shakllangan va u daosizm nomini olgan. Bu din qadimgi dunyo faylasufi Dao Szi nomi bilan
bog'liq «Dao de szin» kitobidagi ta'limotga asoslangan.
Daosizmda moddiy olam haqida sodda dialektika elementlari ham mavjud. U dunyodagi barcha
buyum va hodisalar o'zgarishda, harakatda, ba'zi narsalar tiklansa, boshqalari so'nadi, deb g'oyat
to'g'ri ta'lim beradi.
Ammo kohinlar bu ta'limot asosiga diniy g'oyalarni qo'yib, g'oyat ko'p ruh va xudolarga ibodat
qilishdan iborat diniy tizimni yaratdilar. Bu din kohinlari «daos» nomi bilan yuritilgan. Ular uchun
rohibliq darveshlik qilishdan tashqariyayayaya. Oila qurish ham man etilmagan.
Shu tariqa daosizmda olamni boshqaruvchi uch xudolikdan iborat xudolar pantioni - qarorgohi
(shan di, Dao szi, Pan gu) paydo bo'lgan.
Daosizm dastlab mulkdorlar hokimiyatiga qarshi bo'lib, kambag'allar manfaatini ifodalagan.
Keyinchalik esa u hukmron sinflarning g'oyaviy quroliga aylangan. Man'chjurlar sulolasi Sin
xukmronligi davrida (1644-1911) daosizm diniy ta'limoti inqirozga uchragan. Xozirgi vaqtdi
daosizm diniga e'tiqod qiluvchilar juda kamchilikni tashkil etadi.
KONFUSIYCHILIK. Bu oqim qadimgi Xitoyda eramizdan avvalgi IV-V asrlarda paydo bo'lgan.
Keyinchalik diniy mazmun kasb etgan bu ta'limotga ma'rifatparvar Konfusiy (Kun-Szi, 551-479
yillar) asos solgan.
Konfusiychilik ta'limotida dunyoqarash masalalariga emas, balki, ijtimoiy axloq muammolariga
kuprq o'rin berilgan. Unda «Axloqli kishi» bo'lish, donishmandlardan ta'lim olish haqidagi g'oyalar
ilgari surilgan. Bu ta'limotga ko'ra jamiyatda hukm surgan «jen» insonparvarlikka rioya qilmog'i
lozim. Bu esa kamtarliq ongliliq vazminliq mehribonliq odilliq saxiylikdan iborat. Inson «jen»
qonunini o'zlashtirish uchun jamiyatda tutgan o'rniga qarab «li» me'yorlarini bajarishi talab etiladi.
An'analar, urf-odatlar shunga muvofiq belgilanadi. Past tabaqa xalqning «axloqiy ulug'»
boshliqlarga itoat qilishi zarurligi shu bilan oqlangan.
Konfusiychilikda kishilarni yuqori va quyi tabaqalarga ajratishda ularning boyligi yoki ijtimoiy kelib
chiqishi asosiy rol uynamagan; bunda yuksak axloqiy fazilatning xizmati katta deb hisoblangan.
Biroq bu xukmron va qaram tabaqalarga ajratish butunlay inkor etiladi, degan gap emas.
Konfusiyning fikricha, tabaqalarga ajratish tartibi eski an'analarga asoslanishi va uni davlat
boshqarishi lozim.
Eramizning boshida konfusiylikka diniy g'oyalar kiritilgan va u diniy ta'limot sifatida talqin qilina
boshlangan. Konfusiyning qabri yoniga ko'plab ibodatxonalar qurilgan, unga qurbonliklar qilina
boshlangan. Shu tariqa Konfusiy xudo darajasiga ko'tarila boshlangan. XX asr boshlariga kelib,
Konfusiy sharafiga qurilgan ibodatxonalar soni tobora ko'paya bordi.
Konfusiylikda oliy ilohiy kuch osmon hisoblanib, Xitoy xukmroni esa xudolar bilan insonlar
o'rtasidagi vositachi, «osmon o'g'li», deb talqin qilina boshlagan. Xitoy imperatorlarini hatto xudo
darajasiga ko'tarishgacha borib yetilgan.
Konfusiylikda ajdodlarga va ruhlarga sig'inish muhim frin egallaydi. Shu boisdan qurbonlik qilish,
tug'ilish, oila qurish, dafn va boshqa marosimlar tantanali bajariladi.
Konfusiylikda kohinlar bo'lmagan, dastlabki davrlarda hech qanday sistemali ta'limot ham
Do'stlaringiz bilan baham: |