Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi


-mavzu Estetikaning zamonaviy muammolari



Download 1,97 Mb.
bet85/226
Sana06.07.2021
Hajmi1,97 Mb.
#110191
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   226
Bog'liq
Falsafa OUM 2020-2021 1-курс

18-mavzu

Estetikaning zamonaviy muammolari

Reja

  1. Inson go’zalligining falsafiy mohiyati.

  2. Estetik tarbiyaning maqsadi va vazifalari.

  3. Estetik tarbiyaning asosiy vositalari.


Tayanch so’zlar

Inson go’zalligi, jismoniy va ma’naviy olam, moddiy qadriyatlar, zohiriy go’zallik, botiniy go’zallik, Axloqiy va xulqiy go’zallik, etosfera, estetik tuyg’u estetik tarbiya.

Insondagi go’zallik aksariyat xollarda uning xulqi, odobi, Axloqi va fazilatlari bilan belgilab kelinadi. Avval ham bugun ham inson borlik - jamiyat - texnika urtasidagi munosabat masalasi ko’plab ilmiy soxalarning tadqiqot ob’ekti bo’lib kelmoqda. Nafosat falsafasi inson go’zalligining moxiyatiga doir muammolarni tadqiq etishni uzining muhim vazifasi qilib belgilaydi.

Nafosat falsafasi tarixida inson go’zalligi jism (tana) va ruxiyat masalalari bilan izoxlangan. Bu boradagi fikr-muloxazalarning asosida insonning tashqi ko’rinishi hamda Axloqiy fazilatlariga bo’lgan munosabat masalasi yotadi. Inson go’zalligiga bu tariqa yondashuvning muayyan sabablari bor. Birinchidan, inson o’zida jismoniy va ma’naviy olamning xususiyatlarini uyg’unlashtira oladigan mavjudot. U moddiy qadriyatlarni uzlashtirishi barobarida ma’naviy qadriyatlarga ham befarq qaramaydi. Bu xususiyat ayni paytda insonni boshka mavjudotlardan farqlaydi. Gap insonda moddiy va ma’naviy qadriyatlar uyg’unligi xaqida ketishi, barovarida uning go’zalligiga turlicha yondoshuvlarni yuzaga keltiradi.

Ikkinchidan – go’zallikning inson shaklidagi kurinishida yagona, mutlaq va tugal timsol mavjud emas. Agar mavjud bo’lganda edi, u barcha xalqlarga go’zallik timsoli sifatida namuna qilib ko’rsatilardi. Olaylik, ayol go’zalligining mezonlari patriarxat va matriarxat davri odamlarining tasavvurida katta ko’ringan, keng dumg’uza hamda kukrakning burtib turishi bilan ifodalangan. Uchinchidan, insonlarning go’zallik xaqidagi qarashlari turlicha bo’lib, ular vaqt o’tishi bilan uzgarib boradi. Kishilarning estetik xususan, go’zallik xaqidagi ideali ana shu o’zgarishlarning birlamchi sababidir. Inson voqelikni estetik tarzda uzlashtirar ekan, unga dastlab uz estetik ideali va estetik dididan kelib chiqib munosabat bildiradi.

Tabiat, jamiyat va insondagi go’zallikni idrok etish ham bevosita mazkur ikki tushunchaga bog’liqdir.

Aksariyat xollarda insonning tashqi go’zalligiga nisbatan yuzaki munosabat bildiriladi; tashqi go’zallik shanining chinakam «Men»ini namoyon qilishiga tusqinlik qiluvchi, o’tkinchi xodisa sifatida qaraladi. Ammo, inson go’zalligiga nisbatan bunday yondashuv bahsli. Chunki, insonning tashqi go’zalligi muayyan xolatlarda shanining uzigagina emas, balki boshqalarning faoliyatiga ham ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Bu borada Umar Xayyomning «Navruznoma» asarida goyatda urinli fikrlar bayon etilgan.. Allomaning mazkur fikri insonning zoxiriy go’zalligiga doyr mavjud munozaralarga birmuncha oydinlik kiritadi.

Ma’lumki, qalbning moyilligi jamol mushoxadasining natijasidir. Ya’ni, inson narsalarning zoxiriy go’zalligini botiniy go’zallikka nisbatan birinchi bo’lib payqaydi. U avvalo, ko’rinib turgan go’zallikni his qiladi, sungra uning moxiyatiga murojaat etadi. Shu bois tashqi go’zallikni muayyan ob’ekt yoki sub’ekt xaqida dastlabki tasavvur-ma’lumotni paydo qiluvchi birlamchi asos, deyish mumkin. Mazkur fikr o’z navbatida inson go’zalligiga ham daxldor. Biroq, chiroyli husn inson tashqi go’zalligining barkamol bo’lishi uchun kifoya qilmaydi. Uning takomillashuviga ko’mak beradigan muayyan asoslar mavjud. Bular sirasiga orasta kiyinish, o’zgalarga latif so’zlar bilan muomala qilish, pokiza, ozoda yurish kabilar kiradi. Ular nafaqat shaxsning o’ziga, ayni paytda boshqalarga ham kutarinki kayfiyat bag’ishlaydi, xatto yuzaga kelishi kuzatilgan nizolarning oldini oladi ham. Xadislarda esa yangi kiyim kiygan shaxsni duo qilmoq haqida aloxida o’qtiriladi.

Bir so’z bilan aytganda, inson tashqi ko’rinishidagi chiroylilik ham uning mukammallashuvida o’ziga xos ahamiyatga ega.

Insonning botiniy go’zalligi uning odob, xulq va axloqiy fazilatlari bilan belgilanadi. Buni nafosat ilmi xulqiy go’zallik deb ataydi.

Insonning amaliy xatti-harakati, axloqiyligi, nafosatga munosabati ayni paytda uning botiniy tuyg’ulariga, qalb kechinmalariga bog’liq. Bu kechinmalar, odatda shaxs faoliyatidagi yaxshi kamollarga qarab - fazilatlar, yomon qilmishlariga qarab - illatlar deb ataladi.

Inson xulqiy go’zalligining takomillashuvida Axloqdagi eng muham mezoniy tushuncha xisoblangan muhabbat va ezgulik aloxida ahamiyat kasb etadi. Bundan tashqari, axloqiy va xulqiy go’zallikda bevosita inson xatti- harakatining sababi bo’lgan niyat muhim o’ringa ega. Zero ezgu niyatli inson go’zaldir. Niyatning reallikka aylanishi uchun insonda avvalo, istak, xoxish, maqsad bo’lishi shart. Chunki, kishi uylagan xar bir niyatiga erishishi uchun o’z oldiga maqsad quyadi. Shuningdek, niyat indiudallik xususiyatiga ega. Shu jihatdan,qaraganda niyat ijobiy va salbiy ma’noga ega bo’ladi. Ijobiylik kasb etuvchi niyatning asosida go’zallikka muhabbat, ezgulikka e’tiqod yotadi. Aksincha, salbiy ma’nodagi niyat mohiyatan yovuzlikka daxldordir. Shu bois insonning oriyatli, namunali ekani uning qilgan qilmishlari bilangina emas, balki, ko’nglidagi niyati qandayligiga qarab ham belgilanadi. Zotan, niyati buzuk odamlarning qilgan ishlari yaxshilik bo’lib ko’rinsa-da, mohiyatan yovuzlikka yo’naltirilgan.

Bugungi kunda insoniy go’zallik «barkamollik» tushunchasi bilan izoxlanmoqda. Barkamol inson deganda, uz haq-huquqlarini taniydigan, o’z kuchi va imkoniyatlariga tayanadigan, tevarak atrofda sodir bo’layotgan voqea- xodisalarga mustaqil munosabat bilan yondashadigan, o’z shaxsiy manfaatlarini mamlakat va xalq manfaatlari bilan uyg’un holda kuradigan, uzini jamiyatning ajralmas qismi deb xds etadigan, zamonaviy bilimlarni mukammal egallagan, ma’naviy jihatdan yuksak, jismonan baquvvat erkin shaxs tushuniladi.

Zamonaviy estetika insoniy go’zallikni uning uz "Meni"ni namoyon etishida, o’z ishiga ongli munosabatda bo’lishiga talabchanligida, o’z hayotini go’zallashtirishga mas’ul ekanligida (Zigmund Froyd), o’z xavotiri zamirida buyuk maqsadlarga da’vat etish mavjudligida (Jan Pol Sartr), ijtimoiy va iqtisodiy kuchlar qarshisida ojiz bo’lmaslik, o’z kuchi bilan barpo etgan narsalarga sajda qilib qolmaslik (Erix From) oraqali izoxlanmoqda. Endilikda texnogensivilizatsiyaning markazi xisoblangan, faqat kuzga ko’rinib turgan, aql va idrokka asoslangan borliqnigina tan olgan G’arb mutafakkirlari ham inson xulqiy go’zalligini takomillashtirishda kuzda Sharqning allaqachon tajribasidan o’tgan Axloqiy muxit muammosiga e’ti-borni qaratmoqda. Shu bois ular insoning ma’naviy xunuklashuvidan qutilish yo’lini Axloqiy muiht-etosferani yaratishdan iborat, deb bilmoqdalar.

