Milliy dasturning maqsad va vazifalari bosqichma-bosqich ro'yobga chiqariladi



Download 36,93 Kb.
bet4/7
Sana11.07.2022
Hajmi36,93 Kb.
#776404
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
FOMyakuniyjavoblar(1)

Фронтал усул. Гуруҳларга бўлинган талабаларнинг ҳаммаси битта машғулотнинг ўзида бир хил лаборатория ишларини бажаришга фронтал шакл дейилади.
Демак, ҳар бир талаба маърузада ўтилган мавзуга тааллуқли муайян бир ишни бажариш имконига эга бўлади. Ушбу усул дарсни ташкил қилиш ва ўтказишни, дарс давомида талабаларнинг фаолиятини бошқариб боришни енгиллаштиради. Фронтал усул лабораторияларда бир хил қурилмалардан бир нечта бўлиши, лозим бўлганда лаборатория хоналарининг ва барча талабаларнинг бир хил мазмунли ва бир тартибдаги вазифаларнинг бажара олишига шароит туғдиришини талаб қилинади. Бундан ташқари лаборатория ишларининг бир хиллиги, қийин ўзлаштирадиган талабаларнинг фикрлаш қобилиятини чегаралайди ҳамда бошланғич курс талабаларининг дастлабки билимларининг пухта шаклланишига имкон беради. Ушбу усулдан физика фани лаборатория машғулотларининг бошланғич даврларида фойдаланиш мумкин.
Лаборатория машғулотларини аралаш бажариш усули. Ҳар бир талаба маърузада ўтилган ёки ўтилмаганидан қатъий назар алоҳида-алоҳида лаборатория ишларини бажаради. Бу ишларнинг мазмуни ҳам, бажариш усули ҳам турлича. Лаборатория ва маъруза мавзуларининг бир-бири билан мос келмаслиги талабаларнинг тегишли адабиёт билан мустақил ишлашга ўргатади, фикрлаш жараёнларини фаоллаштиради. Аммо, кузатишлар шуни кўрсатадики, лаборатория машғулотларини ўтказиш учун кам соат ажратилган олий ўқув юртларида бу усул баъзан муаммоларни туғдиради, чунончи, талабаларнинг мустақил ишлашлари учун вақтнинг етишмаслиги сезилиб қолади. Лекин ушбу усул олий ўқув юртларининг юқори курсларида ўқитиладиган махсус фанлар бўйича яхши натижаларга олиб келади.
Циклик усул. Бу усулда эса практикумга киритилган лаборатория ишлари, умумий физика курсининг маълум бўлимлари асосида ёки бирон-бир физик катталикнинг турли ўлчаш усулларини бирлаштириш йўли билан группаланиб ташкил қилинади, бу усул лаборатория ва маъруза машғулоти мавзуларини мослаштириш имконини беради, лаборатория ишларининг группаланишида самарали вариантларни қўллашга кўмаклашади.
Умумий физика курсининг ҳар бир бўлимига доир лаборатория ишлари икки группага бўлиниб, икки циклда ўтказилади: биринчи циклга киритилган ишларни ўлчов асбоблари билан танишув ва физик тажриба ўтказиш техникасини ўрганиш ишлари группаси деб аталади. Улар семестрнинг дастлабки 3-4 ҳафтаси давомида бажарилади. Маърузада ўтилган мавзуларни мустаҳкамлашга доир касбий ва ижодий характерга эга бўлган лаборатория ишлари эса аосий практикум ишлари ҳисобланади ва маърузанинг йирик мавзулари бўйича группаланган.


9. Oʼquv amaliyotida umumiy holda mantiqiy xulosalar, matematik amallar va fizikadagi qonunlar hamda metodlarga asoslangan holda yechiladigan kichik muammo, odatda fizikaviy masala deb yuritiladi. 
Аslida fizika mashgʼulotlarida oʼquv materialini oʼrganish bilan bogʼdiq holda kelib chiqadigan har bir jumboq oʼquvchilar uchun masala boʼladi. Maʼlum maqsadni koʼzlab faol fikr yuritish masala yechishdan iboratdir. Metodik va oʼquv adabiyotlarida esa maʼlum maqsad uchun tanlab olingan va fizikaviy hodisalarni oʼrganish, tushunchalarning shakllanishi, oʼquvchilarning fizikaviy tafakkurini rivojlantirish va ularga olgan bilimlarini qoʼllay olish uquvini berishni maqsad qilib olgan mashqlar masala deb yuritildi.
Fizikaga doir masalalarni koʼp belgilariga qarab, masalan, ularning mazmuniga, qanday maqsadda berilganligiga, biror masalani qanday darajada tatbiq qilinishiga, yechish usullariga, shartlarining berilish usullariga, qiyinlik darajasiga va boshqa belgilariga koʼra klassifikatsiyalash mumkin.
10.Masalani doskada yechish davrida iloji boricha barcha oʼquvchilarning faolliklarini taʼminlash kerak. Аks holda darsning koʼp qismi ular uchun tushuntirishlar va oʼrtoqlarining javoblarini passiv eshitib oʼtirishlariga sarf boʼladi. Bunga yoʼl qoʼymaslik uchun quyidagi umumpedagogik vositalardan foydalanish kerak:
1) Oʼquvchilarga ushbu masalani yechish uchun muhim va zarur boʼlgan maʼlmotni berish;
2) Oʼquvchilarni qiziqtirib qoʼyish va ularni hodisalardagi turli tomonlarini koʼrishga, tayyor andozalarga oʼrganmaslikka oʼrgatish uchun biror faraz, hatto bir-biriga qarama-qarshi mulohazalarni oʼrtaga tashlash. Baʼzi masalalarni ikki oʼquvchi yoki oʼquvchi va oʼqituvchi oʼrtasidagi dialog sifatida yechish foydalidir;
3) Qiziqarli masalalardan foydalanish.Darslarni maʼlum darajada oʼyin va musobaqa elementlari bilan oʼtish foydalidir;
4) Koʼrgazma qurollar, fizikaviy tajribalardan foydalanish. Oʼquvchilar masalaning shartini yaxshi tushunishlari va uni yechishda fizikaviy hodisalar va asboblar haqida koʼproq maʼlumotlar olishlari uchun ulardan foydalanish kerak.
5) Masalani yechish uchun qaysi oʼquvchini doskaga chiqarishni hal qilish ham muhim. Sharoitga qarab doskaga kuchli oʼquvchilarni ham, kuchsiz oʼquvchilarni ham chiqarilishi kerak. Bir masalani yechishda oʼrtacha oʼquvchini doskaga chiqarish foydalidir, chunki qiyinchiliklar duch kelib qolganda butun sinfni jalb qilish va butun sinf faol ishlashi mumkin.
6) Oʼquvchilarning masalalar tuzishi. Oʼquvchilarni darslarda va uyda oʼrganilgan qonuniyatlar va formulalarni qoʼllashga doir soddaroq masalalar tuzishga jalb qilish mumkin. Bu tuzilgan masalalarni eng qiziqarlilarini butun sinf bilan yechish nihoyatda foydalidir.
11. Fizikaga oid masalalarni, shuningdek murakkablik darajasiga qarab ham klassifikatsiyalash mumkin. Mazmunan murakkab boʼlmagan, formulalarning maʼnosini tahlil qilib berish, birliklar sistemasini tanlash, tayyor formulalardan biror fizikaviy kattalikni topish singarilarni odatda, mavzuni oʼrganish jarayonida yechiladi.
Murakkabroq masalalar esa muammoli vaziyatni va yangilik elementlarini oʼz ichiga oladi. Fizika mashgʼulotlarida ana shunday masalalarga katta ahamiyat beriladi. Ularni yechish uchun maxsus vaqt, jumladan masalalar yechishga doir alohida darslar ajratiladi.
Masalalarning bu koʼrsatilgan turlari orasida keskin chegara yoʼq. Masalalarni tobora murakkablashtira borib, koʼpincha turumushda boʼladigandek, faqat muammo qoʼyilgan va hech qaysi kattalik berilamagan masalalarga kelinadi. Bunday masalalarni metodistlar ijodiy masalalar deb yuritadilar. Ijodiy masalalar sifatga oid, hisoblashga doir yoki eksperimental masalalar boʼlishi mumkin.
12. Fizikaviy kattaliklar orasida faqat sifatga oid bogʼlanishlar aniqlanadigan masalalarni sifatga oid masalalar deyiladi. Odatda bunday masalalarni yechishda hisoblashlar bajarilmaydi. Baʼzida bu masalalarni metodik adabiyotlarda boshqacha-savolli masalalar, mantiqiqy masalalar, sifatga oid savollar deb ataladi.
Sifatga oid masalalarni hammadan avval oʼrganilgan materialni mustahkamlash maqsadida beriladi. Fizikaning shunday boʼlimlari ham borki, sifatga oid masalalar unda asosiy boʼlib xizmat qiladi. Gidrodinamika boʼlimi ana shunday boʼlimlardandir. Materialning oʼzlashtirish darajasini soʼrab bilishda ham sifatga oid masalalar nihoyatda katta ahamiyaga ega. Sifatga oid masalalar qisqa vaqt ichida koʼrilayotgan masalalning fizikaviy mohiyatini aniqlashga imkon beradi.
1.Nima uchun yurib ketayotgan odam qoqilib tushganda oldinga yiqiladi?
2.Kiyimni qoqib uni changdan tozalash nimaga asoslangan?
3.Qanday usul bilan polda turgan odam oʼzining polga bosimini ikki barobar orttirishi mumkin?
Bu masalalarni yechish uchun har bir aniq holga Nьyutonning birinchi qonuni qoʼllaniladi.
Bu masalalarni yechishda oʼquvchilar birinchi navbatda masalaning shartini aniqlashi, nima ustida gap ketayotganini tushunishlari kerak. Birinchidan berilgan vaziyatda qanday fizikaviy hodisa kuzatilayotganini aniqlash kerak. Ravshanki, bu holda inertsiya hodisasi kuzatiladi, shuning uchun qilinadigan mulohazalar inertsiya hodisasini tushuntiruvchi qonunga asoslangan boʼlishi kerak. Bu hollarda bu qonun Nьyutonning birinchi qonuni inertsiya qonuni boʼlib, oʼquvchilar masalalar yechishda uning ifodalanishini takrorlab oʼtadilar.
Shunday qilib, masalan qoqilib tushgan odamning oyogʼi qandaydir toʼsiqda ushlanib qolgani uchun toʼxtaydi, uning qolgan qismlari esa inertsiya boʼyicha oldingan harakat qilgani uchun, odam qoqilganda oldinga yiqiladi deb xulosa qilinadi.

Download 36,93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish