94
Giyohvand deganlari – nasha, qoradori, ko‘knori, gåroin
va shu kabi narkotiklarni istå’mol qilishga odatlangan odam.
Bunday odamlarni o‘z ismi bilan emas, balki bangi, nashavand,
ko‘knori dåb atashadi.
Dastlab taniqli sayyoh Xristofor Kolumb Markaziy Amåri-
kadan Yevropaga bir notanish o‘simlikning bargini kåltirgan edi.
So‘ng uning shifobaxsh moddasi va tutuni
turli kasalliklarga dori
dåb, quritilgan bargni naycha qilib odamlarga chåkishni o‘rgatdilar.
Albatta, u paytda båozor ko‘ringan bu bargning yaqin kelajakda
insoniyat uchun qanchalar xavfli baloga aylanishini hech kim
xayoliga ham keltirmagan edi. Bu o‘simlik Yevropada birinchi
bo‘lib shvåd tabiatshunosi Karl Linnåy
tomonidan xonakilash-
tiriladi va Jan Niko dågan kishi «sharafi»ga undan olinadigan
moddaga «nikotin» dåb nom båriladi.
Olimlarning isbotlashicha, nikotin tutuni tarkibida nikotin,
oltingugurt, ammiak, azot, is gazi,
turli efir moylari, sianid kislotasi,
chumoli kislotasi, sirka va valåriana kislotalari, shuningdåk, inson
organizmi uchun o‘ta zararli bo‘lgan
boshqa har xil moddalar
mavjud. Bunday giyohlar asosan uchga bo‘linadi: ko‘knor giyohi,
nasha giyohi, tamaki giyohi.
Ko‘knor tarkibida o‘tkir ta’sir etuvchi narkotik modda bo‘lib,
uning tanasidan maxsus asboblar vositasida shilimshiq, yålimsimon
modda sidirib olinadi. Bu modda «qoradori» dåb atalib, undan
istå’mol qilgan kishi jismoniy va aqliy tomondan zaif, oddiy
narsalardan vasvosga tushib qoladigan, turli
jinoyatlar sodir etish-
dan qaytmaydigan, hatto bir umr farzand ko‘rmaydigan ham bo‘-
lib qoladi. «Qoradori»ni surunkali istå’mol qiluvchilarni xalqimiz
«ko‘knori» dåb ataydi.
Nasha giyohini istå’mol qiluvchilar esa «bangilar» dåb ataladi.
Bangilik insonni odamiylik xususiyatlaridan mahrum etadi. Bun-
day dardga mubtalo bo‘lganlar odam o‘ldirish, o‘g‘rilik, qaroq-
chilik qilishdan ham toymaydi. Nasha giyohi ba’zi
joylarda
yashirin holda ekilib, o‘stiriladi. Bugungi kunda mamlakatimizda
ko‘knori hamda nasha ekuvchi va ko‘paytiruvchilarga qarshi kås-
kin kurash olib borilmoqda, ular qonuniy javobgarlikka tortiladi.
O‘zbåkiston Råspublikasi Oliy Majlisi tomonidan «Giyohvandlik
95
vositalari va psixotrop moddalar to‘g‘risida»gi
qonunning qabul
qilinishi ham giyohvandlikning oldini olishda muhim huquqiy
asos bo‘ldi.
Tamaki o‘simligi jahon miqyosida maxsus ekilib ko‘paytiriladi.
Tamaki giyohidan turli xildagi sigaråtlar, tanasidan moxorkalar,
shuningdåk, nos ham tayyorlanadi. Tamaki giyohidan tayyorlangan
moddalarni chåkish inson salomatligi uchun o‘ta zararlidir.
Do'stlaringiz bilan baham: