TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI HUZURIDAGI
MARG‘ILON BANK-MOLIYA TEXNIKUMI
“Himoyaga ruhsat etiladi”
O‘quv va ishlab chiqarish amaliyoti
bo‘yicha direktor o‘rinbosari
___________ R.Z. Atabaeva
“-------”----------------- 2022 yil
MALAKANI HIMOYA QILISH ISHI
Mavzu: Aktsiz solig`i to`lovchilari soliq solish ob`yekti va bazasi
Himoyachi: Ortiqov Abdumalik Zokirjon og`li
Marg‘ilon bank-moliya texnikumi 7-20 guruh o‘quvchisi
Himoya rahbari: __________________________________________________
(familiya va ismi)
Marg‘ilon bank-moliya texnikumi maxsus fan o‘qituvchisi
Marg‘ilon – 2022
MUNDARIJA
KIRISH
I BOB
1.1 Aktsiz solig’ini iqtisodiy mohiyati va budjet daromadlarida tutgan o’rni.
1.2 Aktsiz solig’i to’lovchilari.
II BOB
2.1 Yuridik shaxslardan olinadigan aksiz solig’i.
2.2 Aktsiz solig’i soliq solish ob`yekti va bazasi
3.1 Aktsiz solig’ida qilingan yangiliklar .
Xulosa
Foydanilgan adabiyotlar ro’yxati
KIRISH
[OKOZ: Aksiz (fransuzcha: accise – qirqib olmoq) – keng iste’mol tovarlari, eng muhim xom ashyolarga, shuningdek xizmatlar uchun davlat tomonidan solinadigan qoʻshimcha soliq turi. Muayyan tovar (muhim iste’mol tovarlari: qand, gugurt, tuz, tamaki, spirtli ichimliklar, shuningdek avtomobillar, muzlatkichlar, moʻyna mahsulotlari billur va hokazo)lar narxiga, koʻrsatilgan xizmat (kommunal, transport va boshqalar) haqiga qoʻshimcha ustama soliq sifatida qoʻshiladi va uni toʻlovchilar bevosita haridorlar hisoblanadi. Aksiz narx tarkibida muayyan qiymatda yoki narx miqdoridan ma’lum foiz hisobida koʻrinishlarida boʻladi. Aksiz davlat byudjetida daromadlarning muhim qismini tashkil etadi. Aksiz qad. Rimda kelib chiqgan. Hozirgi dunyo mamlakatlarida keng rivojlangan. Oʻzbekistonda 1996-yil 1-oktabrdan respublikaning oʻzida ishlab chikarilgan va uning hududiga chetdan keltirilgan tamaki mahsulotlari hamda spirtli ichimliklarni sotishda maxsus Aksiz markalari joriy etilgan. Aktsiz solig‘ining iqtisodiy mohiyati va budjet daromadlarida tutgan
o‘rni. O‘zbekistonda aktsiz solig‘i 1992 yilda qo‘shilgan qiymat solig‘i bilan
birgalikda oborot solig‘i va sotuvdan olinadigan soliqlar o‘rniga joriy qilingan.
Uning qo‘shilgan qiymat solig‘idan farqli tomoni shundaki, u ayrim tovarlar va
mahsulotlarni chegaralab olgan va u bajarilgan ish, ko‘rsatilgan xizmatlarga
nisbatan qo‘llanilmaydi. Aktsiz solig‘i individual xarakterga ega bo‘lib, faqat
aktsiz osti tovarlarga nisbatan qo‘llaniladi.
Aktsiz solig‘i qo‘shilgan qiymat solig‘iga tortiladigan bazada va narxda
hisobga olinadigan yuklab jo‘natilgan tovarlar qiymatining bir qismini egri soliq
sifatida budjetga undirish shakli hisoblanadi. Aktsiz solig‘i Davlat budjeti
daromadlarini shakllantirishda salmoqli o‘rin egallaydi, jumladan, davlat
budjetining soliqli daromadlari tarkibida 2000 yilda 22,8 foizni, 2001 yilda 26,3
foizni, 2002 yilda 28,8 foizni, 2003 yilda 31,1 foizni tashkil etgani holda 2006
yilgi dalat budjeti daromadlarida uning ulushi 19 foizni, 2008 yilda esa 16,5 foizni
tashkil etgan. Aktsiz solig‘ining iqtisodiy mohiyati va budjet daromadlarida tutgan
Do'stlaringiz bilan baham: |