Bugungi kunga kelib hayotni faqat moddiy yoki ma’naviy tomoninigina o’zgartirishga intilish, e’tiborni faqat bir soxaga qaratish bilan kuzlangan maqsadga erishib bo’lmasligi oydinlashmoqda. Zotan, insonning faqat ma’naviy go’zalligiga e’tibor berish, uning jismoniy go’zalligiga putur yetkazadi. Ayni paytda, ma’naviy go’zallik xisobiga jismoniy go’zallikni ulug’lash insoniyatni muqarrar tarzda muvaffaqiyatsizlikka olib keladi. Biz xozirda insonning ma’naviy va jismoniy go’zalligini uyg’unlashtirish masalalari dolzarb bo’lgan davrda yashayotganligimizni unutmasligimiz kerak. Ana shuni teran xis qilganimizdagina kuzlagan maqsadlarimizga etishishimiz mumkin bo’ladi.

Tarbiya masalasi barcha ijtimoiy-gumanitar fanlar tadqiqot ob’ektining muayyan qismini tashkil etadi. Bu xususiyat nafosat falsafasiga ham xos. Biroq, tarbiyaning boshqa shakllaridan farkli ularoq, estetik tarbiya insonning doimiy hamroxi, ya’ni uning tug’ilishidan toki umrining oxiriga qadar ehtiyoj sezib yashaydigan tarbiya shaklidir. Inson o’zining estetik tarbiyasini takomillashtirmay turib, hayotini to’laqonli yo’lga quyishi mumkin emas. Chunonchi, hayotning go’zalliklarini his etish va undan bahramand bo’lmish ham insonning estetik jihatdan qanday tarbiya ko’rganligiga bog’lik.

Odatda chiroyli kiyingan, shirin muomalali inson bilan muloqat qilganimizda yoki saramjon-sarishta xonadonga tashrif buyurganimizda ularga nisbatan "estetikasi zur" degan baho beramiz. Bu baho bilan ayni paytda uzimizning estetik tarbiyamizni ham baxolagan bo’lamiz. Biroq, estetik tarbiya o’z-o’zidan paydo bo’lib, rivojlanadigan «mikroorganizm» yoki birdan tuxtab qoladigan «mexanizm» emas. U sekin-asta inson tomonidan orttirilgan hayotiy tajribalar, ko’nikmalar, bilimlar orqali shakllanib boradi. Estetik tarbiya ijtimoiy taraqqiyotning jabxalarida aniq maqsadlarga yo’naltirilgan faoliyat sifatida ish olib boradi.

Bozor iqtisodiyotiga asoslangan erkin, fuqarolik jamiyatini ko’rish jarayonida insonning amaliy faoliyati bilan bog’lik bo’lgan barcha soxalarda estetik tarbiyaga bo’lgan extiyoj yanada ortadi. Ayniqsa, ishlab chiqarish munosabatlari o’zgarayotgan, axborot kommunikatsiya texnologiyasi va internetning insonlarga tobora yaqinlashuvi, xizmat ko’rsatishning yangidan-yangi turlari shakllanayotgan hamda inson ongini egallash uchun olib borilayotgan kurash jarayonida estetik tarbiya masalalari kun tartibining dolzarb masalalariga aylanmoqda. Ma’lumki, shaxs ijtimoiy taraqqiyotning turli jabxalarida bevosita va bilvosita ishtirok etadi va bu jarayonda ijtimoiy taraqqiyotning estetik sub’ektiga aylanadi. Biror-bir shaxs jamiyat ijtimoiy jarayonlaridan chetda turmaydi, aksincha, uzining xatti-xarakati bilan bu jarayonlarga muayyan darajada ta’sir ko’rsatishga xarakat qiladi.Estetik tarbiya ana shu ta’sirlarni go’zallik va ulug’vorlik asosida yo’naltirishga xizmat qiladi.

Tarbiyaning bu shakli ijtimoiy jarayonlarda ishtirok etar ekan, uz navbatida, kishilarga jamiyatda olib borilayotgan ijobiy ishlardan zavqlanish, demokratik munosabatlarga nisbatan qiziqish tuyg’usini uyg’otishni asosiy maqsadlari sirasiga kiritadi. Bundan tashqari, estetik tarbiya insonni yangiliklar yaratishga undabgina qolmay, ayni paytda uni nafosat tamoyillari, go’zallik talablari asosida rivojlantirishga o’rgatadi ham. Negaki, inson olamga estetik jixatdan boy dunyoqarashga ega bo’lgan, estetik tuyg’usi va estetik didi tarbiyalangan holda kelmaydi. Bu kunikmalar inson tomonidan voqielikni kuzatish,o’rganish va ulardan tegishli xulosalar chiqarishi natijasida shakllanadi. Inson ana shu tuyg’ular ta’sirida o’zi uchun mutlaqo yangi bo’lgan olamni kashf etadi.

Shu bois bugungi kunda estetik tarbiyaning bosh maqsadi - shaxsni har tomonlama kamol toptirish, uning estetik didi va estetik dunyoqarashini boyitishdan iboratdir. Ushbu maqsadlar- dan kelib chiqqan xolda quyidagilar estetik tarbiyaning asosiy vazifalariga aylanishi zarur:

  • Shaxsni xayotni oqilona, teran his etadigan, turmush tarzini bunyodkorlik asosida tashkil etishga intilgan yangi kishini shakllantirish

- fuqarolarda san’at asarlari va badiiy ijod namunalarini faol uzlashtirish, ularning estetik moxiyatini anglash va baxolash qobiliyatini takomillashtirish;

- jamiyat a’zolarining ijodiy imkoniyatlarini namoyon qildirish va ulardan foydalana bilishga ishonch tuygusini uyg’otish;

- tabiat hamda jamiyat ijtimoiy jarayonlarita sof tuyg’u bilan munosabatda bo’lishga va ularni ravnaq toptirish yo’lida astoydil faoliyat olib borish kunikmalarini xosil qilish;

- o’tmish ma’naviy merosimizga xurmat xissini o’yg’otish, milliy g’urur, milliy iftixor tuyg’ularini shakllantirish uchun zamin yaratish;

- ijodning barcha turlarini taraqqiy ettirib jaxonga yuz tutish va ularni millat manfaatlari uchun naf keltiradigan tomonlarini targ’ib qilishga undash kabi masalalarni oqilona xal etishga erishish;

estetik tuyg’u va estetik didning insonning barcha faoliyatlarida ustuvor bo’lishini ta’min etish bilan belgilanadi.

Yuqoridagilardan ko’rinib turibdiki, estetik tarbiyani qaror toptirish jamiyatning bir dan bir maqsadi emas. Estetik tarbiyaning vazifasi nafaqat yuksak estetik did, estetik ideal va estetik tuyg’ularga ega bo’lgan insonlarni yaratish, balki ularni jamiyat hayotida, turmush nafosatida, mehnat faoliyatida, shuningdek Axloqiy munosabatlarda go’zallik va ulug’vorlikni his qiladigan va yarata oladigan insonlarni shakllantirishdan iboratdir.

Estetik tarbiya jarayoni o’z-o’zidan yuzaga keladigan xodisa emas. Zero, bu jarayonni shakllantiruvchi, yo’naltiruvchi hamda tartibga soluvchi vositalar mavjud. Bugungi kunda estetik tarbiyani shakllantiruvchi bir qator vositalar mavjud bo’lib, bu vositalar yillar davomida xalqimiz tajribasidan utgan, xalq turmush tarzining asosiy mezoniga aylangan. Bular san’at, oila, mahalla va boshqa shu kabi vositalardir. Shu vositalar orasida san’at eng ta’sirchan estetik tarbiya vositasi hisoblanadi.

San’at moxiyatan shaxsning his-tuyg’ulariga ta’sir ko’rsatishga qodir bo’lgan muhim jarayon hisoblanadi. Shuning barobarida, u insonni doimo uziga jalb etib kelgan. San’at insonning ehtiroslar va to’y’ular olamiga singib borib ularni yig’latadi, kuldiradi, o’ylashga majbur qiladi. Shuning uchun bo’lsa kerak san’at barcha davrlarda insonga hamrox, bo’lib kelgan. San’atni «bir narsani yaxshi ishlab chiqarishdan iboratdir», — deb bilgan taniqli jadid mutafakkiri professor Abdurauf Fitrat san’at va uning insonga ko’rsatajak ta’siri to’grisida mulohaza yuritib, shunday degan edi; «Buyuk bir shodlik kurgan kishi uzining shod to’yg’ularini boshqalarga bildirib, shodligini orttiradir. O’lug’ bir qayg’uga uchragan esa, o’z dardini boshqalarga o’tqarib, o’zini ovuntirgan bo’ladir. Miyasi yuksalmagan bolalar, san’atdan xabarsiz kishilar shodli-qayg’uli tuyg’ularini sakrab,o’ynab, kulib, yig’lab, talpinib jonlantiradilar, ochiqqa chiqarib boshqalarga anglatadilar-da, shu yo’l bilan ovuntirilgan bo’ladilar, san’at egalari esa turli tovar (material)lar yordami bilan o’zlarining tuyg’ularini jonlantirib maydonga chiqaradir. Shu yo’lda boshqalarni o’z tuyg’ulari bilan tuyg’ulantirishga tirishadir».

San’atning estetik tarbiya vositasi sifatidagi ahamiyati shu bilan belgilanadiki, estetik tarbiya faqat va faqat insonga hos bo’lib, u inson orqali voqielikka aylanadi. San’at tasvir vositalari orqali insonning ideallari va orzu-umidlarini ranglarda, oxanglarda, badiiy obrazlarda aks ettiradi, insoniyatning fazilat va illatlarini chiroyli kiyofalar bilan uning o’ziga namoyish qiladi. Bu bilan san’at o’ziga insonni jalb etadi, uning qiziqishini orttiradi. Natijada inson san’atning muxlisiga, tomoshabiniga aylanadi. Agar inson uzining estetik tuyg’ularini maqsadli, ijobiy tomonga yo’naltira olgan bo’lsa, chinakam san’at uning kelajakdagi buyuk ishlariga raxdamolik qiladi. Aksincha, estetik tuyg’u si va estetik didi tarbiyalanmagan kishi san’atning buyuk imkoniyatlaridan mosuvo bo’lib qolaveradi. Biroq, san’at u yoki bu kurinishda tobora insonga yaqinlashib boraveradi. Zero, xaqiqiy san’at asarlari insonni doimo yuksaklikka, bunyodkorlikka undab kelgan estetik tarbiya vositasidir.

Shaxsning estetik tarbiyasini san’at vositasida amalga oshirishning afzal tomonini ikki xususiyat ko’ra ifodalash mumkin. Birinchidan, san’at ijtimoiy anglashning boshqa shakllariga qaraganda insonga bir muncha yaqinroq hamda tezroq ta’sir kursata olish imkoniga ega. Ikkinchidan, san’at insonni estetik jihatdan kamolotga etkazish jarayoniga muayyan mafkuraviy mazmun bag’ishlashi bilan birga inson ma’naviy qadriyatlarini ruyobga chiqarishda yaqindan yordam ko’rsatadi.

San’at o’zining estetik bisotini tulaligicha namoyon qilishi uchun ham tarbiya jarayoni bilan chambarchas boglanadi. Ma’naviy jarayonlarni inson tomonidan anglanishi shaxs estetik didining qay tariqa shakllanganligi bilan belgilanadi. Chunki, inson estetik didi uning go’zallikdan hunuklikni, ulug’vorlikdan tubanlikni, fojiaviylikdan kulgulilikni ajrata olish qobiliyatlariga qarab baholanadi. Did yordamida odamlar hayotiy faoliyatlarini shakllantirishga xarakat qiladilar. Shunga ko’ra, insonning didsizligini fojia deb bilish yaramaydi; didsizlik bu tariqa fojiaga aylanmaydi. Didsizlik fojiaga aylanishi mumkin qachonki, biror-bir shaxsning past darajadagi didi boshqa bir yuksak didli shaxsning didiga hukmronlik qilsa va uni o’z zimmasiga buysundirishga harakat qilsagina did fojia tusini oladi. Bunday holat o’z navbatida hayot go’zalliklaridan bahramand bo’lishga monelik ko’rsatadi. San’at ana shunday fojialarning oldini olishda insonga kumak beradi.

Shuni aytish lozimki, sunggi yillarga kelib san’at va madaniyatga jamiyat xayotini o’zgartiruvchi, unga xizmat qiluvchi, fikrlar almashinuvini ta’minlovchi hamda estetik ahamiyat kasb etuvchi murakkab ijtimoiy jarayon sifatida munosabat bildirilayotganligi diqqatga sazovor. Negaki, turli-tuman madaniy-ma’rifiy tadbirlar, rang-barang kurik-tanlovlar, san’at bayramlari va festivallarini o’tkazilishi o’z navbatida kishilarni tayyor ma’naviy «maxsulotning iste’molchisi»ga aylanib qolishidan saqlaydi. Shuningdek, san’atning inson estetik tafakkurini yo’ksaltirishdagi ahamiyati yana shu bilan izohlanadiki, san’at avvalo; voqielikni badiiy qiyofalar yordamida aks ettiradi, o’zida moddiylik va ma’naviylikning estetik mazmunini namoyon qiladi, ijtimoiy hayotga yangicha kurk bag’ishlaydi, ularni qaytadan tashkil etadi va o’zgartiradi. Ana shunga ko’ra, insonning bilimlilik tomoni san’atning kurinishlarini namoyon ettirish holatlarini amalga oshiradi. Mazkur holatlar natijasida nafosat falsafasining tarbiyaviylik xususiyati o’z ifodasini topadi.

San’atning milliy g’oyani mustahkamlash va singdirishdagi ahamiyati shundaki, badiiy ijod nafaqat hayot haqiqatlarini ochib berishga ko’maklashadi, balki millionlab odamlarni mazkur xdkikatdan xdbardor qiladi. Bu bilan san’at insonlar tafakkurida xdr kanday bushlikning paydo bo’lishiga yo’l quymaydi. Zamonning o’zgarishi bilan insonning jamiyatga, tabiatga bo’lgan munosabati ham o’zgarib boradi. Bu esa shubhasiz, insonning tafakkuri bilan bog’liq jarayondir.Zotan, insoniy munosabatlarga daxldor bo’lgan biror-bir jarayon yuqki, u yerda tafakkur ishtirok etmasa. Shunday ekan, odamlarning tafakkuri va dunyo qarashining voqielikka ko’rsatadigan ta’siri bugungi kunning eng dolzarb masalasi bo’lib turgan milliy g’oya va milliy mafkurani shakllantirishning sharti sifatida alohida e’tirof etilishi bejiz emas.

San’atning estetik tarbiyadagi miqyosli va muhim roli shundaki, u odamlarning his-tuyg’ulariga, hissiyotlari esa ishga ta’sir o’tkazadi, bunday ta’sir oqibatida idrok etuvchida ruhiy evrilishlar vujudga keladi. San’at asarini muntazam idrok etish oila va ishxona muammolari, turmush chigalliklari, yetishmovchiliklar ko’milib yotgan qalbdagi toza tuyg’ularning ochilishiga olib keladi. Inson bu dunyoda mu’jiza borligiga ishonib yashay boshlaydi. Ya’ni, san’at ruxiy yangilash qudratiga ega. Ayni paytda bu rux, go’zal va ulug’vor bo’lgani uchun nimanidir yoqlaydi, hunuk va tubanligi uchun nimanidir inkor etadi. Ana shu nuqtada san’atning insonni g’oyaviy jihatda tarbiyalashi ro’y beradi: san’at uzini estetik zavq bilan idrok etayotgan individdan g’oya va ideal xizmatiga bel bog’lagan shaxsni yaratadi. Biroq, san’at vositasidagi estetik tarbiya nosan’at estetik ob’ektlar orqali amalga oshadigan tarbiyadan jiddiy farq qiladi. Bu farq uning, yuqorida ko’rib o’tganimiz, sub’ekt - ob’ekt - sub’ekt tarzida ro’y berishi bilan bog’lik. San’at asarida estetik ob’ekt ortiga "yashiringan" birinchi sub’ekt (ijodkor) o’zi yaratgan ob’ekti (san’at) orqali turli g’oyalarni badiiy qiyofa va ideallarning badiiyyat bilan niqoblangan ko’rinishini ikkinchi sub’ekt - idrok etuvchi ongiga singdirishga urinadi. G’oyalar va ideallar esa, ma’lumki, faqat ijobiy emas, salbiy ham bo’lishi mumkin. Ayniqsa, totalitar tuzumlarda asl san’at namunalarining qoralanishi, ijodkorlarning qatag’on qilinishi oqibatida, qurquv ostida yaratilgan asarlar va iste’dodsiz, madhiyaboz, zamona zayli, bilan ish ko’radigan o’tkinchi "san’atkor"lar estetik tarbiya uchun aks ta’sir ko’rsatadi. Masalan, Pavlik Morozov kabi o’z otasini sotadigan "Stalin bolalari" fashistlashgan "fyurer bolalari"ni "yetishtirish" san’atning ishtirokisiz mumkin emas edi. Ammo bu - masalaning bir tomoni, g’oyaviy jihati. Uning ikkinchi tomoni san’at asari saviyasining pastligi bilan bog’liq. Ba’zan san’at, afsuski, millat estetik didining ayniqsa, yoshlar didining bo’zilishiga xizmat qiladi. Bunday holat eng yaqqol ko’zga tashlanadigan san’at turlari - televideniya va kino. Masalan, televideniyada, xususan, o’zbek televideniyasida berilgan va berilayotgan Meksika teleseriallari, jangari filmlar, na ovozi, na musiqiy ma’lumoti bo’lgan estrada xonandalarining "qo’shiqlari", ko’pgina xususiy kinostudiyalarda "konveyr usulida" ishlab chiqilayotgan, professional aktyorlar mashhurligi bir soatlik xalifaga uxshagan ko’shiqchi- artistlar rol o’ynagan, "sevdi-sevmadi", "uldim-kuydim" kabilidagi senariyga asoslangan kinofilmlar, bunday olib qaraganda, aytilganidek, tanqidga arzimaydi, lekin ular na faqat mavjud, balki kundalik turmushimizning bir qismiga aylanib bormoqda. Ularni telefilmlar, qo’shiqlar, filmlar deb emas, "ma’naviy narkotika" deb atash tug’riroq bo’lar edi. Shu bois Birinchi Prezident Islom Karimov kino san’atining inson ongi va tafakkuri, jamiyat hayotiga ta’siri bekiyos ekanini ta’kidlashlari barobarida"... Lekin shuni xolisona aytish kerakki, yoshlarning tarbiyasiga chuqur ta’sir ko’rsatadigan zamonaviy qaxramon obrazi kino ekranlarimizda xali yaratilganicha yuq. Sur’atga olinayotgan aksariyat filmlarda kinochilarimizning bugungi kunning xaqiqiy manzarasi, uning o’tkir muammolarini chuqur xis yeta olmasligi, oddiy odamlar hayotidan uzoqlashib qolgani sezilib turadi"1,- degan ta’kidlari yoshlarning estetik tarbiyasidagi bushlikni kino san’ati vositasida tuldirish bugungi kunda zaruriyatga aylanib borayotganligining isbotidir.

Insonni estetik jihatdan tarbiyalashda mahallaning alohida o’rni bor. Ma’lumki, o’zbek mahallalari chinakam estetik qadriyatlar maskani bo’lib keldi. Modomiki, mahalla jamiyat ichidagi kichkina jamiyat bo’lib, u bugungi kunda fuqarolarni nafaqat ijtimoiy hamoyalovchi maskan, balki o’zini o’zi boshqarish tizimining noyob usuli sifatida estetik tarbiya jarayonlariga bevosita va bilvosita ta’sir etadi. Bu ta’sirlar quyidagilarda uz aksini topadi:

  • fuqarolarni yashayotgan joyining tozaligi, obodligi, kurkamligiga mas’ullik tuyg’usini yuksaltirishi va mahallani go’zallashtirish ishlariga mas’ullik tuyg’usini shakllantirish;

  • turmush nafosati va muomala madaniyatini mustahkamlash, insonlar qalbida bunyodkorlik g’oyalarini paydo qilish;

  • mehr-oqibat, totuvlik, muxtoj kishilardan xabar olish kabi yuksak Axloqiy qadriyatlarning go’zallik, ulugvorlik singari estetik qadriyatlar bilan uyg’unlashtirilishi;

  • mahalliychilik va millatchilik singari salbiy xolatlarga yo’l quymasligi hamda qushnichilik madaniyatini kamol toptirishi bilan;

  • isrofgarchilikka, dabdababozlikka yo’l quymagan holda urf-odatlar, an’analar, marosimlar, tantanali shodiyonalarni tartibli, chiroyli utishini ta’minlashi;

  • estetik did va estetik madaniyatni nazorat qilish va uni milliy xususiyatlarini boyitish va h.k.

Zamonaviy insonni estetik jihatdan kamol toptirishda oilaning urni va ta’siri beqiyosdir. Oila estetik tarbiya vositasi sifatida keng ko’lamli vazifalarni amalga oshiradi.

Birinchidan - estetik tarbiya Axloqiy tarbiya bilan uyg’un xolda shaxsni milliy qadriyatlar asosida kamol topishiga kumaklashadi;

Ikkinchidan - farzand fe’l-atvori, tabiati va estetik dunyoqarashi oila sharoitida go’zallik va ezgulik, ulug’vorlik va oliyjanoblik, qahramonlik va mexr-oqibat tuyg’ulari bilan mustahkamlanadi;

Uchinchidan - farzandning qobiliyati, muomalasi, o’zini tutishi, yetakchilik qilish kabi ko’nikma va xususiyatlarga ega bo’lishi oiladagi estetik muxit bilan bog’likligi;

To’rtinchidan – o’simliklar va hayvonot olami yordamida bolaning estetik tarbiyasiga ta’sir etishning an’anaviy yo’llari mavjudligi;

Beshinchidan - badiiy adabiyot, axborot kommunikatsiya vositalari (radio, televideniya, internet)ning estetik tarbiyaga ta’siri ustidan nazoratning mavjudligi kabi omillar oilada estetik tarbiyani shakllantirishda mustax,kam omil bo’ladi.

Sport estetik tarbiya vositasi sifatida zamonaviy insonni kamol toptirishda aloxida e’tiborga ega. Hozirda sportni rivojlantirish mamlakatimizda davlat siyosati darajasiga kutarildi. Bundan kuzlangan asosiy maqsad avlodni jismonan baquvvat, sog’lom, vatanning jasur himoyachisi qilib tarbiyalashdir. Hozirda yurtimizda sportni rivojlantirishga doyr ko’plab dasturlar ishlab chiqilgan va ular jamiyat munosabatlaridan amalda ishtirok qilmoqdalar. Keyingi kunlarda O’zbekiston ko’plab sport turlari buyicha jahon musobaqalarni uyushtiruvchi va o’tkazuvchi mamlakat sifatida jahon hamjamiyatida ko’zga ko’rinib bormoqda. Ana shularning barchasi muayyan ma’noda inson nafosatli dunyoqarashini, tafakkurini sog’lomlashtirishiga qaratilgan.Bir so’z bilan aytganda, sport estetik tarbiyaning muhim vositasi sifatida «Farzandlari sog’lom yurtning kelajagi porloq bo’ladi» degan maqsadni amalga oshirishga muhim xossa qo’shadi.

Bugungi kunda milliy g’oya va milliy mafkura hayotiy extiyoj darajasiga ko’tarildi. Shunday ekan, har bir inson jamiyatda o’z urnini bilishi, o’zini jamiyatning ajralmas qismi deb his qilishi lozim. Endilikda mafkura dunyosida paydo bo’ladigan bushliq pirovardida jamiyat, inson va mamlakat uchun naqadar katta xavf solishini anglamoqdamiz. Tarbiyaning estetik shakli esa mazkur jarayonlarda yosh avlodni go’zallik xaqidagi tuyg’ularini, tabiatga bo’lgan munosabatini, badiiy adabiyotga qiziqishini, jamiyat ma’naviy rivojidagi yangicha qarashlarni go’zallik va ulug’vorlik asosida tarbiyalashdek dolzarb vazifani amalga oshirishi bilan muhim ahamiyat kasb etadi.

Ta’kidlab utilganidek, shaxsni estetik jihatdan tarbiyalash favqulodda murakkab va serqirra jarayondir. Bugungi kunda jamiyatimizda amalga oshirilayotgan ijobiy ishlarning barchasi ana shu maqsadni to’gri yunaltirishga qaratilgan. «Ta’lim to’g’risidagi qonun» va «Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturi»ni qabul qilishdan maqsad ham insonparvar jamiyat qurishdek ulug’vor vazifani amalga oshirishga qaratilgan. Chunonchi, «Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturi»da ta’limning ijtimoiylashuvi, ta’lim oluvchilarda estetik boy dunyoqarashni hosil qilish, ularda yuksak ma’naviyat, madaniyat va ijodiy fikrlashni shakllantirishga alohida e’tibor qaratilganligi fikrimizni isbotlaydi.

Estetik tarbiyaning barcha vositalari shaxsning voqielikka estetik munosabatini ravnaq toptirishga xizmat qiladigan tarbiyaviy faoliyat bo’lib, u o’ziga xos ta’sirchanlik, tug’yoniylik kuchiga ega. Busiz inson bilish ko’lamining vujudga kelishi mumkin emas. Shuningdek, inson badiiy tafakkur qilish kobiliyatini ustirish ayni paytda estetik tarbiya vositalarining muhim vazifasi sanaladi. Shunga kura, estetik tarbiya vositalari ikki xil xususiyati bilan ajralib turadi. Birinchidan, ular vokelikda sodir bo’layotgan hodisalar to’grisidagi ma’lumotlarni insonga tushunarli tarzda etkazib beradi. Ikkinchidan, zamonaviy fanlarning estetik xususiyatlarni hissiy idrok qilishning faol, tajribalar asosida yetkazib berishi bilan diqqatga sazovordir.

Umumiy manzara shuni ko’rsatadiki, estetik madaniyat shaxs - jamiyat - shaxs tizimida mavjud bo’lib, bunda shaxs madaniyati ustuvor ahamiyatga ega. Ya’ni, estetiklashgan shaxs jamiyatni estetiklashtiradi, estetiklashgan jamiyat esa, o’z navbatida yangi darajadagi estetiklashgan shaxsni yaratadi va shu tartibdagi o’zaro ta’sir millatning qadam-vaqadam komillik darajasiga kutarilishi uchun xizmat qiladi.


Download 1,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   226




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish