17-mavzu
Tabiat va texnogen sivilizatsiya estetikasi
Reja
Tabiatning estetik jihatlari.
Texnogen sivilizatsiyaning ishlab chiqarish estetikasiga ta’siri.
Dizaynning estetik xususiyatlari.
Tayanch so’zlar
Tabiat estetikasi, tabiatni asrash, tabiat go’zallik manbai sifatida, ona tabiat, olamiy kubro, olami sug’ro, Biologik muhit, Texnika estetikasi, texnologiya asri, dizayn san’ati,texnik insoniylashtirish, modernizatsiya, xalq amaliy san’ati, texnikaviy olam.
Tabiat haqida gap ketganda, "tabiatni asrash", xatto "tabiatni qutqarish" degan so’zlarni tez-tez eshitamiz. Xo`sh, tabiatni kimdan asrash va qutqarish kerak? Odamdan, jamiyatdan. Demak, odam, markschilar ta’riflaganidek, tabiatning bir qismi emas, uni odam bir-birini bo`ysundirganidek bo`ysundirishi, "olamni o`zgartirishi" mumkin emas. Aks xolda oxir-oqibat insoniyat, xayvonot va nabodod dunyosi halokatga mahkum etilishi muqarrar.
Keyingi bir asr mobaynida inson tafakkurining qudrati, fan- texnika taraqqiyoti jaxonning deyarli barcha sivilizatsiyalashgan mamlakatlarida landshaftning (yer yuzi manzarasining) o`zgarishiga, buzilishiga olib keldi. Masalan, birgina suv omborlarini olib ko`raylik. Xozirgi paytda minglab kvadrat kilometr takrorlanmas landshaft suv ostida qolib ketdi. Vaxolanki, landshaft xayvonlar, kushlar, osimliklar, suv, tuproq kabi qit’aviy xazinalarning uyg`unligidir. Biz esa tabiatga bo’lgan xudbinlarcha munosabatimiz, unga qornimizni to`ydiradigan, hayotimizni farovon qiladigan vosita deb qarashimiz tufayli ana shu uyg`unlikni muntazam ravishda buzib kelmokdamiz.
Biz tabiatni nutqlarimizda, she’rlarimizda, maqlalarimizda "Ona- tabiat" deb ataymiz.Darxdqiqat, tobimiz qochea, shifokorlar bizga baxavo, shaffof suvli tabiat quynida joylashgan oromgoxlarga borishni, kimsasiz daryo bo`ylaridagi butazorlar orasida chodir qurib, bir muddat tashvishlardan forig yashashni tavsiya etadilar. Shaxdr shovqinlaridan, mehnatdan, axborotlar siquvidan charchaganimizda, jamoa bilan yoki oilaviy tarzda tabiat quyniga chiqib dam olamiz. Toliqsak, doim "onamiz" quyniga intilamiz, ona-tabiat bizni davolaydi, go`zalligi bilan hayratlantiradi, ruhlantiradi. Lekin bir-ikki kundan so`ng yanahammasini unutamiz, tag`in tabiatga bir xizmatkordek qaraymiz. Nega shunday Chunki biz uni tushunmaymiz, uni bilmaymiz. Shu sababli biror bir odamning yaxshi yoki yomonligiga asl sabablar nimaligini, uning moxiyatini bilmaganimiz, tushunmaganimiz uchun "falonchining tabiati o`zi shunaqa", yoki muayyan xayvon yoxud o`simlikning sir-sanoatidan bexabarligimiz tufayli uni "tabiatan o`zi shunday" deyish bilan muammota nuqta quyamiz. Zero tabiat olamiy qubromi (katta olammi), olami (kichik olammi), ya’ni odammi, u - sirli, uni lozim darajada tushunmaymiz va bilmaymiz. Xar qancha ekologiyaga e’tibor qilmaylik, uni fan sifatida zo`r berib uqitmaylik, baribir tabiatni tushunishimiz qiyin, zotan ekologiya tabiatni asrashni, qutkarishni, boyitishni targ`ib qiladi.Biro ularning hammasiga faqat estetika yordamida, uning ekologiya bilan hamkorligida erishish mumkin.Chunki estetika insonga tabiatni sevishni, uning go`zalligiga beg`araz munosabatda bo’lishni o`rgatadi, ya’ni tabiatni faqat odamlar uchun yaratilgan deb emas, uni jamiyatdan tashqaridagi umumolamiy mustaqilqadriyat sifatida idrok etishni taqozo qiladi., tabiat go`zallik va ulug`vorlik manbai, lekin faqat inson uchungina shunday emas. Masalan, bul bul tunda, odamlar uxlaganda sayraydi, namoshshomgul va ba’zi boshqa gullar faqat qorongu tushayotgan paytdan boshlab ochiladi. Demak, xayvonlarni, utloqlarni, daraxtlarni, daryolarni, toglarni faqat "biz uchun" deb emas, "biz uchun ham" deb tushunishimiz lozim.Buyuk faylasufi I. Kant tabiatni Axloqiylik bilan boglaydi: "Kimniki bevosita tabiat go`zalligi kiziqtirsa, bu uning fikrlash tarzida,yuk deganda, Axloqiylikka, ezgulikka qobiliyat mavjudligidan dalolatberadi", - deydi u. Ammo X,. Hegelning, tabiatda ideal yuk, shu sababli u ikkinchi darajali guzallik to`ri, degan fikri estetikada xukmronlik qilib keldi, ayniqsa, bu fikr tabiatni "buysundirishni" targib qilgan markschilikning tegirmoniga suv quydi. Natijada uzoq yillar mobaynida tabiat estetikasiga e’tibor qaratilmadi.Biz me’moriy obidalarni asrash, tiklash xakida qaygurdik, ularni estetik qadriyatlar deb e’lon qildik, lekin landshaft estetikasini chetga chikarib quydik. hozirgi kunda shu narsa aniq bo’ldiki, tabiatni eng ulug va mangu estetik qadriyat deb bilmaslik borib turgan estetik savodsizlikdir. Aniqrogi, bugun tabiatsiz estetikani tasavvur qilish mumkin emas.
Buning sababi, birinchidan, tabiatni nosan’at estetik obyekt sifatida tug`ridan-tug`ri idrok eta olsak (bunga keyinrok bafurja tuxtalamiz), ikkinchidan, u san’at uchun insondan keyin eng boy material, manba; san’at vositasida in’ikos ettirilgan tabiat estetik qadriyat sifatida ma’naviyatimizni boyitib yashaydi. San’atda aks etgan tabiat o`zining g`oyaviy-badiiyligi, abadiylikning uchmas lahzasi takrorlanmas go`zallik yoki ulug`vorlik, ba’zan esa fojeaviylik sifatida bizni doimiy rom etishi bilan ajralib turadi. Nosan’at estetik obekt sifatida esa tabiat faqat go`zallik va ulug`vorlikni ifodalaydi, g`oyaviy-badiiy urg`uga ega emas, xissiyotlarimizga san’atdagidek kuchli ta’sir ko’rsatolmaydi, ammo san’atda landshaftning butun go`zalligini aks ettirish imkoni yuk- Masalan, utloqdagi giyohlar ranginligining urnini hech bir rassom bo`yogi bosa olmaydi, ranglarning barchasini aks ettiraman desa, rassomning rangtasviri bir-biri bilan nouygun olachalpok ranglar yig`indisidan iborat bo’lib qoladi, san’at asarita aylanmaydi. Rassom bizta faqat utloqning bir parchasini, o`zi "tanlab olgan" qisminigina, "tanlangan" ranglarnigina ko’rsatishi mumkin. Yoki musiqa san’atiga aylangan tabiatni, deylik, Sayfi Jalilning dutorda ijro etilgan "Turgay" kuyini bir-ikki, boringki, un-un besh marta eshitsangiz, xuzur qilasiz, estetik zavq olasiz, biroq uni xar kuni tinglasangiz, u kuy qanchalik buyuk san’at asari bo’lmasin, joningizga tegadi. Jonli turgayning sayraganini esa, yillar davomida xar kuni eshitsangiz ham, xar gal zava olasiz.Shu sababli estetikada tabiatni ham nosan’at, ham san’atga aylangan estetik obyekt sifatida ikki yoqlama ilmiy yondashuv orqali o`rganish maqsadiga muvofik.
San’atga aylangan estetik obyekt sifatida tabiat deyarli barcha san’at turlarida va janrlarida o`z aksini topadi. boshqacharoq aytganda, tabiatni "o`rganish", "tushunish" barcha san’at turlariga xos.Masalan, badiiy adabiyotda xayotdan - romangacha, she’rdan - dostongacha tabiat manzarasi tasvirlanmaydigan biror janrni topish mumkin emas.O`rik daraxtining to`rt fasldagi xalati, ko`klamdagi gullagan, yozda barg yozib, meva qilgan, kuzdagi oltin rangiga kirgan, kishda yalangoch, shoxlari nayzaga o`xshagan ko`rinishlari badiiy adabiyotda ham, rassomlikda ham o`z ifodasini topgan.O`zbek xalq kuyi "Chuli irok 'da fojeaviylikni, Betxovenning "Oydin sonati"sida inson kalbi evrilishlarining, xayolga chumgan quvonchning ifodasini ilgaymiz.Me’morlikda yaproqlarning peshtoqlardagi xandasaviy jilvasi, xaykaltaroshlikdagi go`zal kiyikning tasviri deysizmi, xullas, tabiat barcha san’at turlarida badiiy asarni go`zallashtirib, ulug`vorlashtirib turuvchi omil bo’lib xizmat qiladi.
Xulosa qilib shuni aytish lozimki, tabiat estetikasini "ekologik estetika" doirasiga tikib ko`yish mumkin emas, uni texnika yoki mexnat estetikasidan keyin turadi, degan gaplar asossiz.U bugungi kunda san’atdan keyingi eng qamrovli tadqiqot obyektiga ega bo’lgan, muhamlardan muhamrok estetik nazariya turidir, uning "xurmatini joyiga ko`yish" vaqti allakqachon kelgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |