Vishnuizm va shivaizm oqimlarining vakillari o'z xudolariga bag'ishlab minglab katta-kichik
ibodatxonalar qurganlar. Bu dinga e'tiqod qiluvchilar «muqaddas joylar», daryolar va boshqa xar
hil narsalarga sig'inadilar. Hind xalki orasida yovuz ruhlarga e'tiqod qtltsh keng tarqalgan. Ular
turli hayvonlar
– hukiz, sigir, maymun va ilon kabilarga ham sig'inadilar, ularni muqaddaslashtiradilar.
Hind xalqi uchun Gang daryosi muqaddas hisoblanadi. Hinduizm diniga e'tiqod qiluvchilar
Banoras shahrini ham muqaddaslashtirishgan. Rivoyatlarga ko'ra, go'yo Gang daryosi qirg'og'ida
kishi hayotdan ko'z yumsa, narigi dunyodagi hayoti ancha yengillashar, jannatga yul olar degan
diniy fikr bor.
Hinduizmning xarakterli xususiyatlari, yuqorida qayd qilingandeq jamiyatdagi kishilarni
tabaqalarga – kastalarga ajratishdir.hozirgi paytda kishilarni tabaqalarga bo'lish ta'qiqlanadi.
Hinduizmning «muqaddas» yozuvlariga Veda, Upanishadlar kiradi. Keyinchalik «Maxabxarata»
va «Ramayana» dostoniga o'xshash, diniy marosimlar va urf-odatlar sigdirilgan har xil afsona,
rivoyat, hikmatli suzlar, epik dostonlar paydo bo'la boshladi.
Hozirgi vaqtda hinduizm Hindistondan tashqari Nepal, Shri Lanka, Bangladesh, Gavana va
hindlar yashaydigan boshqa hududlarda tarqalgan.
J A Y N I Z M - dinning asoschisi sifatida e'tiqod qilinadigan yarim afsonaviy payg'ambar – Jina
nomi bilan atalgan bo'lib, eramizdan oldingi VI asrda paydo bo'lgan. Jaynizm braxmanizmdagi
kishilarni tabaqalarga ajratish sistemasiga qarshi paydo bo'lgan.
Uning ta'limotida 24 payg'ambarga, ayniqsa oxirgi payg'ambar – Vardxamana Maxavariga
sig'inish talab etiladi. Jaynizmda jonning o'lmasligiga, uning bir moddiy shakldan ikkinchisiga
ko'chib yurishiga ishonish markaziy o'rinni egallaydi.
Inson yer yuzida qiladigan har qanday xarakat va ish ana shu jon bilan tan birligida sodir bo'ladi
deb qarash. Jonni gunohdan saqlash uchun hayotda to'g'ri yo'lni tutmoq, ya'ni din targ'ib
qiladigan barcha ta'limotlarga, talablarga so'zsiz itoat etish va e'tiqod qilish zarur. Jaynizmda
digambarlar va shvetambarlar nomli yo'nalishi ham mavjud.
I K X I Z M - (sikx – o'quvchi demakdir) XV asrning oxiri va XVI asrning boshlarida Shimoliy-
G'arbiy Hindistonda hinduizmga qarshi yo'nalish sifatida paydo bo'lgan. U mayda xunarmand va
savdogarlarningfeodal zulm va jamiyatning tabaqalanishiga qarshiligini o'zida aks ettirgan.
XVI asrga kelib sikxlar jamoasiga dehqonlar ham qo'shila boshlaganlar va bu antifeodal harakatni
quvvatlaganlaryu sikxizm monoteistik din hisoblanib, jamoa bo'lib birgalikda ibodat qilishni inkor
etadi, ruhoniylikni tan olmaydi. Moddiy olamdagi barcha hodisalar sikxizm ta'limoticha, yagona
xudo – oliy kuchning ijodi, insonlar esa xudo oldida teng, deb hisoblanadi. Bu din ta'limoti «Grantx
Sohib» (Janob Kitob) nomli kitobda izohlangan. Sikxizm ta'limotiga e'tiqod qiladiganlar hozirgi
kunda kam uchraydi.
D a o s i z m - Eramizdan oldingi IV-III asrlarda Xitoyda paydo bo'lgan yarim falsafiy. Yarim diniy,
sinkretik ta'limot. Uning tub g'oyasi moddiy olamdagi buyum va hodisalar turli-tumanligining
mohiyatini ta'minlovchi, ularning mavjudlik sababi va manbaini tashkil etuvchi «dao» tug'risidagi
tasavvurlardan iborat. Eramizning II asriga kelib bu ta'limot asosida diniy qarashlar ham
Do'stlaringiz bilan baham: |