Mochevinaning parchalanishi. Mochevinani ammonifikatorlarning alohida guruhiurobakteriyalar parchalaydi, bu bakteriyalarni 1862 yili Lui Paster kashf etgan. Urobakteriyalar mochevinani parchalab, N2O, NN3 va SO2 hosil qiladi:
(NH2)2CO + 2H2O = (NH4)2CO3 = 2NH3 + H2O + CO2↑
Urobakteriyalar aerob tipda nafas oluvchilar bo’lib, bularda ureaza fermenti bo’lganligi uchun mochevinani parchalaydi. Mochevinani parchalab, ammoniy tuzlarini hosil qilish urobakteriyalar uchun muhim ahamiyatta ega. CHunki ular mochevinadan na uglerod, na azot manbai sifatida foydalana oladi. Bu bakteriyalar ammoniyli tuzlarda, organik moddalarning tuzlarida yaxshi rivojlanadi. Urobakteriyalar yumaloq yoki uzun tayoqcha shaklida bo’lishi mumkin. Ko’pchiligi spora hosil qiladi. Masalan, Urobacillus pasteurii yirik, harakatchan, peritrix xivchinlanib, spora hosil qiladi.
Spora hosil qilmaydiganlariga tayoqchasimon Urobacterium miquelii ni misol qilish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |