxs erkinligi, individning «ochilishi» ixtiyoriy tarzda tuzilgan fuqarolar uyushmalari tashkilotlari va birlashmalari doirasida o’zini namoyon qiladi. Iqtisodiy, diniy, ma’naviy, Axloqiy estetik milliy oilaviy va boshqa munosabatlar davlat idoralarining aralashuvisiz o’z o’zini boshqarish asosida amalga oshiriladi.
Oilaning yana bir jixati - uning o’z mulkiga egaligi. Agar nikoh, oilaning botiniy ko’rinishi bo’lsa, oilaviy mulkni uning tashqi ko’rinishi deyish mumkin. Oilaning mavjud bo’lishi uchun ishlab topiladigan mablag’ ham zarur. Oila uchun topiladigan ana shu mablag’, shubhasiz Axloqiy tabiatga ega: oila boshlig’i oila a’zolarini halol yedirib-ichirishi, kiydirishi lozim. Oilani odatda erkak kishi boshqaradi. U nafaqat «topib keladi», balki oilaviy mulkka xo’jayinlik qilish, uni taqsimlash huquqiga ham ega.
Yuqorida aytganimizdek, nikoh, ezgu maqsadga yo’naltirilgan, zimmasiga zurriyot qoldirishdek yuksak mas’uliyat yuklangan, Axloq bilan chegaralangan qo’shiluv, birlashuv; bu birlashuvdan maqsad - hayotda o’zlaridan yaxshiroq, mukammalrok bo’lgan, o’zlari erisholmagan orzularni ro’yobga chiqaradigan odam nusxalarini yaratish. Bunday odamlar farzandlardir. Shu munosabat bilan mashhur olmon islomshunosi va sharshunosi Annemarie Shimmel xonim ba’zi mutasavviflar uchun umumiylik tabiatiga ega bo’lgan qiziq bir fikrni keltiradi: «Ba’zi sufiy-teosofik okimlarning tarafdorlarida max,sulot beradigan xdr bir xatti-xarakatni «nikox,» deb atashga moyillik bor. Ularning fikricha, pulat bilan chakmoktosh birlashea, bu nikox,dan yanada etukrok farzand, ya’ni olov dunyoga keladi. Erkaklik va ayollik unsurlarining birlashuvi hayotni yanada yukorirok pogonaga chikaruvchi omildir».
SHu bois oilada bolaning ahamiyati nix,oyatda katta. Ota bolada uz jufti xdlolini, ona esa sevimli erini kuradi: bolada er-xotinning muxdbbati predmetlashadi, jonlanadi. Bola - oilani tutib turuvchi jonli muxdbbat. Bolalar oilada umumiy oilaviy mulk xdeobiga eb-ichadilar, tarbiya oladilar.
Oilada bolalar intizomli bo’lib usmoklari, ota-onaga buysunishlari lozim. Lekin bu intizom erkin usib kelayotgan gudakni kullikka urgatish emas, balki bolalarga xos erka-tantiklik, uzboshimchalik singari salbiy xususiyatlarni yukotishga xizmat qilishi kerak. Ota-onaga buysunishdan bosh tortishga yul kuyish bolaning kelajakda ko’pol, badxulk, nokamtarin bo’lib etishuviga olib keladi. SHu bois oila ilk Axloqiy tarbiya uchogi sifatida katta ahamiyatga ega.
Oila tarqalishiham mumkin. Buning turli sabablari bor. Biri - oilaning Axloqiylik nuqtai nazaridan tarqalishi.. Bunda bolalar balog’atga yetgach, erkin shaxs sifatida yangi oilaga asos bo’lishlari – o’g’il bolalarning uylantirilishi, qizlarning yerga berilishi nazarda tutiladi. Uylantirilgan o’g’illarga ham, erga berilgan qizlarga ham yangi oila qurish va uni moddiy jixatdan dastlabki paytlarda muxtojlikdan saqlab turish uchun yetarli bo’lgan uy-ruzg’or ashyolari ajratiladi.
Shuningdek, oilaning tabiiy tarqalishi ham mavjud. Unda ota- onaning yoki otaning vafoti tufayli oila mulkining meros tarzida bir yoki bir necha farzandga o’tishi munosabati bilan oila tarqalishi mumkin.
Bundan tashqari, nikoh, bekor qilinishi munosabati bilan oila tarqaladi. Aslida nikoh, ham diniy, ham dunyoviy nuqtai nazardan buzilmasligi kerak. Lekin o’rtada xiyonat sodir bo’lishi yoki yana boshqa bir xil sabablar tufayli nikohnii faqat Axloqiy obro’ga ega, qonun bilan tan olingan idoralar, masalan, sud, vakolatli ruxoniy bekor qilishi mumkin, zero u, aytganimizdek, Axloqiy xodisa. Xar bir jamiyat mana shu so’nggi turdagi oila tarqalishiga qarshi kurashadi. Bunday oila buzilishi qancha kamaysa, u o’sha jamiyatning Axloqiy jixatdan takomillashib borayotganini anglatadi.
Dastlabki Axloq maskani bo’lmish oilalar yig’indisi fuqarolik jamiyatini, millatni tashkil etadi. Fuqarolik jamiyati moxiyatan oila bilan davlat o’rtasidagi daraja. Garchand, uning taraqqiyoti davlat taraqqiyotidan keyinroq ro’y bersa ham, u albatta davlatni taqozo etadi, ya’ni fuqarolik jamiyatining yashashi uchun uning oldida mustaqil nimadir - rasmiy, tizimli boshqaruv bo’lishi kerak.
Fuqarolik jamiyati zamonaviy dunyomizda vujudga keladi, zero, xozirgi paytdagina fuqarolar xuquqi xqiqatan ham inobatga olinadi. Fuqarolik jamiyatida xar bir odam o’zi uchun maqsad. Biroq, U boshqalar bilan munosabatga kirishmasdan turib, o’z maqsadiga to’la erisha olmaydi: boshqalar uning maqsadga etishishi yo’lidagi vositadir. Natijada xar bir aloxida maqsad boshqalar bilan o’zaro munosabatlar vositasida, ularning farovonlikka intilishini qanoatlantirgani holda, o’zi ham qanoatlanadi. Boshqacharoq qilib aytganda, fuqarolik jamiyatida yaxshi, badavlat, baxtli, xuquqiy yashash uchun bo’lgan xar bir fuqaroning intilishi pirovard natijada butun jamiyatning o’shanday yashashiga olib keladi.
Fuqarolik jamiyati, shunday qilib, bir kishining ehtiyojini uning mehnati vositasida qondirishi barobarida, shu mehnat vositasida barcha qolganlarning ham ehtiyojini qondiradi. U o’z a’zolarining shaxsiy erkinliklari va xuquqlarini himoya qiladi, odil sud vositasida ular mulkiga daxl qilinishiga yo’l qo’ymaydi. Fuqarolik jamiyati turli tabaqalardan tashkil topadi. Ular orasida tabaqaviy yoki sinfiy ziddiyat singari hodisalar ro’y berishi mumkin emas. Chunki bunda shaxs - davlat fuqarosi, muayyan inson manfaatlari birinchi o’rinda turadi va bu manfaatlar, aytganimizdek, ham Axloqiy, ham qonuniy jihatdan himoya qilinadi. Zotan, «Biz uchun fuqarolik jamiyati - ijtimoiy makon. Bu makonda qonun ustuvor bo’lib, u insonning o’z-o’zini kamol toptirishiga monelik qilmaydi, aksincha, yordam deradi. Shaxsiy manfaatlari, uning xuquq va erkinliklari to’la darajada ro’yobga chiqishiga ko’maklashadi».
Fuqarolik jamiyatining yashash sharti - erkinlik. Shaxsning qonun doirasidagi so’z erkinligi, fikr erkinligi va faoliyat erkinligiga tula yo’l qo’yilmas ekan, fuqarolik jamiyati amalda mavjud bo’la olmaydi. Bu jamiyatning yana bir muhim tomoni shundaki, unda qarindoshlik, urug’doshlik, elatdoshlik singari hissiyotlardan kasbdoshlik, mahalladoshlik hissiyotlari ustun maqomga ega bo’ladi; yonma-yon ishlayotgan va yashayotgan jamiyat a’zolari, «begonalar» - umumiy maqsad uchun kurashayotgan hamma yelkadoshlar o’zlarining uzoq qarindoshlaridan ko’ra bir-birlariga yaqinroq ekanliklarini anglab yetadilar. Undagi boshqaruv esa erkin tanlov va erkin saylov asosida, hokimiyat idoralari tazyiqidan qonun bilan himoyalangan ixtiyoriy tuzilmalar ko’magida ish olib boradi. Shu bois davlatimiz rahbari Islom Karimov fuqarolik jamiyatini mamlakatimiz siyosiy va davlat qurilishining asosiy xususiyatlaridan biri sifatida ta’kidlaydi va bu hususiyatning mohiyatini «mahalliy hokimiyat va fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlari vazifalarini kengaytirish, ularga davlat vakolatlarining bir qismini bosqichma-bosqich o’tkazib borish, nodavlat va jamoat tuzilmalari xuquqi va mavqeini oshirishni ko’zda tutadigan «Kuchli davlatdan - kuchli jamiyat sari» konsepsiyasini amalga oshirish»dan iborat deb ta’riflaydi.
Mamlakatimizda hozir erkin, demokratik fuqarolik jamiyatini tuzishga kirishganmiz. Bu jamiyat, ma’lum ma’noda, g’arbliklar tasavvuridagi fuqarolik jamiyatlaridan farq qiladi. G’arbda bu borada e’tibor asosan huquqiy yo’nalishning ustuvorligiga qaratilsa, bizda Axloqiy-ma’naviy yo’nalishning ustuvorligini ko’rish mumkin. Shu nuqtai nazardan olib Qaraganda, biz ko’rayotgan fuqarolik jamiyati g’arb dunyosi uchun o’rnak bo’lishi mumkin. Bu faxrlanish hissidan kelib chiqqan balandparvoz gap emas. Masala shundaki, g’arb jamiyatlari hozirgi paytda Axloqiylikni xuquqiylikning yuqori bosqichi sifatida qabul qilmoqdalar. Lekin ular uchun «Axloqiy o’rin bo’shatishdan» ko’ra «xuquqiy o’rinni egallab turish» nafaqat qonuniy, balki zavqliroq tuyuladi. Bizning mentalitetimizda esa buning aksi - har bir «Axloqiy o’rin bo’shatish» o’zbek qalbiga quvonch, o’z insonlik burchini bajarganlik hissini to’ldiradi.
Bundan tashqari, bizda fuqarolik jamiyati qurishni ma’lum ma’noda tezlashtiradigan, g’arb mentalitetiga xos bo’lmagan makon borki, bu mahalladir. O’zbek mahallalari tom ma’noda Axloqiy tarbiyaning maskani; oila kattalari bolaga qanchalik tarbiya bera olsa, o’sha oila yashayotgan mahallaning tarbiya borasidagi xissasi ham shuncha bo’ladi, desak xato qilmaymiz. Buning ustiga, mahallada xalqimizning qadimiy demokratik an’analari hozir ham o’z kuchini yo’qotgan emas. Mahallada yashayotgan hukumat a’zosi ham, millioner tijoratchi ham, farrosh ham, oddiy o’qituvchi ham bir xildagi mahalladoshlik huquqiga ega. Chunonchi, mahallaning oqsoqoli oddiy o’qituvchi bo’lishi mumkin va ko’p hollarda shunday ham. hukumat a’zosi yoki millioner esa, mahallada faqat mahalladoshlik «lavozimi»da bo’ladi. Ularning farqlanishi faqat Axloqiy jihatlari bilangina belgilanadi. Ana shu xususiyatlari bilan mahalla o’z-o’zini boshqarish tuzilmasi sifatida oiladan fuqarolik jamiyatiga o’tish uchun Axloqiy ko’prik bo’lib xizmat qiladi. Bunday oraliq bog’lovchi tuzilma, yuqorida aytganimizdek, g’arb olamida yo’q. Demak, shunga ko’ra ham, bizda fuqarolik jamiyatiga o’tish nisbatan osonrok kechadi, degan fikrni bildirish mumkin. Bu borada Respublikamiz Prezidenti Islom Karimovning: «Shu ma’noda mahallani o’z-o’zini boshqarish maktabi, ta’bir joiz bo’lsa, demokratiya darsxonasi, deb atash mumkin», - degan so’zlari ayni xaqiqatdir.
Shunday qilib fuqarolik jamiyati muayyan xalq uchun jam bo’lib, jamoat tarzda yashashning eng oliy shaxsi hisoblanadi va nosiyosiy bo’lgan barcha munosabatlarni o’z ichiga oladi. Unda shaxsiy erkinligini, «individning ochilishi» ixtiyoriy tarzda tuzilgan fuqarolar uyushmalari, tashkilotlari va birlashmalari doirasida o’zini namoyon qiladi; iqdisodiy, diniy, ma’naviy, axloqiy-estetik milliy, oilaviy v.b. munosabatlar davlat idoralarining aralashuvisiz, o’z_o’zini boshqarish asosida amalga oshiriladi.
Buyuk olmon faylasufi Xegel davlatni Axloqiy g’oyaning voqe bo’lishi deb ta’riflaydi va tabiiy munosabatlarni ma’naviy munosabatlar bilan muqoyasa qilib, oilani - xissiyotga, fuqarolik jamiyatini - asabning ta’sirlanish qobiliyatiga, davlatni esa o’zi uchun asab tizimiga o’xshatadi; u o’z ichida botinan tashkil topgan, biroq uning yashashi o’zida ikki holatning taraqqiy topishiga bog’liq, bular - oila va fuqarolik jamiyati. Davlat aqlning ro’yobga chiqishi sifatida har bir shahs ixtiyoriga mosdir. Odatda, davlatning maqsadi o’z fuqarolarini baxtli qilish deb hisoblanadi. Agar fuqarolar qiynalsa, ularning subyektiv ehtiyoj-maqsadlari qondirilmasa, davlatning mustahkamligi shubha ostida qoladi. Davlatning asosiy - siyosiy tuzum. Uning taqdiri ham ana shu siyosiy tuzumga bog’liq.
Ko’pdan-ko’p turli-tuman boshqaruv va tashkiliy institutlardan iborat bo’lgan davlatning eng muhim Axloqiy vazifalaridan biri - tarbiya. Agar mazkur tarbiyada ommabop usullarning toshi bosib ketsa, u hol maqtarli emas; yoshlarning o’zligini anglagan shaxs bo’lib yetishuvi mushkullashadi. Shu bois, imkon boricha, tarbiyada individual yondashuvga intilish maqsadga muvofiq.
Demokratik tamoyillarni amalga oshirish jarayonlarida davlat, hamma fuqaro baravariga teng, degan usulda ish ko’rmasligi lozim, hammaning xuquqiy tengligini tan olgan holda, ijtimoiy tenglashtirish tamoyiliga yo’l qo’ymaslik kerak. Davlatning mavjud bo’lish sharti, eng avvalo, uning suverenitetida. Bunda xalq tashqi olamga nisbatan mustaqil bo’ladi va o’z davlatini shu mustaqillik asosida tuzadi. Shu bois suverenitet to’g’risida alohida to’xtalib o’tish joiz. Davlat suvereniteti eng avvalo millat suvereniteti demakdir. U shaxs mustaqiligini, xuquqlarini kafolatlaydigan va millat hukmronligini to’liq ta’minlaydigan ijtimoiy-siyosiy hodisalar. Millat suvereniteti birinchi navbatda ularning siyosiy jihatdan o’z o’zini boshqarishda qadimdan egallab kelgan hudud va undagi foydali qazilmalarga egalik qilishda, o’zi tanlagan davlat hokimiyatida hamda milliy fuqarolikda namoyon bo’ladi. Shuningdek, inson suvereniteti ham davlat suverenitetining muhim qismi hisoblanadi. U fuqaroning yashashga, mustaqil dunyoqarashga bo’lgan xuquqi bilan belgilanadi va zulmga, adolatsizlikka, ochlikka, shaxs erkinligining buzilishiga qarshi kafolatlar majmuini o’z ichiga oladi.
Shunday qilib suveren davlat inson xuquqlarini, shaxs nomusi va qadr - qimatini himoya qilishni o’zining asosiy vazifasi, deb biladi. Uning yuksak Axloqiy mohiyati ham ana shunda. Biz mustaqillikka erishganimizdan keyin o’z davlatimizni qadimiy davlatchiligimizning eng yaxshi an’analari bilan birga zamonaviy demokratik tamoyillar asosida qurishga kirishdik. Davlatimiz ham ma’naviy-axloqiy, ham jismoniy tarbiyaga katta ahamiyat berib kelmoqda. 2000 yilning «Sog’lom avlod yili», 2001 yilning «Onalar va bolalar yili» deb atalgani bejiz emas, yosh avlod tarbiyasi bizda davlat siyosati darajasiga ko’tarilgan. Mana, ko’rinishidan juda oddiy bir misol. O’zini eng insonparvar davlat deb e’lon qilgan Sho’rolar Ittifoqi bunyodga kelganidan boshlab, deyarli yarim asr mobaynida bola tug’ilgach, onani uch oy ishdan ozod qilardi; ona uch oylik chaqaloqni bog’chaga tashlab, ishga chiqishga majbur bo’lardi, aks holda u buyruq bilan ishdan bo’shatilardi. Keyinchalik bu tarbiya ta’tili 1 yil qilib belgilandi. Bizning davlatimiz esa tashkil bo’lgani barobaridayoq bola tarbiyasini yuksak ijtimoiy-axloqiy hodisa sifatida e’tirof etib, yangi tug’ilgan bola tarbiyasi uchun onaga 3 yilgacha muddat berdi. Uch yilgacha onaning ish joyi saqlanib turadi. Shu birgina misolning o’ziyoq totalitar tuzum davlati bilan demokratik davlat naqadar katta farq qilishini ko’rsatib turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |